Тemir yo’l muhandisligi
Ko'tarma kesiklari turg'unligi to'g'risidagi xulosa va uni
Download 1,02 Mb.
|
Temir yo\'l izi (kurs ishi) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Murakkab gidrogeologik va topografik sharoitlarda oyiqni loyihalashtirish
1.2.3. Ko'tarma kesiklari turg'unligi to'g'risidagi xulosa va uni
oshirishga doir tavsiyalar Olingan ko'tarma kesigi turg'unligining koeffitsiyenti К=1.148 yo'l qo'yiladigan daraja [K]<1,2 dan kichik bo'lganligi sababli turg'unlik koeffitsiyentini oshirish uchun chora-tadbirlarni loyihalashtirish qayta hisobni amalga oshirish talab etiladi . Ko'tarma turg'unligini oshiradigan choralar sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin: Fizik-mexanik xossalari nisbatan yuqori, ya’ni γ, φ va с kattaroq bo'lgan gruntlar qo'llash. Kesikning joylanish koeffitsiyentini kattaroq olib, yoki katta berma to'kilmasini ko'zda tutgan holda ko'tarmaning ko'ndalang profilini o'zgartirish, bunda turli qiymatlami tanlab ko'rish yo'li bilan uzil-kesil deb qabul qilinadigan ulaming optimal qiymatini topib olish. Gruntni armirlashni qo'llash. Qo'llanayotgan gruntlar melioratsiyasini amalga oshirish. Mustahkamlash inshootlarini qo'llash (svayalar, tirgak devorlar qo'llash va b.). Qo'shimcha deformatsiyaga qarshi, suv ketkazadigan va drenaj inshootlari va qurilmalarini qurish (kontrbanket, kontrfors, kesikli drenaj va h.k). 2. Murakkab gidrogeologik va topografik sharoitlarda o'yiqni loyihalashtirish Yer polotnosining turg'unligi va mustahkamligi kо’p jihatdan suv ketkazadigan inshootlar va qurilmalar mavjudligi va ularning sozligiga bog'liq. Shu sababli peregonlar va stansiyalarda ko'tarmadan yer yuzasi suvlarini rezervlar va bo'ylama zovurlar, o'yiqlardan esa tepa usti va banket orti zovurlari, chuqurlashtirilgan kyuvetlar, lotoklar, chuqurligi kichik drenajlar yordamida ketkazish ta’minlangan bo'lishi shart. Yer polotnosini yer osti suvlari ta’siridan himoya qilish uchun suv darajasini pasaytiradigan yoki ularni olib ketadigan drenaj qurilmalari qo'llanadi. Yer ko'tarilgan (shishib qolgan) yoki cho'kib qolgan uchastkalardagi yer polotnosi deformatsiyalarini bartaraf etish uchun temir yo'l izini kuchaytirish maqsadida ko'tarilib (shishib) chiqadigan gruntlami drenajlanadigan va shishmaydigan materiallar (kesilma yoki kobinatsiyalangan “yostiqlar”) bilan almashtirish, yo'lni ballast ustiga ko'tarish, yo qo'yilma “yostiqlar” ishlatish, gruntlar namligi va sovuqdan shishini kamligini kamaytirish maqsadida penoplast yoki polimer plenkadan tayyorlangan issiqlikni izolyatsiyalash qoplamasini jihozlash kabilar tayinlanadi. Download 1,02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling