Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Download 1.41 Mb.
bet9/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Flegmatik

  • senzitivligi sust, hissiy qoʻzgʻaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta koʻngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, oʻzini tuta bilish bilan ajralib turadi. harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan toʻplaydi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan koʻchiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qoʻshiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.

Melanxolik

  • yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga koʻra, koʻzlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yigʻlaydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. oʻziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tugʻiladigan boʻlsa, hoʻlini yuvib qoʻltigʻiga urib gʻoʻya qoladi. Gʻayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalgʻiydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.

Xarakter haqida tushuncha. Xarakter tipologiyasi

  • Har bir odam har qanday boshqa odamdan oʻzining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. "Xarakter" soʻzi grekcha soʻzdan olingan boʻlib " tamgʻa, belgi " degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat koʻrsatayotgan har qanday shaxs oʻzining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib boʻlmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, koʻrishning oʻtkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.
  • Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bogʻliq faoliyat muomala va munosabatda namoyon boʻluvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling