Temperament haqida tushuncha
Idrok murakkab psixik jarayon sifatida
Download 218.98 Kb. Pdf ko'rish
|
ped psixologiya javoblar
Idrok murakkab psixik jarayon sifatida Biz narsa va hodisalarning ayrim sifat va xossalarini sezgilar orqali ongimizda aks ettiramiz. Shuningdek, hamisha narsalarning ayrim xossalarini aks ettiruvchi birtalay sezgilarimiz bo‘ladi. Bu sezgilar asosida atrofimizdagi narsa va hodisalarni idrok qilamiz.Idrok deb, narsa va hodisalarni bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etishi natijasida ularni yaxlitligicha ongimizda aks etishidan iborat bilish psixik jarayoniga aytiladi. Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uningayrim xossalarini ham sezamiz.Biror narsaning o‘zini idrok qilmasdan hosil bo‘ladigan sezgilar yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo‘lsa kerak;chaqaloq narsaning o‘zini idrok qila bilmasa ham undan hosil bo‘ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug‘ va qorong‘ini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yo‘li bilanajratiladi.Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar g‘oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi, binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa, surat, rasm va boshqa san’at asarlarini idrok qilamiz. Pedagogik psixologiya metodlari. Pedagogik psixologiya o‘z predmetining mazmuniga qarab umumiy psixologiyada amal qiladigan ko‘pgina metodlardan foydalanadi. CHunki zarur bo‘lgan dalillarni qidirish, ularni sodir bo‘lish sabablarini aniqlash va isbotlash turli hil metodlar vositasida bajariladi. 1.O‘rganish lozim bo‘lgan har bir jarayon, holat va xususiyatlarni bir-biriga bog‘lab tekshirish lozim. Har bir o‘rganiladigan psihik hodisalarni nerv-fiziologik asoslardan, yoki xotirani diqqatdan, idrokni tafakkurdan ajratib o‘rganish yaramaydi.2. Tekshirilayotgan psixik hodisalarni rivojlanish qonuniyatlarini bilmasdan turib uni har tomonlama o‘rganish mumkin emas. SHuningdek, turli yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini bilmasdan turib o‘rganilayotgan yosh davrning o‘ziga xos xususiyatlarini tushintirib berish ham, tavsifnoma berish ham mumkin emas.3. Tekshirish jarayonida kishining butun psixikasida, ongida aks etadigan jamiyatning moddiy negzi undagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda o‘rganiladi.4. Pedagogik psixologiya murakkab psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganishda narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanish tamoyiliga asoslanadi. Download 218.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling