Тemir yo’l muhandisligi
Ko'tarma kesigi barqarorlik koeffitsiyentini ikki berilgan nuqta orqali o'tgan o'pirilish egri chizig'i uchun aniqlash
Download 1.02 Mb.
|
Temir yo\'l izi (kurs ishi) (2)
1.2.2. Ko'tarma kesigi barqarorlik koeffitsiyentini ikki berilgan nuqta orqali o'tgan o'pirilish egri chizig'i uchun aniqlash
Kesiklar barqarorligini barqarorlik koeffitsiyenti К bilan baholash qabul qilingan bo'lib, u umumiy ko'rinishda kesikni muvozanat holatida saqlab turadigan omillarning uni yemirishga intiladigan omillarga nisbatini anglatadi. К qiymatini aniqlash uchun talab etilgan boshlang'ich ma’lumotlar - yer polotnosining geometrik parametrlari, ehtimoliy ilashish yuzalari, grunt parametrlari, shuningdek siljishga qarshilik ko'rsatish parametrlari - ichki ishqalanish burchagi va solishtirma ilashish hisoblanadi. Ehtimoliy siljishning yumaloq silindrsimon yuzasida К ni aniqlash uslublari eng keng tarqaldi. Ushbu uslublarda К kesikni tutib turuvchi kuchlar momentlari summasining uni siljitishga urinayotgan kuch momentlari summasiga nisbati sifatida ta’riflanadi. Deformatsiya ehtimoliy siljiydigan blokning (yagona va yaxlit birlik sifatida) yumaloq silindr o'qi О atrofidagi aylanishi sifatida kо'rib chiqiladi; chizmaning yassi masalasidagi 4A yuza izi R radiusning aylana egri chizig'idan iborat bo'ladi. Tutib turuvchi momentni hosil qiladigan kuchlar - ishqalanish F va ilashish C kuchlari bo'lib, ular A4 yuzasi bo'ylab siljishda yuzaga chiqadilar; siljituvchi kuchlar esa - hajmiy Q kuchlarning tangensial tarkibiy qismlari, shuningdek qayirli ko'tarma sharoitidagi gidrodinamik kuch va seysma kuchi - v bo'ladilar. К ni yanada aniqroq belgilab olish uchun ehtimoliy siljishi mumkin bo'lgan blok vertikal sathlar yordamida qismlar (otseklar) ga bo'linib, ular chegarasida hajmiy kuchlar, normal va tangensial tarkibiy qismlar, ishqalanish va ilashish kuchlari joylashadi. Gidrodinamik va seysmik kuchlar kurs loyihasida umuman siljish ehtimoli bo'lgan blok uchun aniqlangan. Otseklaming bir-biriga vertikal kontakt sathlari bo'ylab ta’sir ko'rsatish bosim kuchlari hisobga olinmaydi. Bu faraz barqarorlik zaxirasi hisobiga o'tadi (8-rasm). 8-rasm. Yer polotnosi ustuvorligini hisoblash sxemasi Shu tarzda, kesikning barqarorlik koeffitsiyenti quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: К = bu yerda, ci (ci, civ, civosn) - mos ravishda ko'tarmaning quruq va nam grunti, asos nam gruntining solishtirma ilashishi, kPa; fi (fi, fvi, fiosn) - mos ravishda ko'tarmaning quruq va nam grunti, asos nam gruntining solishtirma ishqalanish koeffitsiyenti; li (li, liv, lViosn) - mos ravishda ko'tarmaning quruq va nam grunti, asos nam grunti i-otsek asosining qiymati; Ni - i-otsek vaznining normal tarkibiy qismi, kN; Ni = Qi cos Pi; Tqar- i-otsek vaznining tutib turuvchi tarkibiy qismi kN; Tqar = Qi sin βi Tsur - i-otsek vaznining siljituvchi tarkibiy qismi kN; Tsur = Qi sin βi ; Otsek asosining gorizontga nisbatan yotiqli burchagi Pi (og'irlik vertikal vektorining uning o'pirilish egri chizig'i bilan kesishgan nuqtasiga qo'yilgan yo'nalishi hamda otsek og'irligi vektorining o'pirilish egri chizig'i bilan i-otsek uchun xuddi o'sha kesishuv nuqtasiga o'tkazilgan radius yo'nalishi orasidagi burchak) asos ehtimol tutilgan siljish tarafiga egilgan bo'Isa, ijobiy (musbat) deb hisoblanadi sinβi. = , bu yerda: xi - i-otsek og'irlik markazidan gorizontal bo'yicha o'pirilish egri chizig'I vertikal radiusi yo'nalishigacha bo'lgan masofa, m; R - o'pirilish egri chizig'i radiusi, m. xi va R grafik ko'rinishida chizmaga ko'ra o'lchab topiladi. Дс - bir xil ta’sir qiladigan filtratsion bosim (gidrodinamik kuch) unga ta’sir qiladigan seysma kuchini hisobga olgan holda, kN; Qc- seysma kuchi, kN. Ko'tarma kesigi barqarorlik koeffitsiyentini aniqlab topishni soddalashtirish uchun ko'rsatilgan formula bo'yicha (3-jadv.) hisob-kitoblarning grafik qismi 1-ilovada keltirilgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling