Temirov jamoliddin kurs ishi mavzu: adabiyotshunoslikdagi metodlar ish rahbari
Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 78.56 Kb.
|
Kurs ishi Temirov Jamoliddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati
- “ Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunga zamonning o`zi ham yo`l qo`ymaydi”.
- Metod, metodologiya , metodika tushunchalari haqida.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: kurs ishimning yozishimdan maqsad shundan iboratki, mamlakatimiz rahbari “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida “ tarix fanining imkoniyatlaridan foydalanib,Aql – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”, - deb ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu fan o`qituvchilari oldida ushbu fan darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi ko`ndalang turibdi. Bunda esa ushbu fan darslarida interfaol usullarni qo`llash yaxshi samara berayotganligi o`tkazilayotgan tajribalardan ham ko`rinib turibdi.
Endi biz bo`lajak filologlar oldida ustozlarimizdan olgan saboqlarimizni kelajak ish faoliyatimizda keng qo`llashimiz va o`z o`rnida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishimiz hamda adabiyotshunoslik va shunga doir fan darslari samaradorligini yanada oshirishga o`z hissamizni qo`shishdek vazifalar turibdi. Mazkur kurs ishimni ushbu vazifalarni ado etish uchun tashlagan birinchi qadamim deb hisoblayman. Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, mazkur mavzu zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ta’lim sohasida ham islohotlar, yangiliklar qilishni taqozo etmoqda. Endi o`quvchi va talabalarni an’anaviy ta’lim metodlari bilangina o`qitish yetarli bo`lmay qolmoqda. Shu bois ta’limga yangicha yondashish kunning dolzarb masalasiga aylandi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “ Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunga zamonning o`zi ham yo`l qo`ymaydi”. Mazkur mavzu bo`yicha tayyorlangan ishdan nafaqat, oliy o`quv yurtida, balki shu fanga doir darslarining barcha o`quv muassasalarda o`qitilishida, xususan, maktab, litsey, kollejlarda ta’lim jarayonida keng ko`lamda qo`llash mumkin. Metod, metodologiya , metodika tushunchalari haqida. Dunyo adabiyotshunosligida badiiy asarni tadqiq qilishning turli metodlari bor. Ilmiy fikr bayonida baʼzan juda koʻp ishlatiluvchi “metod”, “metodologiya”, “metodika” istilohlarining aralashib ketgan hollari ham kuzatiladi. Holbuki, “metod” soʻzi yunoncha boʻlib, lugʻaviy maʼnosi “biron narsaga borish yoʻli”, istilohiy jihatdan esa “maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda tartibga solingan faoliyat” maʼnosini anglatadi. Rus olimi Yu.Borev “metod”ni fikrlash usuli, “metodologiya”ni metod nazariyasi, “metodika”ni metodning xususiy usullar sistemasi tarzida tushuntiradi. Uning fikricha, qoʻllanilayotgan nazariya bilan kuzatilayotgan obʼyekt orasida uygʻun holat boʻlishi kerak. Metod shu holat-asosni tashkil etadi. Bunda metod fan va voqelik, tahlil va fakt, nazariya va amaliyot, konsepsiya va eksperimental maʼlumotlar oraligʻini egallaydi. Metod — bilish vositasi. Shu vosita bilan oʻrganilayotgan obʼyekt tafakkurda qayta jonlanadi. Download 78.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling