Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari. Parmalab qoqish


Download 461.21 Kb.
bet3/5
Sana06.02.2023
Hajmi461.21 Kb.
#1169750
1   2   3   4   5
Bog'liq
85-savolga javob. Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari.

Svayalarni vibraitsiya yordamida kiritish (chuqurlashtirish) svayaga dinamik ta’sir ko’rsatadigan vibratsion mexanizmlar yordamida amalga oshirilib, ular svayaning yon yuzalaridagi qarshilikni, svayaning o’tkir uchi ostida yuzaga keladigan gruntning yuzma-yuz qarshiligini yengib o’tib, svayani loyiha bo’yicha chuqurlikka kiritish imkonini beradi (3-rasm).

3-rasm. Gidravlik vibrobosim uskunasi ishlash printsipi40.
Vibrobosim ta’siri uslubi svayaga vibratsion yoki vibrozarblarning birgalikdagi hamda statik qo’shimcha yuk ta’sirini ko’rsatishga asoslangan.




  1. Building construction adhesives, Birkhauser Constructing architecture materials processes structures. Andrea Deplazes. Bauhauz, Berlin, 2007. (124-125)

Vibrobosim ko’rsatish uskunasi ikkita ramadan iborat. Orqa ramada naxodyatsya traktor dvigatelidan ishlaydigan elektrogenerator va ikki barabanli lebedka joylashib, old ramada esa vibrochuqurlashtirgichli strela va bloklar o’rnatilgan. Bloklar orqali vibrochuqurlashtirgich tomon lebedkadan bosim ko’rsatadigan arqon (kanat) o’tgan. Ishchi holatida svayani o’rnatish joyi ustida joylashgan vibrochuqurlashtirgich svayani ko’taradi va kallakka mahkamlangan ―qalpog’i‖ bilan birga svayani joyiga o’rnatadi. Vibrochuqurlashtirgich va lebedka ishga tushirilganida svaya o’z og’irligi va bosib turadigan kanat orqali svayaga uzatiladigan traktor massasi hisobiga chuqurlashib boradi. SHu vaqtning o’zida svayaga ressoralangan plitali past chastotali chuqurlashtirgich hosil qiladigan vibratsiya ham ta’sir ko’rsatadi.
Svayalarni bosib kiritish yaxlit va trubkasimon kesimli qisqa svayalar (3...5 m) uchun qo’llanadilar. Statik bosish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: svaya agregatning yo’naltiruvchi strelasida vertikal holatga keltiriladi. SHundan so’ng svaya kallagiga bazaviy mashinadan (traktor, ekskavator) tushadigan bosimni uzatadigan ―qalpoq‖ (bloklar va polispastlar tizimi orqali) svayaga tushirilib, mahkamlanadi va u ana shu bosim ta’sirida asta-sekin grunt ichiga kirib boradi. Svaya loyihada belgilangan belgiga yetganidan so’ng chuqurlashtirish to’xtatilib, agregat yangi pozitsiyaga ko’chiriladi.
Svayalarni burash bilan chuqurlashtirish (kiritish) po’lat va po’lat uchli temirbeton svayalarni avtomobillar va shu kabi boshqa o’ziyurar vositalar bazasida yig’ilgan mobil qurilmalar yordamida burab kiritishga asoslangan. Uslubni ko’pincha elektr uzatish liniyalari, radioaloqa machtalari va boshqa inshootlar uchun poydevor jihozlashda qo’llaydilar. Bu hollarda vintsimon svayalarning yuk ko’tarish, hamda sug’urib olishga qarshiligi bo’yicha imkoniyatlari nisbatan to’liq qo’llanishi mumkin.
Svayalarni gruntni yuqish bilan chuqurlashtirish o’zaro bog’lanmaydigan va kam bog’liq gruntlar – qumtuproq va sog’ tuproqli gruntlarda qo’llanadi. YUvish usulidan ko’ndalang kesimi katta hamda uzun svayalar uchun qo’llash maqsadga muvofiq bo’lsa, biroq asilma svayalar uchun umuman yaramaydi. Uslub shundan iboratki, kuchli bosim ostida svaya uchi yaqinida, svayada qotirilgan bir yoki bir necha trubadan otilib chiqayotgan suv ta’sirida grunt g’ovaklashib, qisman yuviladi.


Svayalarni urib kiritishning asosiy sxemalari
Svayalarni kiritish (chuqurlashtirish) tartibi ularning svayalar maydonida joylashishiga va svaya kiritadigan uskunalar parametrlariga bog’liq. Svayalarning urib kiritilish ketma-ketligi texnik xarita yoki ishlarni amalga oshirish loyihasi bilan belgilanib, u svaflar maydoni o’lchami va gruntlar xossalariga bog’liq bo’ladi.
Uch xil sxema qo’llanishi mumkin — qatorli, bunda barcha svayalar bir qatorda oldinma-ketin urib kiritiladi; spiralsimon, ya’ni svayalarni markazdan tashqi qator svayalariga tomon urib kiritiladigan hamda sektsiyali, bunda barcha maydon bino eni bo’yicha alohida sektsiyalarga ajratilib, ularda svaflarni urib kiritish safli (qatorli) sxemaga binoan bajariladi. Spiralsimon sxema svayalarni
markazdan svaflar maydonining chekkalariga tomon kontsentratsiyali (kengayib boradigan) aylanalar tarzida chuqurlashtirishni ko’zda tutib, bu svaya kiritish uskunasining minimal yo’l bosishiga sabab bo’ladi.
Svayalarni kiritishda buning uslubini va svaya kiritish uskunalarini tanlashni belgilab beradigan asosiy omillar gruntning fizik-mexanik xossalari, svaya ishlari hajmi, svaya turlari, ularning kiritilish chuqurligi, qo’llanadigan svaya uradigan uskunalar va svaya chuqurlashtirgichlar unumdorligi hisoblanadi. Bo’lg’usi ishlar hajmi urib kiritish talab etilgan svayalar soni, yoki svayaning gruntga kiritilayotgan qismi uzunligi bilan belgilanadi. Svayalarni chuqurlashtirish uskunalarini tanlash va ana shu qurilmalar soni ana shu hajmlar, grunt sharoitlari o’ziga xosligi va ishlarning berilgan muddatlariga bog’liq.



Download 461.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling