Temperament haqida tushuncha


Download 218.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/30
Sana02.06.2024
Hajmi218.98 Kb.
#1836474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
ped psixologiya javoblar

 
Ong va ongsizlik 
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, 
uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va 
mifologik qarashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish 
uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan moʻjiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. 
Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli 
tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon 
oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar 
ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.Ongsizlik (psixologiyada) — 
ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. Ongsizlik koʻpincha, 
badan harakatida, xotirasida, xayolida namoyon boʻladi. Real mavjud, lekin 
sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongi 
paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va 
boshqa holatlarda roʻy beradi. Mas odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda 
uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi.
 
 
 
 
Qobiliyatlar haqida tushuncha. Umumiy psixologiya tarmoqlari 
Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan 
keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning 
psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, 
malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. 
Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat 
inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib 
boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik 
tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib 
xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta 
xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera 
oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga 
imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim 

Download 218.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling