Temperament haqida tushuncha


Download 5.14 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi5.14 Kb.
#1722624
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha-fayllar.org


Temperament haqida tushuncha

Temperament haqida tushuncha
Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:
1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;

3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.



Temperament tiplari


Sangvinik - yuksak reaktivlik. Bo`lar - bo`lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo`lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo`r qo`zg`alish bilan javob beradi. Imo - ishoralari va harakatlari yaqqol ko`rinib turadi. Uning aft - basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo`lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to`playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug`lik qo`zg`ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g`ayratli va ishchan, darslarda tez - tez qo`l ko`tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin , yangi ishlarga g`ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o`z hissiyotlarining namoyon bo`lishini va o`zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to`playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o`zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o`rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko`cha oladi. Malakalarni tez o`zlashtiradi va tez qayta o`zgartiradi. Aqli ixcham. ekstrovertirovanlik xususiyatiga ega. O`tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda ko`proq tashqi taassurotlarga javob beradi. Xolerik - xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o`zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko`proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta baqarorlik, zo`r qat`iylik bor, diqqatini kuchirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi. Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo`zg`aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Hamma bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko`ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo - ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. g`ayrati, ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o`zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to`playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko`chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvertirovanlashgan. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo`shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi. Melanholik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko`ra, ko`zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig`laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O`ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug`iladigan bo`lsa, qo`lini yuvib qo`ltigiga urib qo`ya qoladi. g`ayratsiz, qat`iy emas. Diqqati tez chalg`iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik xususiyatiga ega.
http://fayllar.org
Download 5.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling