Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Download 1.41 Mb.
bet10/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Xarakter

  • Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon boʻladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yigʻindisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon boʻlishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual oʻziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bogʻliq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda koʻp xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon boʻladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli koʻpincha ob’ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qoʻllaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon boʻladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning mu?im vazifasidir. Shaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:

Shaxs xarakterining xususiyati roʻyobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning oʻziga xos xislati uning munosabatlariga bogʻliq.

  • Shaxs xarakterining xususiyati roʻyobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning oʻziga xos xislati uning munosabatlariga bogʻliq.
  • Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.
  • Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bogʻliqdir. Chunonchi, mehnatda koʻzga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:
  • 1.diqqatning toʻplanishiga;
  • 2.harakatlarning maqsadga yoʻnalganligiga;
  • 3.irodaviy zoʻr berishga;
  • 4.usullar mahsuldorligiga;
  • 5.aqlning ishtirokiga bogʻliq.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling