Temperament haqida tushuncha


Download 218.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana02.06.2024
Hajmi218.98 Kb.
#1836474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
ped psixologiya javoblar

 
Sezgi haqida ma’lumot 
Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. 
Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv 
markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi 
bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur 
kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos 
xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, 
eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga 
boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik 
jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli 
sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish 
nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy 
hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir 
etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — Sezgi 
paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq. 
Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi. 
Psixologiyada xarakter muammosi. 
Xarakter yunoncha so’z bo’lib «zarb qilish», «belgi qo’yish» degan ma’noni 
bildiradi. Haqiqatdan ham xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan 
alohida belgilaridir. Shaxsning individualligi temperament singari xarakterda 
ham namoyon bo’ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va muloqoti jarayonida 
tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan individual xususiyatlari bo’lib, individ 
uchun u tipik xulq-atvor xislatlari bo’lib hisoblanadi.Kishining shaxsi u nima 
qilayotgani 
bilan 
emas, 
balki 
uni 
qanday 
bajarayotgani 
bilan 
xarakterlanadi.Xarakter kishi shaxsining yo’nalishini belgilaydigan ijtimoiy 
munosabatlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori mavqyei, 
amali unda takaburlik, kekkayganlik, riyokorlik, ta’magirlik,munofiqlik kabi 
salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, oddiy 
mehnatkash kishida jamiyatdagi mavqyeiga qarab fidokorlik, maqsadga 
intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning 
shakllanishiga olib keladi. 

Download 218.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling