Темир йул транспортида бошкаришнинг


 “Palma” – harakatlanuvchi tarkibni avtomat tarzda identifikatsiya


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/34
Sana18.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1212542
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
18-1 tytbat

4.3. “Palma” – harakatlanuvchi tarkibni avtomat tarzda identifikatsiya 
qilish tizimi
 
Umumiy ma’lumotlar. Temir yo‘llar zamonaviy qog‘ozsiz axborot-boshqaruv 
texnologiyalarini keng qo‘llab, ularni rivojlantirib bormoqdalar; bunda korporativ 
tarmoqqa birlashtirilgan ko‘p sonli AIJli hisoblash tarmoqlari qeng qo‘llanmoqda. 
Natijada vagonlar, jo‘natmalar, konteynerlar, tortuv harakatlanuvchi birliklarga 
doir birlamchi axborotni qo‘lda yig‘ish va kiritish tobora ko‘proq istisno etiladi. 
Harakatlanuvchi tarkibni avtomat tarzda identifikatsiya qilish tizimi 
(HTATIQT) mamlakat temir yo‘llarida harakatlanuvchi tarkib birliklarining 
harakatlanishi to‘g‘risidagi axborotning qo‘lda yig‘ilishi va kiritilishini istisno 
qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. U ISO standarti asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning barcha 
temir yo‘llari uchun universal tizimdir. HTATIQT ishi asosidan yuqori chastotalar 
texnikasi o‘rin olgan. 
“Palma” ishining asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat. Harakatlanuvchi 
tarkibda lokomotiv (vagon) raqami to‘g‘risidagi axborot kodlashtirilgan passiv 
kodli bort datchiklari (KBD) o‘rnatiladi. Axborotni o‘qib olish punkti (AO‘P) o‘tib 
ketayotgan harakatlanuvchi tarkibni yuqori chastotali radioto‘lqinlari bilan 
nurlantiradi. Datchiklardan qaytgan signallar shifrdan chiqarilib, o‘qib olish 
qurilmasiga hisoblash tarmog‘iga o‘tib ketgan harakatlanuvchi tarkib ro‘yxatiga 
oid axborotni shakllantirish va uzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, qayd 
etilgan hodisa vaqti, uning ro‘y bergan joyi, hamda harakat yo‘nalishi haqidagi 
axborot ham uzatiladi. AO‘P shu bilan birga o‘tib ketgan lokomotivlar (vagonlar) 
tarkibidagi tartib raqamlari qayd etilishini ham bajarib boradi. Bu, o‘z navbatida, 
ishdan chiqqan KBDlari bo‘lgan harakatlanuvchi tarkibni hisobga olish imkonini 
yaratadi. Butun harakatlanuvchi tarkibni avtomatlashgan tarzda identifikatsiya 
qilish ushbu tizim bilan jihozlangan barcha temir yo‘llar poligonida real vaqt 
rejimida amalga oshiriladi. 


111 
Yuqori chastotalar texnikasi har bira harakatlanuvchi birlik joyini avtomat 
tarzda qayd etadigan va uni identifikatsiya qiladigan axborotning etarlicha yuqori 
ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ham ta’minlab beradi (datchiklarni aniqlash (bilish) 
ehtimoli – 0,86). Bu tashish jarayonining sifatini oshirish imkonini beradi. 
HTATIQTning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 
- o‘qib olish punkti (AO‘P); 
- kodli bort datchigi (KBD); 
- konsentrator. 
Quyida HTATIQTning ana shu elementlarini ko‘rib chiqamiz. 
Axborotni o‘qib olish punkti tavsiflari. AO‘P tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- ishlov berish va o‘qib olish apparaturasi bilan er usti o‘qib olish qurilmasi 
shkafi; 
- harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari o‘tishini qayd etish datchiklariva antenna 
uskunalari. 
AO‘P, datchiklardan axborotni o‘qib olib, poezd tarkibidagi harakatlanuvchi 
birliklar sonini nazorat qiladi, hamda lokomotiv yoki vagon tartib raqamini 
aniqlab, marshrut yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan avvalgi AO‘P tomonidan 
shakllantirilgan 266 xabar bo‘yicha vagonlari raqamlarini solishtiradi. SHundan 
so‘ng yangi 266 xabar shakllantiriladi. Xabarlar o‘zaro muvofiq kelmaganida 
HTATIQT AO‘P konsentratori orqali xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xizmatchilarni 
xabardor qiladi. 
Odatda, AO‘P stansiyada yo‘l o‘qidan 3 m masofada birinchi izolyasiyalangan 
yoki strelkali uchastka hududida, stansiyaga kirib kelayotgan barcha 
harakatlanuvchi tarkib nazorat zonasidan o‘tish sharti bilan, joylashadi. AO‘Pni 
o‘rnatilish joyi mahalliy xususiyatlardan kelib chiqib tanlanadi. Bunda quyidagi 
shartga rioya qilinishi talab etiladi: kontakt tarmog‘i va tayanchlari oraliqlarida, 
biroq tayanch va tutib turuvchi konstruksiyalar, svetofor va strelkali yuritmalardan 
5 m dan yaqin bo‘lmagan joyda o‘rnatilish. AO‘Plarni ko‘priklar ostida yoki 
ustida, shuningdek mashinalar o‘tish joyidan 5 m yaqinroq joylashtirish ham 
tavsiya etilmaydi. 


112 
G‘ildiraklar o‘tishini qayd etuvchi datchiklar sifatida 200 km/s gacha bo‘lgan 
tezliklar bilan ishlashga mo‘ljallangan PE-1 elektron pedali qo‘llanadi. Bu holda 
uning relsga o‘rnatishga oid talablarga rioya qilinishi shart, ya’ni: uning yuqori 
yuzasi relsdan ko‘pi bilan 45 mm masofada joylashishi shart. Pedal yig‘ma 
ulanmadan 1 m dan uzoq bo‘lmagan masofada, qor va yomg‘irdan pana joyda 
o‘rnatiladi. Ulash ekranlashtirilmagan kabel bilan amalga oshiriladi. 
Klemmalardagi kuchlanish 12-18 V ni tashkil qiladi. Kabel SMB va aloqa 
kabellari bilan bir transheyaga va bitta qutiga yotqizilishi kerak. Favqulodda 
holatlarda, faqat avtonom torutv holatlarida, kabel maxsus tayanchlarga ilib 
qo‘yilishiga yo‘l qo‘yiladi. Doimiy tok yordamida elektr tortuvida izolyasiya 
qarshiligini qo‘shimcha oshirish maqsadida polimer trubalar qo‘llanishi lozim. 
AO‘P apparaturasi ishonchli ishlashi uchun birinchi toifa bo‘yicha, ikkita 
mustaqil manbadan energiya ta’minoti olinishi ta’minlanishi shart. Masalan: SMB 
va aloqa qurilmalarini energiya bilan ta’minlash manbaidan maxsus 
izolyasiyalovchi transformator orqali; yuqori voltli elektr ta’minot liniyalari va 
aloqa uylari va boshqa xizmat-texnika binolarining rezerv elektr ta’minot 
tizimlaridan. AO‘P larni strelkalar va shu kabi boshqa xo‘jalik iste’molchilarini 
elektr yordamida isitish maqsadidagi elektr ta’minotiga ulash taqiqlanadi. Energiya 
ta’minotidagi tanaffus 1,3 s dan oshmasligi shart. AO‘P iste’mol quvvati – ko‘pi 
bilan 500 VA (isitishsiz). 
Erlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu quyidagilardan himoya qilish 
uchun zarur: 
- o‘qib olishdagi uzilishlardan (xatoliklardan) (uning ishlashi yuqori chastotali 
to‘lqinlardan foydalanishga asoslangan); 
- xizmat ko‘rsatuchi ishchi-xizmatchilarni tok urishidan; 
- temir yo‘l bo‘ylab tayanchlarda osib qo‘yilgan kontakt simi qulashidan; 
- relslarda yuzaga keladigan ortiqcha kuchlanishlardan. 
Erlashtirish uzunligi 2,5 m li va diametri 18 mm dan kichik bo‘lmagan, chekka 
relsdan 5 m dan yaqin bo‘lmagan masofada urib kiritiladigan metall chiviqlar 
yordamida amalga oshiriladi.Qarshilik 10-30 Om dan katta bo‘lmasligi kerak. 


113 
AO‘Plariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy ishlar barcha qurilmalar 
majmuini vaqti-vaqti bilan tekshirish, ko‘zdan kechirish, rostlash va tozalashdan 
iborat. Bunda bort datchiklari va antennalar ishlash chegarasida elektr magnit 
maydonlarining ta’siri ham hisobga olinishi kerak. Antenna yaqinida eng uzoq 
vaqt bo‘lish vaqti 4.1-jadvalda berilgan. 
4.1-jadval 
Antennagacha bo‘lgan 
masofa, m 
Quvvat oqimi zichligi 
qiymati, mkVt/sm
2
Chegaraviy vaqt, soat 
0,5 
640 
0,3 
1,0 
160 
1,2 
2,0 
40 
5,0 
4,0 
10 
20 
Ushbu me’yorlar uzatgich (peredatchik) quvvati va antennaning kuchaytirish 
koeffitsienti ko‘paytmasi yo‘naltirilganlik diagrammasining asosiy gulbargi 
chegarasida 40 Vt dan oshmasligi kerak degan shartdan kelib chiqib hisoblangan. 
Kodli bort datchigi tavsiflari. KBD muayyan chastotalarga sozlangan passiv 
rezontorlar yig‘indisidan iborat. KBDga keng radiodiapazondagi yuqori chastotali 
ketma-ketlik yordamida ta’sir ko‘rsatilganida bir xil chastotalar so‘nib, boshqalari 
ajralib chiqadi (KDB ichidagi rezonatorlar chastotasiga bog‘liq ravishda). SHu 
tufayli kodlashtirish amalga oshadi. 
KDB 12 raqamli raqam-identifikatoriga ega (ulardan biri: 2 ta belgi – 
mamlakat, 2 ta belgi – almashinuv rejimi kodi, 8 ta belgi – individual etti sonli 
raqam) yana bitta raqam – nazorat uchun. 
Ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida ham vagonlarning texnik 
holatini nazorat qilish jarayonida vagon ko‘rikchilari VU-23, VU-14 va shu kabi 
shakldagi hujjatlarni rasmiylashtirishda alohida bandda datchiklar mavjudligi, bir 
yoki ikki datchik shikastlanganligi yoki yo‘qligini ko‘rsatib o‘tadilar. 
KBD ish qobiliyatini tekshirish uchun qo‘lda ishlatiladigan o‘qib olish 
qurilmasi (RSU-0,9) qo‘llanadi. 
Agar datchiklar o‘rnatilgan kuzov elementlari ta’mirlansa, u holda datchiklar 
ko‘chirib olinib, uning old tarafiga o‘zi echib olingan vagonning sakkiz sonli 


114 
raqvami qo‘yiladi. Vagon bo‘yalganida datchiklar echib olinishi shart emas, biroq 
ularni bo‘yash taqiqlanadi. Datchiklarni o‘rnatish va echib olinish fakti 
vagonlarning qabul qiluvchisi tomonidan VU-36M shaklli xabardor etish varag‘ida 
va VU-312 shaklli kitobda tasdiqlanishi shart. 
Vagonlarni ulanma punktlar bo‘ylab yoki umumiy bo‘lmagan yo‘lga uzatishda 
ular texnologik jarayonlarga muvofiq ko‘zdan kechiriladi. Bitta datchik bo‘lmagan 
yoki shikastlangan hollarda kitobga tegishli qayd kiritiladi – “Bir KBD-2 yo‘q 
(shikastlangan)”. Har ikkala jatchik bo‘lmagan hollarda, bunday qayd qilinmaydi. 
HTATIQT konsentratori tavsiflari. HTATIQT konsentratori HTATIQTning 
TTBAT va vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bilan birga 
ishlashni tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan, ya’ni fizik va logik ulanishlarni 
amalga oshiradi. U 201, 200, 202 kabi xabarlar turlarini shakllantiradi. 
201 xabar (etib kelish operatsiyasi) so‘nggi izolyasiyalangan seksiya 
bo‘shatilganligi sharti bilan qabul qilish-jo‘natish yo‘lining rels zanjiri band 
qilinganlik faktini qayd etadi. Uzun tarkibli poezdlar uchun qabul qilish-jo‘natish 
yo‘lining band etilish momenti etib kelish deb hisoblanadi. 
200 xabar (jo‘nab ketish operatsiyasi) chiqish signalining qoplanish va stansiya 
chiqish bo‘g‘izi birinchi izolyasiyalangan seksiyasining band qilinganlik faktini 
qayd etadi. 
202 xabar (o‘tib ketish operatsiyasi) ochiq chiqish svetoforida qabul qilish-
jo‘natish yo‘lining band qilinganlik faktini qayd etadi. O‘tib ketish vaqtini kirish 
bo‘g‘izi birinchi izolyasiyalangan strelkali seksiyasining band qilinganlik 
momentiga ko‘ra belgilaydilar. 
Qo‘shimcha tarzda konsentrator 2031 (41 ta belgi) va 2032 (47 ta belgi) 
xabarlarini ham shakllantiradi. 
2031 xabarida quyidagilar hisobga olinadi: stansiya (operatsiya amalga 
oshiriladigan), lokomotiv raqami, operatsiya kodi (1 – etib kelish, 0 - jo‘nash), 
poezd tarkibidagi harakatlanuvchi birliklar soni, yo‘nalish (etib kelish yoki 
jo‘nashni belgilaydigan eng yaqindagi stansiya kodi), peregon yo‘li, operatsiyaning 
sodir etilish sanasi va vaqti. 


115 
2032 xabarida qo‘shimcha ravishda yo‘nalish ustunida etib kelish amalga 
oshirilgan stansiya kodi, hamda poezd yo‘l olayotgan stansiya kodi ko‘rsatiladi. 
Bundan tashqari, park va yo‘l raqami qayd etiladi. 
Xabarlardagi ma’lumotlar birlamchi 266 xabar asosida shakllantiriladi. 
Ma’lumotlarni qo‘llash zarurati SSB va aloqa hamda HTATIQT qurilmalarini 
o‘zaro muvofiqlashtirish sababli kelib chiqqan. 
HTATIQT samaradorligini baholash. HTATIQTdan foydalanish yo‘llar 
tarmog‘idagi aylanish (oborot) davrida vagonga ishlov berishlar sonini ikki 
barobar qisqartirish hamda uning shakllantirilish stansiyasida turib qolishlarini 
amalda kamaytirish imkonini beradi. Hisob-kitoblar bu holda vagon aylanmasining 
tezlashish rezervi 60 soatni tashkil etishidan dalolat beradi. Bundan tashqari, 
lokomotivlar aylanmasi tezlashib, mehnat unumdorligi ortadi, lokomotiv 
brigadalari ishlash sharoitlari yaxshilashadi. 
HTATIQTni joriy qilish. Temir yo‘l tarmog‘igaa HTATIQTning joriy qilinishi 
maxsus tarmoq dasturi asosida amalga oshirilib, buning uchun ajratilgan 
stansiyalarda o‘qib olish punktlarini o‘rnatish bilan birga kodlashtirish, lokomotiv 
va vagonlarga bort datchiklari o‘rnatilishini ham ko‘zda tutadi. Hozirda Rossiya 
Federatsiyasi temir yo‘llari tarmog‘idagi butun lokomotiv parki – deyarli barcha 
magistral lokomotivlari parki hamda aksariyat vagonlar HTATIQT bilan 
jihozlangan. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling