Tеmpеratura, issiqlikdan kеngayish va idеal gaz qonunlari 2-Maruza


Temperatura va issiqlik muvozanati


Download 1.21 Mb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1490641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
c1e39d912d21c91dce811d6da9929ae8

Temperatura va issiqlik muvozanati
Biz o’z xissiyotlarimiz bilan jismga tekkanimizda uning sovuq yoki issiq ekanligini sezamiz. Biz sovuq jismni isitish va issiq jismni sosutish yo’lini yaxshi bilamiz, buning uchun uning issiqroq jism yoki sovuqroq jisi bilan kontaktga keltiramiz. Jism isitilganda, yoki sovutilganda uning ayrim fizik xossalari o’zgaradi. Agar qattiq jism yoki suyuqlik isitilsa, qoidaga ko’ra uning xajmi oshadi. Agar gaz isitilsa, bunda uning bosimi o’zgarmas saqlansa, uning xajmi oshadi. SHuningdek, agar gaz xajmi o’zgarmagan xolda isistilsa, u xolda uning bosimi oshadi. Agar elektr o’tkazgich qizdirilsa, uning elektr qarshiligi o’zgaradi. Temperatura o’zgarishi bilan o’zgargan fizik xossalar termodinamik xossalar deyiladi. Termodinamik xossalarning o’zgarishi jism temperaturasining o’zgarishini ko’rsatadi. Issiq mis sterjenni sovuq temir bo’lagi bilan shunday kontaktga keltiraylik, bunda mis sovub, temir bo’lagi isiydi. Biz bunda ikkita sistema issiqlik muvozanatida bo’ladi.Issiqrov bo’lgan mis sterjenning temperaturasi pasayib, sovuqroq bo’lgan temir bo’lagining temperaturasi oshadi va u kengayadi. Bu jarayon ular temperaturalarining tenglashgunigacha davom etadi,sterjenlar uzunligi o’zgarmay qoladi. Endi issiq mis sterjenni sovuqroq suvga solamiz, bunda mis sterjenning temperaturasi suv temperaturasiga tenglashgunigacha soviydi. Issiqlik muvozanati qaror topadi. Endi sovuq temir trubkani mis sterjenga tekkazmagan xolda suvga solamiz. Bunda temir trubka temperaturasi mis sterjen va suvning temperaturasiga tenglashgunigacha oshadi va u ham issiqlik muvozanatiga erishadi. Agar panjara olib tashlanib, issiqlik kontaktga keltirilsa, ularning uzunliklari o’zgarmaganini ko’ramiz. Ular bir-birlari bilan issiqlik muvozanatidadirlar. Bu dalillar termodinamikaning nulinchi qoidasining mantiqiy ma`nosini anglashga olib keladi (1-rasm):
Agar ikkita ob`ekt uchinchisi bilan issiqlik muvozanatida bo’lsa, uchchala ob`ekt ham bir-biri bilan issiqlik muvozanatida bo’ladi.
Termodinamikaning nolinchi qonuni.
Agar ikkita sistema issiqlik muvozanatida bo’lsa, u xolda ularning temperaturalari bir xil bo’ladi. SHunday qilib, termodinamikaning nolinchi qonuninig muxim ahamiyati shundan iboratki, u temperaturani qulay aniqlash imkonini beradi.

1-rasm. Termodinamikaning nolinchi qonuni. a) Agar A va V sistemalar S sistema bilan issiqlik kontaktida bo’lib, o’zaro kontakda bo’lmasin. A va V sistemaning har biri S sistema bilan issiqlik muvozanatida bo’lsa, ularning hammasi bir-biri bilan issiqlik muvozanatida bo’ladilar, buni har birini ikkinchisi bilan almashtirib kontaktga keltirib tekshirish mumkin (b).

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling