Temperament haqida tushuncha


Tarbiya psixologiyasi: maqsadi, vositalari va metodlari


Download 218.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/30
Sana02.06.2024
Hajmi218.98 Kb.
#1836474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
ped psixologiya javoblar

 


Tarbiya psixologiyasi: maqsadi, vositalari va metodlari 
Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq 
ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya 
ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p 
maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, ommaviy informasiya va 
propagada vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir 
ko’rsatadi.Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. 
Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy 
tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim 
funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. 
Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik 
ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada 
boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida 
yetakchi rol o’ynaydi
Umumiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi 
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik 
mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu 
yo'nalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda o'rganadigan barcha fanlar bilan
bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatdagi ijtimoiy-gumanitar 
fan sohalari bo'lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o'ziga xos va 
yetakchidir. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib
borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo'lgan aloqa bu ikkala fanning
inson va uning hayoti mohiyatini to'la anglash, rivojlanish tendensiyalarini
belgilashdagi o'rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Sosiologiya fani ham
yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z taraqqiyotining muhim
bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham 
foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar
va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali
ularning kechishi qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi.
Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik
faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan
holda psixologiya fani taibiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot 
uslublaridan omilkorona foydalanadi. 

Download 218.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling