Temperament haqida tushuncha
Umumiy psixologiya tarmoqlari
Download 218.98 Kb. Pdf ko'rish
|
ped psixologiya javoblar
Umumiy psixologiya tarmoqlari
Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi xususan bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanmay ish ko‘ra olmaydi. Bolalar nerv sistemasining sog‘lom rivojlanishi va me’yoriy ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir. Shuning uchun bolalar psixologiyasi mutaxassislari bola nerv sistemasining taraqqiyot masalalari bilan bevosita ta nish bo‘lishlari lozim.Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan aloqadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi hamda un- ga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Pedagog psixologiyasi Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi- xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Download 218.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling