Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Temperament tiplarining tavsifnomasi


Download 1.41 Mb.
bet8/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Temperament tiplarining tavsifnomasi Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari roʻy beradi. Temperament tiplariga mos xususiyatlarni muhimlari quyidagi jadvalda aks ettiriladi

Sangvinik

  • yuksak reaktivlik. Boʻlar-boʻlmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim boʻlmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zoʻr qoʻzgʻalish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol koʻrinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga boʻlgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga toʻplaydi.
  • Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorugʻlik qoʻzgʻovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda qayratli va ishchan, darslarda tez-tez qoʻl koʻtarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga gʻayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U oʻz hissiyotlarining namoyon boʻlishini va oʻzining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez toʻplaydi. Aqli tez ishlaydi, topqir. harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda oʻzgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan oʻrganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez koʻcha oladi. Malakalarni tez oʻzlashtiradi va tez qayta oʻzgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. oʻtgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashq taassurotlarga javob beradi.

Xolerik

  • xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz oʻzini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qoʻproq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zoʻr qatiylik bor, diqqatini koʻchirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling