Темир йул транспортида бошкаришнинг


 Yo‘lovchi vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish nimtizimi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana18.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1212542
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
18-1 tytbat

 
3.4. Yo‘lovchi vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish nimtizimi 
Yo‘lovchi vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish nimtizimini 
(YVPABN) ishlab chiqish asosiga yo‘lovchi tashuvchi vagonlar xo‘jaligini 
tashkiliy-funksional boshqarish tamoyili – axborotning quyi darajadan (liniya 
korxonalari) temir yo‘l darajasiga o‘tishi, undan keyin – tarmoq darajasi va 
boshqaruvchi ta’sirlarni teskari yo‘nalishda uzatish egallagan. Har bir boshqaruv 
darajasida bo‘linmalar ishini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal qilinadi. 
Liniya korxonasi darajasida vagon ta’mirlash depolari, yo‘lovchi tashish texnik 
stansiyalari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish direksiyalari, yo‘l kuzatuvchilar 
rezervlari ish jarayonlari avtomatlashtirilishi talab etiladi. 
Temir yo‘l darajasida YVPABNlarda quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
- vagonlar ta’mirini rejalashtirish; 
- vagonlarning kamida ikki yillik rejali ta’mirlash turlariga (kapital va 
depodagi ta’mirlashlar) bo‘lgan ehtiyojini prognoz qilish (bashoratlash); 


103 
- vagonlarning turli operatsiyalarda ishlatilish davomliligini nazorat qilish; 
- vagonlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni hisobga olish va 
buning hisoboti; 
- poezd yoki manyovr ishidagi brak holatlarini hisobga olish; 
- vagonlar parki to‘g‘risidagi axborot-ma’lumotlar tizimi. 
Temir yo’l boshqarmasi darajasida quyidagi jarayonlar avtomatlashtiriladi: 
- depodagi va kapital ta’mirlashlarni rejalashtirish; 
- temir yo‘llarning yo‘lovchi vagonlariga bo‘lgan ehtiyojining hisobi; 
- vagonlarning modernizatsiya qilinishini rejalashtirish; 
- moddiy-texnik ta’minotni rejalashtirish; 
- yo‘llar tomonidan ta’mirlashlar va texnik taftishlar rejalarining bajarilishini 
nazorat va tahlil qilish; 
- ta’mirlashlar sifatini kuzatib borish; 
- temir yo‘llarda vagonlar mavjudligi va ular aprkidan foydalanish haqidagi 
hisobotni yuritish; 
- yo‘llar vagonlar parki to‘g‘risidagi axborot-ma’lumotlar tizimi; 
- harakat xavfsizligini nazorat qilish. 
YVPABNda 
axborot yig‘ish va ma’lumotlarga tuzatishlar kiritish 
boshqarishning liniya darajasida amalga oshiriladi. Har bir bo‘linma ishini qamrab 
oladigan vazifalar majmualari liniya korxonasini umumiy boshqarish tizimining 
tuzilmaviy tarkibiy qismi bo‘lib keladi. Har bir majmua vazifalari liniya korxonasi 
ish rejimi bilan belgilanadigan sur’at (chastota) bilan hal qilinadi. Hisobot 
ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarining natijalari ish smenasining boshlanishiiga qadar 
beriladi. Axborot olinishi o‘rnatilgan terminal qurilmalarining istalgan biridan 
dialog rejimida ta’minlanadi. 
Axborot muayyan masalaning hal qilinish algoritmi bilan belgilanadigan vaqt 
davomida saqlanadi. Axborot liniya ishchi-xizmatchilari: yo‘lovchi poezdlarini 
shakllantirish ustalari, vagonlarni ta’mirlash va ularning holatini hisobga olish 
bo‘yicha texniklar, vagonlar ko‘rikchilari, ta’mirlash brigadalariining ustalari va 


104 
brigadirlari, stansiya navbatchilari tomonidan yig‘iladi. Axborot yig‘ish tartibi 
yo‘rtqnomalar yordamida tartiblashtiriladi. 
Boshqarish vazifalarini avtomatlashtirish quyidagi masalalarning hal etilishini 
ko‘zda tutadi: 
- hisobga olishga doir vazifalar (ta’mirlashdagi vagonlar, mehnat resurslari, 
vagonlar mavjudligi va ulardan foydalanish, yo‘lovchi poezdlarining 
ekspluatatsiya jarayonida aniqlangan nosozliklari); 
- rejalashtirish (vagonlarni oy kunlar bo‘yicha ta’mirlashga uzatish, vagon 
yig‘ish uchastkasi brigadalariga smena bo‘yicha vazifalarini berish, vagonlar va 
tarkiblarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ekipirovkalash); 
- vagonlarni depodagi va kapital ta’mirlashlardan keyin chiqarilishi prognozi; 
- ma’lumotlar bazalaridan foydalanish (dostup) ma’lumotnoma rejimini ishlab 
chiqish . 
Vazifalar majmuining hal qilinishi natijasida agregatsiyalangan ma’lumotlar 
yo‘lni boshqarish darajasiga uzatiladi (taqdim etiladi). 
Eng ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlar vagonlar parki haqidagi axborotni 
yig‘ish va uzatishdir. Ma’lumotlarni tayyorlash bilan bog‘liq dastlabki bosqichda 
yo‘lovchi vagonlari parkini inventarlashtirishdan o‘tkazildi. Buning uchun
vagonlar parklari, ro‘yxatiga olingan yo‘lovchi vagonlari parkiga ega bo‘lgan yoki 
ularning rejali ta’mirini amalga oshiradigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish 
direksiyalarida, ana shu korxonalar boshliqlari tomonidan ro‘yxatga olish bo‘yicha 
komissiyalar yaratildi. Vagon parkini ro‘yxatga olish 43 xil tavsifga ega bo‘lgan 
vagon klassifikatori keltirilgan YVPABNdagi “Yo‘lovchi vagonlarini ro‘yxatga 
olish bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq o‘tkazildi. 
YVPABNda quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi: 
- yo‘lovchi tashaydigan vagon xo‘jaligi bo‘yicha barcha statistika hisoboti 
shakllarining avtomatlashtirilgan hisobi; 
- yo‘lovchi vagonlarining barcha turdagi ta’mirlarini rejalashtirish; 
- ta’mirlar rejalarining bajarilishining tahlili; 


105 
- vagonlar holati, ular joylashgan joyi va ulardan foydalanishga oid har 
qanday ma’lumotnomalar olish, 
shu bilan birga ma’lumotlarni ruxsat etilmagan turlichakirib foydalanish va 
texnika buzilishlaridan himoya qilish dasturlari. 
YVPABN tashkiliy tuzilmasi istalgan boshqarish darajasidagi har bir 
bo‘linmaning ish xususiyatlarini hisobga oladi. Bunda liniya darajasida boshqaruv 
jarayonini avtomatlashtiradigan har bir vazifalar majmui navbatdagi, nisbatan 
yuqori boshqarish darajalaridagi shu kabi majmualarni ma’lumotlar bilan 
ta’minlab, ular orasida vertikal axborot bog‘liqligini hosil qiladi. 
Boshqa tarafdan, har bir, nisbatan yuqoriroq boshqarish darajasidan pastroq 
boshqarish darajalariga boshqaruv ta’sirlarini amalga oshirish, hamda ish 
jarayonidagi zarur bo‘lgan har qanday axborotga aniqlik kiritadigan istalgan 
ma’lumotni olish imkoni mavjud. 
Liniya korxonalari yoki temir yo‘l darajasidagi vazifalar majmualari 
o‘rtasidagi gorizontal aloqalar mavjud vagonlar parki to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
asosida amalga oshiriladi. 
YVPABNdagi ishlarning juda katta hajmi liniya darajasida amalga oshiriladi. 
Ishlarning asosiy hajmi real vaqt masshtabida bajariladi. 
Yo‘lovchi vagonlari parki holati va undan foydalanish to‘g‘risidagi axborot-
ma’lumotnoma tizimidan tashqari yo‘l va yuqori darajalarga oid vazifalarni hal 
qilish real vaqt ko‘lamini talab qilmaydi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling