Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari. Parmalab qoqish


Parmalab qoqish, parmalab o‟rnatish, qoziqlarning asoslarini qurish


Download 461.21 Kb.
bet2/5
Sana06.02.2023
Hajmi461.21 Kb.
#1169750
1   2   3   4   5
Bog'liq
85-savolga javob. Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari.

Parmalab qoqish, parmalab o‟rnatish, qoziqlarning asoslarini qurish.


Urib kiritiladigan svayalarni o’rnatish texnologiyasi
Grunt tavsifiga ko’ra svayalarni o’rnatishning qator uslublari mavjud bo’lib, shular qatorida zarbli, vibratsion, bosib kiritiladigan, burab kiritiladigan, yuvish va elektroosmos yordamidagi, shuningdek ana shu uslublar kombinatsiyasi orqali o’rnatishning turli uslublari mavjud.
Zarbli uslub zarb energiyasidan (zarb yuklamasi ta’siri) foydalanishga asoslangan bo’lib, uning ta’sirida svaya o’zining quyi uchli qismi bilan gruntga kirib boradi. CHuqurlashgani sari u grunt zarrachalarini chekkaga, qisman pastga yoki tepaga siljitib boradi. CHuqurlashishi natijasida svaya o’zining cho’kkan qismi hajmiga teng miqdordagi grunt hajmini siqib chiqaradi. Ana shu gruntning kamroq qismi yuzaga chiqsa, ko’prog’i – atrofdagi gruntga aralashib ketadi va grunt asosini ancha zichlashtiradi. Svaya atrofidagi gruntning sezilarli zichlashish zonasi svaya diametrining 2...3 qismiga teng bo’ladi (1-rasm).

1-rasm. Svayani zarbli uslub bilan qoqish jarayoni.


Svaya kallagiga tushadigan zarbli yuklama maxsus mexanizmlar yordamida hosil qilinadi:


Bug’-havo bosqonlari, bular siqilgan havo yoki bug’ kuchi bilan harakatga keltirilib, ular bevosita bosqonning uradigan qismiga ta’sir ko’rsatadilar;
dizel-bosqonlar, ularning ishlashi yonayotgan gazlar energiyasini bosqonning uradigan (zarbli) qismiga uzatishga asoslangan;
vibrocho’ktirgichlar – ishchi organining tebranuvchi harakatlarini svayaga uzatish (vibratsiyadan foydalanish);
vibrobosqonlar svayaga vibratsiya va zarbning birgalikdagi ta’siri.
Dizel-bosqonlar, bug’-havo yordamida ishlaydigan bosqonlarga nisbatan kattaroq unumdorligi, ekspluatatsiyadagi soddaligi, avtonom harakatlanishi, hamda arzonroqligi bilan ajralib turadi. Avtonomlik ikki taktli dizelli dvigatelning ishchi yurishini ko’tarish hisobiga ta’minlanadi.
Trubkasimon ko’rinishdagi dizel-bosqonning shtangali bosqondan asosiy afzalligi shundaki, zarb beradigan qismi og’irligi bir xil bo’lgan holda ham ular anchagina katta zarb energiyasiga (2...3 marta) ega bo’ladilar.
Vibrocho’ktirgichlar va vibrobosqonlar ko’pincha katta diametrli trubkasimon qobiq-svayalarni gruntga kiritishda, shpuntli svayalarni gruntga kiritish va ularni chiqarib olishda ishlatiladilar. Barcha tipdagi bosqonlarning ishchi tsikli ikki taktdan iborat: salt yurish, uning davomida zarb beradigan qism ma’lum balandlikka ko’tariladi, hamda ishchi yurishi, uning kechishi davomida esa zarb berish qismi katta tezlik bilan svayaga urilishga qadar pastga tomon harakatlanadi. Qator svaya bosqonlarida ishchi yurishi faqat zarb beradigan qism og’irligi ostida yuz berib, bu kabi bosqonlar bir martalik harakat bosqonlari deb ataladi (2-rasm).

2-rasm Svaya qoqish uskunasi tuzilishi.

Svayani ko’tarish va uni berilgan holatda o’rnatish, hamda svayalarni bosqondan svayaga kuch uzatilishini ta’minlagan holda ularni to’g’ri vertikal holatda kiritish uchun maxsus qurilmalar – koprlar ishlatiladi.


Koprning asosiy ishchi qismi – uning strelasi bo’lib, u bo’ylab bosqon o’rnatiladi va svayaning chuqurlashib borishi bilan u zarb berish maqsadida goh ko’tarilib, goh tushiriladi. Qiya svayalar gruntga qiya strelali koprlar yordamida kiritiladilar. Koprlar relsdan harakatlanadigan (universal, minorali tipdagi metall koprlar) va kranlar, traktorlar, ekskavatorlar va strelasi uzunligi 9...18 m li avtomashinalar asosidagi o’ziyuradigan koprlar bo’ladi.
Universal koprlarning o’z massasi kattagina bo’lib, 20 t gacha yetishi mumkin. Bu kabi koprlarni montaj va demontaj qilish, ular uchun kranosti yo’llarini jihozlash – ancha murakkab, ko’p mehnat talab qiladigan jarayonlar bo’lib, shu sababli universal koprlar ob’ektda svaya ishlari hajmi katta bo’lganida, uzunligi 12 m dan katta svayalarni kiritish uchun qo’llanadilar.
Svayani urib kiritish uch xil asosiy, takrorlanadigan operatsiyadan tashkil topadi:

    • koprni siljitish va svayani urib kiritish joyiga o’rnatish;

    • svayani ko’tarish va urib kiritish uchun muayyan holatda o’rnatish;

    • svayani urib kiritish.

Svayalarni urib kiritish jarayoniga svayani loyiha bo’yicha holatga o’rnatish, kallak ―qalpog’ini‖ kiydirish, bosqonni tushirish va svayaga 0,2...0,4 m balandlikdan birinchi zarbalarni berish, svaya 1 m chuqurgikka kirganidan keyin normal urib kiritish rejimiga o’tish. Har bir zarbdan svaya muayyae chuqurlikka kirib, u svaya chuqurlashib borgani sari kamayaverali. Keyinchalik svayaning kirish chuqurligi deyarli bilinmay qoladigan vaqt ham yetib keladi. Aslida svaya gruntga otkaz deb nom olgan bir xil chuqurlikka kiritiladi.
Otkaz — svayalarning bir marta uradigan (ishlaydigan) oddiy bosqonlar ma’lum miqdordagi zarblari yoki ikki martalik ishlaydigan bosqonlar uchun vaqt birligi mobaynidagi kirish chuqurligi. Otkaz kattaligi – o’rtacha 10 tadan yoki ma’lum vaqt mobaynida beriladigan zarblar seriyasi.
Zalog – otkazning o’rtacha kattaligini o’lchash uchun bajariladigan zarblar seriyasi: bug’-havoda ishlaydigan bosqonlar uchun zalogda 20...30 ta zarba bor; dizel-bosqonlar uchun zalogda 10 ta zarba bo’ladi; ikki marta uradigan dizel- bosqonlar uchun otkaz kattaligi 1 daqiqa davomida urib kiritishni o’lchash bilan aniqlanadi.

Download 461.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling