Темир йул транспортида бошкаришнинг


IV-BO’LIM. AXBOROTLARNI YIG’ISH, UZATISH VA QAYTA


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana18.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1212542
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
18-1 tytbat

 
IV-BO’LIM. AXBOROTLARNI YIG’ISH, UZATISH VA QAYTA 
ISHLASH AVTOMATLASHTIRILGAN ТIZIMLARI 
 
4.1. Temir yo‘l transportida aloqa tarmoqlari 
Temir yo‘llarda tashishlarni boshqarishning axborot texnologiyalari axborot 
etkazib berilishiga asoslangan aloqa tarmoqlari asosiga qurilganlar. 


106 
Mamlakat temir yo‘llaridagi texnologik aloqa tarmog‘i tuzilmasi temir yo‘l 
transportini boshqarish ierarxiyasi (tuzumi)ga muvofiq kelib, u o‘z ichiga quyidagi 
tarmoqlarni olgan: 
- magistral, temir yo‘llar boshqarmalari, shuningdek qo‘shni (yondosh) temir 
yo‘llar boshqarmalari o‘rtasidagi axborot almashinuvini ta’minlaydi; 
- yo‘l, temir yo‘l miqyosida, boshqarmalar, bo‘linmalar va temir yo‘l 
stansiyalari orasida axborot uzatish uchun mo‘ljallangan; 
- bo‘linma, temir yo‘l bo‘linmasining stansiyalar, liniya bo‘linmalari (depo, 
masofalar va h.k.) hamda shu kabi boshqa boshqaruv ob’ektlari (o‘tish joylari, 
tortuv podstansiyalari va sh.k.) bilan axborot almashinuvi uchun mo‘ljallangan; 
- stansiya yoki mahalliy, bir stansiya, korxona, tashkilot chegarasidagi 
abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlaydigan. 
Ushbu tarmoqlarning texnik asosi bo‘lib havo (VLS), metrli kabelli (KLS), 
radioreleli (RLS) va optik-tolali (VOLS) aloqa liniyalari xizmat qiladilar. Havo, 
kabel va radioreleli aloqa liniyalari asosan axborotni analogli uzatishga 
asoslanadilar.optik-tolali liniyalar esa raqamli aloqa tizimidan foydalanadilar. 
Havo aloqa liniyalarining kamchiliklari – kanallar sig‘imining cheklanganligi, 
tashqi elektr magnit maydonlari ta’siridan yaxshi himoyalanmaganligi, yog‘in-
sochinlar ta’siriga moyilligi, texnik jihatdan saqlash uchun ko‘p mehnat talab 
qilishi ularning istiqbolini belgilab, 1960 yildan boshlab asta-sekin kabelli liniyalar 
bilan almashtirilishini belgilab berdi. Biroq Rossiya temir yo‘llarida hamon VLS 
lar ancha katta o‘rin tutib, uzunligi taxminan 30 ming km ni tashkil etadi. 
Kabelli aloqa liniyalari bir, ikki va uch kabelli liniyalar ko‘rinishida 
ishlatiladilar. Kabellar nechtaligi tashish jarayonining tig‘izligi, temir yo‘l 
uchastkalarining 
avtomatika, 
telemexanika, 
hisoblash 
texnikasi 
bilan 
jihozlanganlik darajasiga bog‘liq. ular orasida ikki kabelli liniyalar eng ko‘p 
qo‘llanadi. Uch kabelli liniyalar esa temir yo‘llarning yuk eng ko‘p tashiladigan 
uchastkalarida qo‘llanadilar.
Optik tolali axborot uzatish tizimi mahalliy va xorijiy kabel mahsulotlari va 
unimontaj qilishuchun komponentlari, tarmoq uskunalari apparat-dastur vositalari, 


107 
o‘lchash texnikasi va tarmoq texnik ekspluatatsiyasi tizimini yaratish uchun 
transport vositalarini (mobil laboratoriyalar) ishlab chiqaruvchilarining so‘nggi 
yutuqlarini ro‘yobga chiqarish natijasida shakllanib boradi. 
VOLS ning yuqori darajadagi ishonchliligi ishonchli uskunalardan 
foydalanish, shuningdek ko‘p darajali rezervlash, shu jumladan kichik tarmoqqa 
ulanishlarni hamda liniyalarni rezervlash yo‘li bilan ham ta’minlanadi. Tarmoq 
elementi tarkibida ma’lumotlarni uzatadigan barcha almashinadigan platalar 
ikkitadan o‘rnatilib, bu uskuna ishdan chiqqanida axborot yo‘qotilishining oldini 
olish imkonini beradi. 
Analogli tarmoqdan to‘lig‘icha raqamli tarmoqqa o‘tish anchagina davomli 
jarayon bo‘lganligi sababli, bu holda temir yo‘l va bo‘linma tarmoqlari o‘tish 
davriga analogli va yangi yaratilayotgan raqamli aloqa tarmoqlarini o‘z ichiga 
oladilar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling