Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari. Parmalab qoqish
Qoziq qoqish ishlarini sifatini nazorat qilish
Download 461.21 Kb.
|
85-savolga javob. Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoziq qoqish ishlarida texnika xavsizligi.
- Mavzu bo‟yicha nazorat savollari
Qoziq qoqish ishlarini sifatini nazorat qilishSvaya bilan bog’liq ishlarni bajarishda vыpolnyaetsya kontrol kachestva rabot. Misol uchun, loyiha holatidan chetlashishga ega bo’lgan svayalar soni ularning svaya maydonidagi umumiy sonidan 25% dan oshmaligi lozim. Svayalarning talab darajasida aniq joylashishini ta’minlash maqsadida ishlar jarayonida belgilash qoziqlari mavjudligi va ularning to’g’ri o’rnatilganligini, kopr yo’naltiruvchi machtalari va boshqa qurilmalar holatlarining svayaning loyiha bo’yicha kiritilish holatiga muvofiqligini nazorat qilib borish, ―qopqoq‖ning svayaga mahkam va ishonchli qotirilganligi va chuqurlashtirgich o’qining svaya o’qi bilan mos tushishini kuzatib turish lozim. Svayanining chuqurlashishini nazorat qilishdan tashqari otkaz (chetlashish) kattaligi vaqti-vati bilan o’lchash orqali aniqlanadi. Otkaz (chetlashish)ning o’rtacha qiymati (mm larda) svayaning kiritilish chuqurligini zalogdagi (zarblar turkumidagi) zarblar soniga ko’paytirish bilan (10 ta zarb) aniqlanadi. Otkaz (chetlashish) nivelir bilan svayadagi har bir zarblar turkumidan keyin qoladigan chiziqchalar (risklar) bo’yicha o’lchab topiladi. Nisbatan aniqroq natijalarni esa maxsus asboblar – otkaz o’lchagichlar yordamida olish mumkin. Beton, armatura, opalubka va montaj ishlarini bajarish bilan rostverkni jihozlash ishlari sifatini nazorat qilish SNiP tavsiyalariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Ichi to’ldiriladigan, ayniqcha burg’ulab-to’ldiriladigan svayalarni jihozlash sifatning sinchiklab va qat’iy nazoratini, hamda aniqlangan nuqsonlarning zudlik bilan bartaraf etilishini talab qiladi. Svayali poydevorlarni jihozlash bo’yicha ishlarni bajarishda nazorat qilinadigan ko’rsatkichlar tarkibi, nazorat qilish hajmi va uslublari SNiP (QMvaQ) 3.02.01-87 "Tuproq inshootlari, asoslar va poydevorlar" talablariga muvofiq kelishi shart. Qoziq qoqish ishlarida texnika xavsizligi.Burg’ulash minoralari va koprlarni boshqarishga 18 yoshdan kichik bo’lmagan, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, imtihon topshirgan va tegishli mashinani boshqarish guvohnomasini olgan, tibbiy shahodatnomasi bo’lgan shaxslarga ruxsat etiladi. Burg’ulash minoralari va koprlarni texnologik xaritalarga muvofiq, ko’rsatilgan ishlar xavfsizligi uchun mas’ul shaxslarning bevosita boshchiligida montaj qilish va siljitishga yo’l qo’yiladi. Burg’ulash minoralari va koprlar dastlab tekislangan maydonda o’rnatiladi. Burg’ulash minorasi yoki kopr konstruktsiyasini ko’tarishdan avval ularning barcha elementlari ishonchli mustahkamlanib, asbob- uskunalar va mahkamlanmagan buyumlar esa olib tashlanishi kerak. Gorizontal holatda yig’ilgan konstruktsiyani ko’tarishda konstruktsiya uzunligiga teng va unga yana 5 m qo’shilgan holdagi radiusdagi barcha ishlar to’xtatilishi shart. Burg’ulash minoralari va koprlarni shamol kuchi 15 m/s dan katta bo’lganida va chaqmoq chaqqanida montaj, demontaj qilish va ko’chirishga ruxsat etilmaydi. Mashina takelaji yoki konstruktsiyasida nosozliklar aniqlanganida montaj shu zahoti to’xtatilib, strela nosozlik bartaraf etilguniga qadar yerga tushiriladi. Burg’ulash minoralari va koprlarning texnik holatini (uzellarning mahkamlanish ishonchliligi, bog’liqliklar va to’shamalar sozligi) har bir smena boshlanishidan oldin tekshirilishi kerak. Svaya tanaffussiz joyida mahkam va to’liq qotirilmaguniga qadar o’rnatiladi. Svayani osilgan holda qoldirish taqiqlanadi. Svayani urib kiritish chog’ida ishlar bajarilayotgan yerda begonalarning bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Svaya faqat brigadir boshchiligida, bosqonning kallagi ilib qo’yilgan strop yechilganidan so’ng urib kiritila boshlanishi mumkin. Svayani bosqon zarblari ostida chuqurlashtirish tezligi keskin ortib ketganida va urib kiritilayotgan svaya kallagi yemirilganida ishlar to’xtatilishi shart. Shamol kuchi 6 ball bo’lganida, shuningdek yaxmalakda, kuchli qor, yomg’ir yog’ib, chaqmoq chaqqanida svaya bilan bog’liq ishlarni bajarish taqiqlanadi. Svayalar vibro chuqurlashtirgich yordamida kiritilganida vibro chuqurlashtirgichning svaya kallagi bilan ishonchli va to’liq ulanishini, shu bilan birga vibro chuqurlashtirgichni tutib turgan arqonlar erkin holatda bo’lishini ta’minlash talab etiladi. Ishdagi har qanday tanaffusda vibro chuqurlashtirgichni o’chirib qo’yish lozim. Svaya-qobiqlarni chuqurlashtirishda ishchilarning vibro chuqurlashtirgich kallagini svaya-qobiqqa ulash uchun osma maydonchaga qo’yilishiga faqat uzatilayotgan konstruktsiya kran bilan svayadan 30 m nariga qo’yilganidan so’ng ruxsat etiladi. Vibro chuqurlashtirgich bilan svayalarni urib kiritsh uchun qo’llanadigan kranlar yuk ko’tarish imkoniyatlari vibro chuqurlashtirgich va kiritilayotgan svayaning ikki barobar massasidan kam bo’lmasligi shart. Kran ilgagi vibro chuqurlashtirgichning sirg’alib tushishiga yo’l qo’ymaydigan tutib turadigan qurilmaga ega bo’lishi shart. Svayalar kallaklarini kesib olish tartibi texnologik xarita bilan tartiblashtiriladi. Kesib olinayotgan svaya atrofidagi barcha yot buyumlar olib tashlanishi kerak. Ana shu ishlar bajarilayotgan svayalar maydonining uchastkasida begona shaxslarning bo’lishi taqiqlanadi. yer (grunt) yuzasidan 1 m dan balandda svaya kallaklari ko’chma maydonchadan turib kesib olinadi. Bu holda tirkama narvondan turib ishlashga ruxsat etilmaydi. Kesib tashlanish uchun mo’ljallangan svayalar, po’lat arqon yordamida kallagidan bog’lanadi (stroplanadi). Agar svayaning grunt yuzasidan yuqoriga qadar balandligi 2 m dan katta bo’lsa, u holda inventar narvondan foydalanish tavsiya etiladi.svaya kallaklarini bir necha usul yordamida kesish mumkin: urish bolg’asi bilan urib olib tashlash, keskich tipidagi gidrouskunalar bilan pachaqlash, olmos keskirli disksimon arralar yordamida kesib tashlash. Barchsa hollarda ham svaya qismlarining ishchilar ustiga to’satdan ag’darilishiga qarshi choralar ko’rilgan bo’lishi shart. 8-rasm. Burg’ilab svaya qoqish jarayoni. Svayalarning maydonda butasimon ko’p qatorli joylashishida ularni bir vaqtning o’zida kesib tashlash taqiqlanadi. Har bir svaya faqat avvalgi svayaning kesilgan bo’lagi olib tashlanganidan keyin kesib olinadi. Svayalar bir qator bo’lib joylashishida navbatma-navbat, keyinroq barcha kesilgan uch qismlarini olib tashlash bilan har bir svayani kesishga ruxsat etiladi. Pnevmatik zarbli bosqonlarda ishlaydiganlar himoya kaskalarini kiyishi va sinmaydigan oynali himoya ko’zoynaklaridan foydalanishlari shart. Kesib tashlangan kallaklar universal strop (arqon) yordamida «bo’g’ma» usulida ilinib, avtosamosvallarga yuk ortish krani yordamida yuklanib, qurilish maydonidan tashqariga olib chiqiladi. O’rab turadigan quduq bevosita ish bajaruvchi yoki usta rahbarligida pastga tushirish talab etiladi. Uning devorlari ichidan kamida ikkita ishonchli mahkamlangan osma narvonlar bilan jihozlangan bo’lishi shart. O’rab turadigan quduq pichog’i ostida gruntga ishlov berish ketma-ketligi uning turg’unligini ta’minlashi zarur. Gruntga quduq pichog’i qirrasidan 1 m pastda ishlov berilishiga yo’l qo’yilmaydi. Suvli yerlardagi ko’chma gruntlarga ishlov berishda yoki quduqdan yuqorida grunt qatlami mavjud bo’lganida, gruntning bosib qolishi va quduqni suv bosish xavfining oldi olinib, odamlarni zudlik bilan evakuatsiya qilish chora-tadbirlari ko’rib qo’ilgan bo’lishi lozim. O’rab turadigan quduqning ichki perimetri bo’ylab himoya tutqichlarini jihozlash talab etiladi. Ularning o’lchamlari, mustahkamligi hamda o’rnatilish tartibi loyihada ko’rsatilgan bo’lishi shart. Mavzu bo‟yicha nazorat savollari:Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari etib bering? Parmalab qoqishusullari etib bering? Parmalab o’rnatishusullari etib bering? Qoziqlarning asoslarini qurish deganda nimani tushinasiz? Qoziq qoqish ishlarini sifatini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi? Qoziq qoqish ishlarida texnika xavsizligi talablarini keltiring? Download 461.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling