Temir yo’l izi fanidan mustaqil ish mavzulari
Download 430.5 Kb.
|
Mustaqil ish TYI1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu : Rels ko’ndalang qirqimlari tahlili Reja
Temir yo’l izi fanidan mustaqil ish mavzulari. 1.Rels ko’ndalang qirqimlari tahlili 2.Chet el temir yo’llaridagi temir yo’l izining yuqori qismi tuzilishi 3.Rels turlari, oraliq va statik qotirgichlar, rels asoslari 4.Zamonaviy istiqibolli yuqori konstruksiyalarga o’tish 5. «O’zbekiston temir yo’llari» AJ dagi yuqori qismi tuzilishining chet el temir yo’llaridan farqi 6. «O’zbekiston temir yo’llari» AJ dagi yangi turdagi zamonaviy yuqori qismi konstruksiyalarini qo’llash 7.Rels osti asosini rivojlanish istiqibollari Mavzu: Rels ko’ndalang qirqimlari tahlili Reja: 1.Relslarning vazifasi va tasnifi 2.Relsning geometrik parametirlar 3.Xulosa 1. Relslarning vazifasi va tasnifi Relslarning vazifasi – harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklarini yo‘naltirish, g‘ildirakdan tushadigan dinamik yuklanishni bevosita va elastik holatda qabul qilish va uni bir tekisda rels osti asosga taqsimlash, avtoblokirovka uchastkalarida signal toklari, hamda elektr tortuvli uchastkalarda teskari tortish toki uchun elektr zanjiri rolini ijro etadi. Relslarga qo‘yiladigan talablar. Relslar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: –eyilishga chidamli; –charchashga nisbatan chidamli; –mo‘rt sinishga nisbatan yuqori qarshilikka ega; –yaxshi payvandlanadigan; –po‘lati yuqori darajada toza; –yaxshi ishlov beriluvchan; –harorat kuchlanishlari past; –geometriyasi aniq va to‘g‘richiziqli; –xizmat ko‘rsatish muddati uzoq. Relslar tasnifi. GOST R 51685–2000 bo‘yicha temir yo‘l relslarlari quyidagicha tasniflanadi: – tiplari bo‘yicha: R50, R65, R65K (yo‘l egri uchastkalarining tashqi izlari uchun) va R75; – sifat kategoriyalari bo‘yicha:V– yuqor isifatli termomustahkamlangan relslar, T–1 va T–2 – birinchi va ikkinchi sifat kategoriyasiga ega termomustahkamlangan relslar, N – termomustahkamlanmagan relslar; – bolt teshiklari mavjudligi bo‘yicha, ikkala uchida teshikli va teshiksiz; – po‘latni eritish usuli bo‘yicha: M – marten po‘lati; K – konverter po‘lati; E – elektr po‘lati; – prokat uchun oldindan tayyorlangan relslarning ko‘rinishi bo‘yicha: quymalardan yoki uzluksiz usulda quyilgan oldindan tayyorlangan relslar bo‘yicha (UQZ); –flokenga qarshi ishlov berish usuliga ko‘ra: vakuumlashtirilgan po‘latdan prokatlangan, nazorat qilinuvchi sovitishdan o‘tgan, izotermik toblanishdan o‘tgan. – Misol: tipi R65, kategoriyasi T1, po‘latining rusumi M76T, uzunligi 25m, ikkala uchida uchtadan teshigi bo‘lgan relsning belgisi – R65–T1– M76T – 25–3/2 GOST R 51685–2000. – Rels tipi qiymati R harfidan keyin yaxlitlanib ko‘rsatiladigan uzunligi 1m bo‘lgan relsning og‘irligi bo‘yicha belgilanadi. Download 430.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling