Temuriylar davrida ikkinchi renessans vujudga kelishida yaratilgan shart sharoitlar
Download 424.17 Kb. Pdf ko'rish
|
temuriylar-davrida-ikkinchi-renessans-vujudga-kelishida-yaratilgan-shart-sharoitlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar: Ilm fan
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 968 TEMURIYLAR DAVRIDA IKKINCHI RENESSANS VUJUDGA KELISHIDA YARATILGAN SHART SHAROITLAR Otabek Almurotovich Berdiyev Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi I bosqich magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada buyuk bobokalonimiz Amir Temur va temuriylar davrida vujudga kelgan ikkinchi uyg’onish davri renessansni kurtak yoyishida va uning rivojlanishiga yaratgan shart sharoitlarni o'rganish va uni xalqimiz ma‘naviy ongiga singdirish, ma'naviyatini boyitish masalasida amal qilinishi lozim bo'lgan yo'nalishlar belgilab berilgan. Sohibqironning ilm fan homiysi sifatida amalga oshirgan buyuk ishlarini o’rganmog’imiz va muhtaram prezidentimiz ta’kidlagan uchinchi renessans ostonasida turgan ekanmiz o’sha davrning yutuqli jihatlarini o’rganmog’imiz kerak bo’ladi. Maqolada Amir Temurning olimu fuzalolarga ilm ahillariga bo’lgan munosabatini ularning davlat boshqaruvudagi rolinining ahamiyatlari haqidagi ma’limotlar tadqiq etilgan. Shuningdek, buyuk sohibqironning davlat boshqaruvidagi tajribasi va uning bugungi kundagi amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: Ilm fan, Amir Temur, Ulug’bek, Tuzuklar, davlat, xalq, ulamolar, madaniyat, ma‘naviyat saltanat, renessans, uyg’onish, observatoriya, muarrix, adabiyot, astranomiya, tarix. Tarixdan ma‘lumki O‘rta Osiyo hududi qadimdan turli xil bosqinchilar uchun juda yaxshi makon bo‘lib kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlar Ahamoniylar, Mil. Avv. IV asr Aleksandr Makedonski, milodiy VII-VIII asrlarda arablar bosqini va XII-XIII asrlarda Mo‘g‘ullar bosqinlarini aytish mumkin. Har bir bosqinchilik yurishlari o‘zining salbiy oqibatlarini qoldirdi. VII-VIII asrlarda arablar bosqini O‘rta Osiyo hududiga o‘zining salbiy jihatlari bilan birgalikda ijobiy tomonlarini ham ko‘rsatdi. Arablar bosqinidan so‘ng sharqda ilk uyg‘onish davri aynan O‘rta Osiyo hududida ro‘y berdi. Bu davrda ko‘plab buyuk zotlar allomalar yetishib chiqdiki ularning ma‘naviy dunyosi hali hamon oramizda yashayotganligini xis etishimiz mumkin. Ikkinchi ana shunday uyg’onish davri ham aynan sharqda vujudga keldi bu Amir Temur va Temuriylar davriga to’g’ri keldi va bu davr tarixga ikkinchi uyg’onish davri bo’lib kirdi. Amir Temurning o‘zi o‘qimishliligi zukkoligi adabiyot va san‘atga qiziqishi shuning bilan birgalikda o‘z ona tilidan tashqari boshqa bir nechta tillarni ham yaxshi bilishi, shuning asosida turli xil davlatlardan olib kelingan olimu fuzalolar, allomalar bilan ko‘plab suhbatlar uyushtirib turardi, keyinchalik Amir Temurning bunday olib borgan oqilona siyosati zamirida XIV-XV asrlarda sharq musulmon olamida IX- XII SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 424.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling