Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari. Parmalab qoqish
Download 461.21 Kb.
|
85-savolga javob. Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari.
Ichi to’ldiriladigan svayalarni jihozlash texnologiyasi
To’ldiriladigan svayalar ularning bo’lg’usi joylashadigan o’rnida skvajinani (bo’shliqni) beton qorishmasi yoki qum bilan to’ldirish orqali jihozlanadi. Bugunga kelib ana shunday svayalarning turli-tuman yechim variantlari qo’llanadi. Ularning asosiy ustuvor jihatlari: istalgan uzunlikda tayyorlash imkoniyati; svayalarni jihozlashda katta dinamik ta’sirlar ko’rsatilmasligi; pnisbatan tor sharoitlarda ham qo’llash imkoniyati; mavjud poydevorlarni kuchaytirishda ham qo’llash mumkinligi. 4-rasm. Ichi to’ldiriladigan svayalarni jihozlash texnologiyasi. Ichi to’ldiriladigan svayalar betondan, temirbetondan va gruntdlan tayyorlanib, bunda tubi kengaytirilgan svayalarni jihozlash imkoni ham mavjud. Svayalarni jihozlash usuli juda oddiy – oldindan burg’ulangan skvajina(quduq)larga to’ldirish maqsadida beton qorishmasi yoki asosan qumli gruntlar uzatiladi. Ichi to’ldiriladigan svaflarning quyidagi ko’rinishlari qo’llanadi Straus svayalari, burg’ulab-to’ldiriladigan, pnevmo-to’ldiriladigan, vibro- shibbalanadigan, zich shibbalanadigan, vibro-to’ldiriladigan, qumli va grunt- betonli. Svayalar uzunligi 20...30 m ga, diametri esa 50... 150 sm ga yetadi. Kato, Benoto, Libxer firmalari uskunalarini qo’llagan holda tayyorlanadigan svayalar diametri 3,5 m gacha, chuqurligi esa 60 m gacha bo’lib, 500 t gacha yuk ko’tarish qobiliyatiga egadirlar (5-rasm). 5-rasm. Ichi to’ldiriladigan svayalar betonlash jarayoni. Burg’ulab-to’ldiriladigan svayalar. Burg’ulab-to’ldiriladigan svayalarni jihozlashning o’ziga xos jihati skvajinani dastlab berilgan chuqurlikka qadar burg’ulashdan iborat. Mamlakatimizda birinchi bo’lib Straus svayalari 1899 yilda taqdim etilgan bo’lib, burg’ulash-to’ldiriladigan svayalarning barcha mavjud ko’rinishlari shular asosida qo’llanadilar. Svaflarni ishlab chiqarish quyidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi: skvajinani burg’ulab ochish; skvajinaga o’rab turadigan quvurni tushirish; skvajinadan to’kilgan gruntni olib tashlash; skvajinani alohida portsiyali beton bilan to’ldirish; betonni ana shu portsiyalar bilan shibbalash; o’rab turadigan quvurni asta-sekin chiqarib olish. Loyiha belgisiga qadar (5... 12 m) burg’ulangan skvajinaga ehtiyot bo’lib 25...40 sm diametrli quvur tushiriladi va uning ichi beton qorishmasiga to’ldiriladi. Quduq (skvajina) to’lganidan so’ng taxminan 1 m chuqurlikka aralashma shibbalanib, quvurdagi qorishma balandligi 0,3...0,4 m ga qadar kamaygunga qadar o’rab turadigan quvur asta-sekin yuqoriga ko’tariladi. YAna beton aralashmasi solinib, jarayon takrorlanadi. Quduq (skvajina) diametri o’rab turadigan quvur diametridan katta ekanligini hisobga olib, burg’ulangan grunt yuzasi notekis, g’abir-budur bo’lib chiqib, o’rab turadigan quvur ichini beton aralashmasi bilan to’ldirishda, aralashmani ko’tarish va zichlashtirishda beton barcha bo’shliqlarni, shu jumladan quduq (skvajina) va o’rab turadigan quvur orasidagi zazorni ham to’ldirib oladi. Beton va tsement sutining bir qismi gruntga kirib, uning mustahkamligini oshiradi. Usulning kamchiliklari – butun svaya balandligi bo’yicha beton zichligi va monolitligini nazorat qilib bo’lmasligi, qotib ulgurmagan beton aralashmasini yer osti suvlari yuvib ketishi mumkinligi. Svayalarning faqat yuqori qismigina armirlanib, bu yerda 1,5...2,0 m chuqurlikka, yangi yotqizilgan betonga ularni rostverk bilan mahkam bog’lash maqsadida metall sterjenlar yotqiziladi. Burg’ulab-to’ldiriladigan svayalarni jihozlash usullari Grunt sharoitlariga bog’liq ravishda burg’ulab-to’ldiriladigan svayalar quyidagi usullardan biri yordamida jihozlanadilar – quruq usulda (skvajina devorlarini mahkamlamagan holda), loysimon aralashma qo’llagan holda (skvajina devorlari ag’darilishining oldini olish maqsadida) va skvajina devorlarini o’rab turadigan quvur yordamida mahkamlash bilan (6-rasm). Quruq usul turg’un (cho’kadigan va loysimon qattiq yarim qattiq va qayishqoq plastik konsistentsiyali), skvajina devorlarini tutib tura oladigan gruntlarda qo’llash mumkin. 6-rasm. Burg’ulab-to’ldiriladigan svayalarni betonlash jarayoni. Skvajinalarni o’rab turadigan quvurlar bilan mustahkamlash. Svayalarni ana shu uslub yordamida har qanday gidrogeologik sharoitlarda jihozlash mumkin; o’rab turadigan quvurlar skvajina ichidla qoldirilishi yoki svayani tayyorlash jarayonida undan chiqarib olinishi ham mumkin. O’rab turadigan quvurlar o’zaro bir-biri bilan maxsus konstruktsiyali qulflar yordamida (agar bu inventar quvurlar bo’lsa) yoki payvandlab birlashtiriladi. Skvajinalar aylanma yoki zarbli usulda burg’ulanadi. O’rab turadigan quvurlarni burg’ulash jarayonida gruntga cho’ktirish gidrodomkratlar yordamida bajariladi. Zaboy tozalanib, armatura karkasi o’rnatilganidan so’ng skvajina vertikal siljitiladigan quvur uslubida betonlanadi. Skvajina beton aralashmasiga to’lib borishi bilan inventar o’rab turadigan quvur chiqarib olinishi ham mumkin. Qurilmada o’rnatiladigan maxsus domkratlar tizimi quvurni qaytma-ilgarilanma harakatlantirib, buning hisobiga beton aralashmasi qo’shimcha tarzda zichlashadi. Skvajinani betonlash tugallanganidan keyin svaya kallagi shakllantiriladi. O’rab turadigan quvurlarni qo’llagan holda ichi to’ldiriladigan quvurlarni gruntni vibrogreyfer yordamida chiqarib oladigan tayyorlash qurilmalari ham tobora ko’proq qo’llanmoqda. 7-rasm. Skvajinalarni o’rab turadigan quvurlar bilan mustahkamlash. Tubi kengaytirilgan burg’ulash-ichi to’ldiriladigan svayalar. Bunday svayalar diametri 0,6...2,0 m, uzunligi 14...50 m. svaya kengaytmalarini jihozlashning uch usuli mavjud. Birinchisi — skvajina quyi qismida beton aralashmasini zo’r berib shibbalash natijasida gruntni kengaytirish, bunda ishlar sifati, shaklini (kengaytirilgan tubi qay darajada ekanligini aniqlab bo’lmaydi), betonning qanchalik aralashganini va uning yuk ko’tarish imkoniyatlarini baholab bo’lmaydi. Ikkinchi usulda esa skvajinani burg’ulash kolonkasida ochiladigan pichoq ko’rinishidagi maxsus qurilmasi bo’lgan, skvajinani 3 m diametrga qadar kengaytirish maqsadida dastgoh bilan burg’ulaydilar. Kengaytmalarni jihozlashning portlatish usuli Burg’ulangan skvajinaga o’rab turadigan quvur o’rnatiladi. Skvajina tubiga hisobiy og’irlikdagi portlovchi modda zaryadi tushiriladi va vыvodyat provoda ot detonator simi yuzada joylashgan portlatish mashinkasiga chiqarib qo’yiladi. Skvajina 1,5...2,0 m ga beton aralashmasi bilan to’ldirilib, 0, m ga o’rab turadigan quvuri ko’tariladi va portlatiladi. Portlash energiyasi gruntni zichlashtiradi va sferasimon bo’shliq hosil qilib, u, o’z navbatida o’rab turadigan quvuri orqali beton aralashmasi bilan to’ladi. SHundan keyin portsiyalab va zarur zichlash bilan o’rab turadigan quvur ichi tepasiga qadar beton aralashmasi bilan to’ldiriladi. Pnevmo-shibbalangan svayalar. Svayalar suvga to’yingan, katta filtrlanish koeffitsiyentiga ega bo’lgan gruntlarda poydevorlar tiklashda ishlatiladi. Bu holda beton aralashmasi kompressordan bosim sakrashlarini bartaraf etish uchun o’rnatiladigan resiver orqali doimiy ravishda uzatiladigan havoning doimiy ortiqcha bosimida (0,25...0,3MPa) o’rab turadigan quvur bo’shlig’iga to’ldiriladi. Beton aralashmasi kichikroq portsiyalar bilan beton aralashmasini keltirish uchun ishlatiladigan, pnevmohaydash uskunalari kabi ishlaydigan maxsus qurilma - shlyuz kamerasi orqali uzatiladi. Rostverklarni jihozlash texnologiyasi Rostverk konstruktsiyasi va uni jihozlash texnologiyasi svaya tipiga bog’liq ravishda qabul qilinadi. Rostverklar svayalar guruhini bitta konstruktsiyaga birlashtirib, inshootdan tushadigan yuklamani ularga taqsimlaydilar. Ular ko’pincha bino konturi, shu jumladan ichki devorlar ham, bo’yicha planda davomli uzluksiz tasma ko’rinishida bo’ladilar. Temirbeton svayalardan foydalanishda rostverklar monolit va yig’ma temirbetondan bajarilishi ham mumkin. Bino yoki inshoot tipiga bog’liq ravishda rostverklar baland va past turlarga bo’linadi. Kallagi turli balandlikda qolishi mumkin bo’lgan urib kiritiladigan svayalarda, rostverkni jihozlash oldidan svayalar kallaklarni bir xil balandlikka keltirish kabi ko’p mehnat talab qiladigan operatsiyalarni bajarish talab etiladi. Buning uchun beton svayani muayyan darajada kesib, ular armaturasini kesish yoki bukib qo’yish talab etiladi. Download 461.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling