Temirov jamoliddin kurs ishi mavzu: adabiyotshunoslikdagi metodlar ish rahbari
Download 78.56 Kb.
|
Kurs ishi Temirov Jamoliddin
Romantizm metodi
Romantizm metodi – hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi orzular ifodasidir. Bu metodga mansub asarlarda xayoliy voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi. Shoir, yozuvchi o‘z a’moli (ideali)dagi insonni ko‘rsatish uchun qahramonlarini real hayotdagidan ko‘ra kuchliroq, fidoyiroq, jasurroq qilib gavdalantiradi. “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi o‘zida Alisher Navoiyning chin inson haqidagi orzularini mujassamlashtirgan. Ideal obrazni, ideal hayotni ko‘rsatish romantizm ijodiy metodining mohiyatini belgilaydi. Shuning uchun bu xildagi asarlarda voqelik real hayotning o‘zidagidan ko‘ra boshqacha, ko‘tarinki pafosda ko‘rsatiladi. Fantastik syujetli, mifologiyaga asoslangan asarlar ham romantizm metodiga mansubdir. Adabiyotshunoslikka doir avvalgi darslik, qo‘llanmalarda: “Romantizm ijodiy metodi juda murakkab hodisa bo‘lib, u XVIII asr oxiri – XIX asr boshida Yevropa, Amerika adabiyotida paydo bo‘ldi hamda o‘zidan avval adabiyot va estetikada hukmronlik qilgan klassitsizmga qarshi kurashda shakllandi va rivoj topdi”, deyiladi. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, Sharq adabiyotida azaldan romantizm yetakchilik qilib kelgan. Qadimgi yunon dramaturglarining jamiyatdagi mavjud tartibni o‘zgartirish g‘oyasi ilgari surilgan tragediyalari ham, ajdodlarimizning ado latli shoh haqidagi orzu-istaklarini ifodalagan ertak, dostonlar ham romantizm ijodiy metodiga mansubdir. XVIII asr oxiri va XIX asr boshida Yevropa va Amerika adabiyotida paydo bo‘lgan, jamiyatdagi mavjud hayot tarzidan qanoatlanmaslikni ifoda etgan asarlar esa romantizm ijodiy metodining o‘ziga xos yangi bir ko‘rinishidir. Ular ijtimoiy voqelikni, inson dunyosini aks ettirishdagi o‘ziga xosliklariga ko‘ra ertak, dostonlardan, “xamsa”lardan jiddiy farq qiladi. Viktor Gyugo (1802–1885), Jorj Sand (1804–1876), Bayron (1788–1824) kabi yevropa adabiyoti namoyandalari asarlarida xuddi Sharq shoirlari doston laridagi singari asl inson, adolatli jamiyat haqidagi orzu-istaklar o‘z ifodasini topgan. Ammo ular xuddi “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” singari xayoliy voqealarga emas, balki real hayot voqealariga asoslangan. Romantizm ijodiy metodiga mansub ushbu asarlarda asosiy diqqat-e’tibor ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi murosasiz kurashni ko‘rsatishga qaratilgan. Barcha xalqlarning ertak, dostonlari, mumtoz adabiyotning aksariyat namunalari romantizm metodiga mansub bo‘lib, ularda yovuzlikning olamga hukmron bo‘lishga intilishi va ezgulikning unga qarshi kurashi ko‘rsatiladi. Ayni asarlarda hayot voqeligi o‘z ko‘rinishida emas, ideal asosida gavdalantiriladi. Hayot voqeligi va inson obrazini ideal asosida aks ettirish esa san’atning asosiy xususiyatidir. San’atning mohiyatini belgilaydigan muhim jihatlardan biri sanalgan ushbu hodisa to‘g‘risida D.Quronov hammuallifligidagi “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi: “Ideal, estetik ideal (yun. idea so‘zidan fr. ideal – tasavvur, tushuncha) – estetika, jumladan, adabiyotshunoslikning muhim ilmiy kategoriyalaridan biri, go‘zallik, estetik mukammallikning yuksak darajasi haqidagi his etiladigan konkret-timsoliy shakl da aks etuvchi tasavvurlar jami. Jamiyatda yashayotgan har bir inson ongida mukammal jamiyat, mukammal ijtimoiy mu nosabatlar, mukammal inson haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘ lib, bularning bari idealni tashkil qiladi va uning voqelikka munosabatini belgilaydi. Umuman olganda, estetik ideal ham shuning bir qirrasi, konkret-timsoliy shaklda voqe bo‘luvchi go‘zallik tasavvuridir. Haqiqatda idealning qirralari butunning qismi bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mutaxassislar idealning serqirraligini, uning mohiyati: ong sohasida – haqiqat, axloq sohasida – ezgulik, estetika sohasi da – go‘zallikdan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. Albatta, bu qirralarning har biri o‘zining muayyan me’yorlariga ega bo‘lib, ular davr o‘tishi bilan o‘zgarib, konkretlashib boradi. Masalan, tasavvuf adabiyotining idealiga ko‘ra, haqiqat – Haq, Alloh; ezgulik – Haqning buyurganini qilish va u qaytarganni qilmaslik; go‘zallik – shu ikkisiga muvofiqlikda, nimaiki bularga muvofiq emas, u go‘zallikdan ayro tushadi. Insonning ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq holda ideal ham hayotga yaqinlashadi, u ijtimoiy- siyosiy mundarija kasb etadi. Masalan, jadid adabiyotining ide aliga ko‘ra, haqiqat – millat taraqqiysi (erkin va adolatli jamiyat, ma’rifat, munosib milliy turmush, milliy ozodlik va b.); ezgu lik – millat taraqqiysiga xizmat qiluvchi amal; go‘zallik – shu ikkisiga muvofiqlik, davr bilan bog‘liq o‘zgargani holda, idealni zamonga butkul bog‘lab qo‘yish xato bo‘lur edi. Negaki, ideal ijtimoiy xarakterga ega, u juda qadim zamonlardan shakllanib, to‘lishib, konkretlashib keladi va, ayni chog‘da, u mohiyatan hamisha kelajakda bo‘lib, bu hol uni vaqt hukmidan xoli etadi. Xuddi shu narsa san’at asarining boqiyligini ta’minlovchi asosiy omildir, chunki san’at olam va odamni ideal asosida aks ettiradi, ideal asosida baholaydi. Ya’ni ijod onlaridagi san’atkor ideal olamida yashaydi, voqelikni uning nuri bilan yoritadi. Zero, faqat shundagina ijodkor shaxs tom ma’nodagi ma’naviy-ruhiy butunlikka ega bo‘ladi. Ma’naviy-ruhiy butunlik esa shaxs intilgan idealning mavjudligi va uning hayotiy prinsiplari o‘sha idealdan kelib chiqishi demakdir. Shunga ko‘ra, butunlik muayyan xususiyatlarni o‘zida jam etgan insonning turg‘un holati emas, balki uzluksiz va adoqsiz bir jarayondir. Negaki, reallik bilan to‘qnashuv har vaqt shaxsning ma’naviy-ruhiy butunligi – mohiyati va mavjudligi orasida ziddiyatlar keltirib chiqaraveradi. Mana shu ziddiyatlarni idealdan ruh olgan holda bartaraf etish orqali mavjudligini mohiyatiga muvofiqlashtirib borish, shu asno qadam-baqadam idealiga yaqinlashib, yangi-yangi ma’nolarni kashf etish va ularni o‘z hayotiga, jamiyat hayotiga tatbiq etib borish – ijodning bosh shartidir. Bu jihatdan tom ma’nodagi ijodkor XAQ yo‘liga kirgan so‘fiyga monand: so‘fiy XAQqa yaqinlashgani sari mavjudlikning mohiyatini teranroq idrok qilganidek, ijodkor idealga yaqinlashgani sari hayotning, insonning mohiyatini teranroq ilg‘aydi. So‘fiylik yo‘lining ibtidosi ham, intihosi ham HAQ bo‘lganidek, ijodkor faoliyatining motivi (sabab) ham, maqsadi (natija) ham idealdir”. Realizm adabiyotida hayot voqeligini tipiklashtirib, romantizm adabiyotida esa uni ideallashtirib aks ettirish ustuvorlik qiladi. Hayot hodisalari va inson dunyosi g‘oyat serqirra. Har qanday ijodiy metod sir-sinoatga to‘la bu jumboq hodisaning muayyan jihatinigina qamrab oladi, xolos. Klassitsizm, roman tizm, realizm, simvolizm, naturalizm, modernizm tarzida nomla nadigan ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlarning hech biri hayot hodisalari va inson dunyosini to‘la-to‘kis aks ettirolmaydi. Shu ning uchun ijodiy metodlarni biridan birini baland yoki past qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki ularning har biri hayot hodisalarini va inson obrazini gavdalantirishning o‘ziga xos yo‘lidir. Realizm romantizmdan yuqori, romantizm klassitsizmdan yuksak deyish nojoiz. Chunki “Xamsa”, “Alpomish” romantizm ijodiy metodiga mansub bo‘lsa, “Sarob”, “Ulug‘bek xazinasi” esa realistik asardir. Sofokl (er.avv. 495–406-yillar)ning “Shoh Edip” tragediyasi Arastu “Poetika”sini bitmagan, romantizm, realizm ijodiy metodlari, klassitsizm, sentimentalizm yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ilimiy-nazariy qarashlar paydo bo‘lmagan bir zamonda, ya’ni eramizdan avvalgi 430–415-yillar oralig‘ida yozilgan. Adabiyot tarixining bebaho gavhari sanalgan bu asarlarning har biri esa biz uchun birday qadrlidir. Realizm ijodiy metodi ham klassitsizm, romantizm, modernizm singari hayotni va inson dunyosini badiiy gavdalantirishning bir yo‘lidir. Ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlar to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy qarashlar shartli, nisbiydir. Chunki ular o‘rtasida o‘ziga xos farqli xususiyat bo‘lishi barobarida, muayyan umumiy mushtarak ji hatlar ham mavjud. Chunki bitta asar bir necha metodga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi mumkin. “Shoh Edip”da ham, “Alpomish”da ham yoki har qanday ertakda ham realizm ijodiy metodi unsurlari mavjudligi yoki “Ulug‘bek xazinasi”, “O‘tkan kunlar”da romantizm ko‘rinishlari (qahramonlar orzu-havaslari, o‘y-xayollari ifodalangani) borligi shundan dalolat beradi. Tadqiqotlarda “XIX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi qismida Yevropa xalqlari adabiyotida ijodiy metod ma’nosidagi realizm shakllandi. Avvalgi davrlar adabiyotida rivojlangan xislatlar realizm adabiyotida yuksak darajaga ko‘tarildi va adabiyotning
Adabiyotshunoslikka oid avvalgi darslik, qo‘llanmalarda “Romantizm ijodiy metodi ikki xil, ya’ni inqilobiy romantizm va reaksion romantizm ko‘rinishida bo‘ladi. Inqilobiy romantizmga mansub asarlar jamiyatni inqilobiy asosda o‘zgartirishni tar g‘ib etadi. Reaksion romantizm guruhidagi asarlarda jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan hodisalar ideallashtirib ko‘rsa tiladi” degan qarashlar ilgari surilib, realizm metodi “tanqidiy realizm”, “ma’rifiy realizm”, “sotsialistik realizm”deb xillarga ajratilgan hamda ularning har biri tavsiflangan. Bu xil qarashlar, albatta, o‘sha paytdagi adabiyotga mafkura quroli sifatida yonda shishdan kelib chiqqan. Agar romantizmga mansub asarlarda realizmga xos manzaralar mavjudligi, realistik asarlarda roman tizm ko‘rinishlari bo‘lishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, “inqilobiy romantizm”, “reaksion romantizm”, “tanqidiy realizm”, “ma’ri fiy realizm”, “sotsialistik realizm” tarzida ajratishlar juda sun’iy ekani bilinadi. Sho‘ro davrida M.Gorkiyning “Lochin qo‘shig‘i”, “Izergil kampir”, “Bo‘ron qushi qo‘shig‘i” inqilobiy romantizm namunalari deyilib, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor, Ahmad Yassaviy asarlariga “o‘tmishni ideallashtirilgan” degan ayb taqalgan. Aslida M.Gorkiyning mazkur asarlarida mavjud turmushni inqilobiy yangilashga ochiqcha da’vat, chaqiriq se zilmaydi. U asarlarda voqelik publitsistik jo‘shqinlik bilan badiiy gavdalantirilgan, xolos. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor ham kishilarni haqiqatga, halollikka, bir-biriga mehr-u oqibat ko‘rsatishga chaqirgan. Romantizm ijodiy metodi to‘g‘risida D.Quronov, Z.Mama jonov, M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Ro mantizm (fr. romantique, ingl. romantic) – Yevropa adabiyotida XVIII asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida yetakchilik qilgan adabiy yo‘nalish. Etimologik jihatdan termin ispancha “romance” so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, XVIII asrda kitoblardagina uchratish mumkin bo‘lgan g‘ayritabiiy, ajabtovur, fantastik narsalarning bari shu so‘z bilan yuritilgan. Darhaqiqat, romantizm adabiyoti yaratgan badiiy olamni shunday so‘z bilan nomlashga yetarli asos bor edi. Zero, romantizm mavjud voqelikqan qoniqmaslik tufayli, ma’rifatchilikka xos olam (odam va jamiyat)ni aql bilan raso holga keltirish g‘oyasiga ishonchning barbod bo‘lishi natijasi o‘laroq yuzaga kelgan bo‘lib, “reallikdan qochish”ga, real olamdan ko‘ra mukammalroq olam yaratishga intiladi. Romantizm klassitsizmga xos “tabiatga taqlid” va undan kelib chiquvchi haqiqatga monandlik talablarini inkor qiladi, uning uchun badiiy reallik mavjud reallikdan haqqoniyroqdir. Mavjud voqelikdagi tussizlikdan bezgan romantizm vakillari, ko‘pincha, ko‘hna o‘tmishdan ma’ni izlashadi (masalan, V.Skott, V.Gyugo, A.Dyuma romanlari), ular tasvirlagan voqea-hodisalar aksar uzoq, ekzotikaga boy yurtlarda kechadi va shu kabi romantizm adabiyotining umumlashtirish prinsipi – ideallashtirish, u voqelikka boqiy va mutlaq ideallar asosida yondashadi, shu ning uchun ham romantizmda voqelik bilan ideal orasidagi nomutanosiblik yaqqol ko‘rinadi, ularning ziddiyati o‘ta keskin namoyon bo‘ladi. Natijada, romantizm adabiyotida olam ikkiga ajraladi, ikkisi – ideal olam bilan mavjud olam alohida yashaydi. Romantizm adabiyotining bosh ziddiyati – ezgulik va yovuzlik kurashi, unga ko‘ra, yovuzlik ham, unga qarshi kurash ham birdek boqiydir. Ya’ni bu kurash yovuzlikni ildizi bilan yo‘qotish-u olamni tubdan o‘zgartirishga ojiz, qo‘lidan keladigani – yovuzlikning olamda mutlaq hokim bo‘lishiga yo‘l bermaslik, xolos. Yovuzlikka qarshi kurashayotgan betakror shaxs – romantizm adabiyotining bosh qahramoni. Romantizm adabiyotga o‘zining yangicha shaxs konsepsiyasi bilan kirib keldi. Uning uchun shaxs – alohida olam. Shaxsning sirli va adadsiz ichki olami romantizm adabiyotining markaziy muammosiga aylanadi. Romantizm shaxsdagi betakror individual xususiyatlarga urg‘u beradi, asosiy e’tiborni uning ichki olamidagi ziddiyatlar, qal bi-yu ongidagi izohlash mushkul harakatlar, g‘ayrishuuriy ho latlarga qaratadi. Mavjud voqelikdagi maishat quliga aylanib borayotgan odamlarga zid o‘laroq, romantizm adabiyoti muhab bati-yu nafrati, mehri-yu qahri cheksiz, yuksak tuyg‘ularga, iztirobli o‘ylovlar-u o‘zini beshafqat taftish qilishga qobil qah ramonni yaratadi. Bu qahramon olam sir-sinoatini anglashga ojizligidan iztirob chekadi, mavjud voqelik sog‘lom aqlga nomuvofiq ekani, o‘zining shaxsiy erkiga daxl qilayotganidan iztirobga tushadi. Romantizm adabiyotining qahramoni shaxsiy erkini, insonlik sha’nini yuksak qadrlaydi, ularga qarshi har qanday harakatga butun vujudi bilan qarshi turadi. Shaxsga bu xil qarash romantizmning ijodkor shaxsga munosabatida ham o‘z aksini topadi. Ijodkorni muayyan qoidalar bilan cheklagan klassitsizmdan farqli o‘laroq, romantizm tom ma’nodagi ijodiy erkinlik tarafdori, u har qanday cheklovlarni inkor qiladi. Shuning uchun romantizm nazariyotchilari adabiy tur va janrlar orasiga qat’iy chegara qo‘ymaydilar, adabiyotning boshqa san’at turlari bilan sintezlashuvi yoki konkret badiiy asarda turli estetik belgilar (tragizm va komizm, tuban va yuksak va boshqa)ning qorishiq holda namoyon bo‘lishini tabiiy hol deb biladilar. Ular badiiy asarni tirik organizmga qiyos qiladilar, badiiy shakl mazmundan tabiiy ravishda o‘sib chiqadi va u bilan uzviy bog‘liq holda yashaydi deb tushunadilar. Ya’ni bunda ham normativ xarakterdagi poetikaga oid qo‘llanmalarda qat’iy belgilangan me’yorlarni inkor qilish, ijodkorning yaratuvchilik huquqini e’tirof etish kuzatiladi. Romantizm adabiyotni tarixiy roman, fantastik qissa, liro-epik poema kabi janrlar bilan boyitdi; ifodada metaforiklik, yuksak darajadagi assotsiativlik va shu asosda ko‘p ma’nolilikka intilgani sabab badiiy tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytira bildi. Romantizm badiiy tafakkur rivojida sezilarli iz qoldirdi, uning an’analari simvolizm, ekspressionizm, syur realizm singari oqimlar tomonidan ijodiy o‘zlashtirildi, romantik pafos adabiyot va san’atga xos estetik belgilardan biri bo‘lib qoldi” deyiladi. Romantizm ijodiy metodiga mansub asarlarda hayot hodisalariga qizg‘in ehtiros bilan yondoshish yaqqol seziladi. Asarlarda aks etadigan ayni hodisa pafos deb yuritiladi. Yuqoridagi “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Pafos (yun. pathos – his, ehtiros) – ijodkorning o‘zi tasvirlayotgan voqelikka g‘oyaviy-hissiy munosabati, avtor emotsionalligi. Pafos termini antik estetika va ritorikada ishlatilgan bo‘lib, keyinchalik turli ma’no o‘zgarishlariga uchragan. Jumladan, Arastu pafos deganda inson qalbining xususiyati, kuchli ehtirosni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, pafos notiqlik usullaridan bo‘lib, uning yordamida notiq tinglovchilarda o‘zi istagan hislarni uyg‘otadi. Terminni tragediyaga nisbatan qo‘llaganida, Arastu pafosning qahramon fojiasi, ruhiy iztiroblari orqali namoyon bo‘lishi va tomoshabinda ham shunga mos hislarni uyg‘otishini ta’kidlaydi. Keyinchalik, xususan, Uygonish davridan boshlab, pafos inson qalbining xususiyati deb emas, balki asarning muayyan his-tuyg‘ularni uyg‘ota olish xususiyati sifatida tushunila boshlandi, shu bois ham u ko‘proq uslub, qahramon, ko‘tarinkilik, tragiklik kabi tushunchalar bilan bog‘liq holda ishlatildi. Gegel estetikasida pafos juda muhim o‘rin tutadi, u san’atning o‘zagi, “san’at saltanati”ning asosi sifatida talqin qilinadi. Gegelga ko‘ra, pafos inson mohiyatini tashkil etuvchi obyektiv mavjudlik, qalbni harakatlantiruvchi qudratli kuch bo‘lib, ijodkor o‘z asarida uni ifodalashni maqsad qiladi, ya’ni muayyan pafosni ifodalash san’at asarining muddaosi, ijodning motividir. Shu asosda Gegel ijodga turtki beruvchi motivlar, pafos ko‘rinishlari sifatida “oila, vatan, davlat, cherkov, shon-sharaf, do‘stlik, g‘urur, nomus, muhabbat” kabilarni ko‘rsatadi. Gegel ta’rifidagi pafos, ko‘proq, asar personajlari bilan bog‘liq bo‘lsa, V.Belinskiy uni ijodkor shaxsi bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, pafos “g‘oya – ehtiros” bo‘lib, u ijodkorning ma’naviy borlig‘idan kelib chiqadi. Bu holda alohida olingan asar pafosi haqida ham, muayyan ijodkorga xos pafos haqida ham gapirish mumkin bo‘ladi. Pafosni bunday tushunish sho‘ro adabiyotshunosligida, jumladan, o‘zbek adabiyotshunosligida ham ustuvorlik qildi. Masalan, G.Pospelov pafosni badiiy mazmunning mavzu, problematika, badiiy g‘oya qatoridagi muhim uzvlaridan deb biladi va uning qahramonlik, tragizm, sentimentalizm, romantika, dramatizm, satira va yumor kabi turlarini ajratadi. Shuni qayd etish lozimki, G.Pospelov pafos termini bilan bir qatorda, voqelikka g‘oyaviy-hissiy mu nosabatlar terminini ham qo‘llaydi. Adabiyot nazariyasiga oid ayrim manbalarda esa pafos o‘rniga muallif emotsionalligi, voqelikka munosabat turlari kabi terminlar ishlatiladi. Mazkur hol hozirgi adabiyotshunoslikda pafos termini qo‘llanishi jihatidan passivlashganidan dalolat beradi. Buning sababi esa uning hodisa mohiyatini to‘la qamray olmayotgani bilan bog‘liqdir. Agar Arastu-Gegel an’anasi bo‘yicha pafos ko‘proq personajlar (obyekt) bilan, Belinskiydan boshlab, ijodkor (subyekt) bilan bog‘langan bo‘lsa, hozirda subyekt – obyekt – adresat uchligini birlikda olib qarab, ularni qamrab oluvchi badiiylik moduslari termini faollashdi” deyiladi. Download 78.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling