Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet53/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Davosi va profilaktikasi. O‘tkir xoletsistit bilan og‘rigan bemorlar darhol xirurgiya statsionariga joylashtiriladi. Bemorlarga spazmolitiklar (platifillin, atropin, no-shpa, papaverin, analgin, ketonal) ichiriladi yoki inyeksiya qilinadi, og‘ir hollarda esa promedol, shantopon, morfin ishlatiladi. Bemorga o‘rindan turmay yotish buyuriladi, qorniga sovuq narsa qo‘yiladi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar yuboriladi.
Zaharlanish kuchini kesish (dezintoksikatsiya) uchun 5% li glukoza eritmasi, izotonik natriy xlorid eritmasi yuboriladi. Bir kecha-kunduz davomida ovqat yemay turish tavsiya etiladi, faqat shirin choy yoki iliq holdagi mineral suv ichishga ruxsat beriladi. O‘t pufagi flegmona, gangrena bo‘lgan yoki yorilgan degan gumon bo‘lishi operatsiya yo‘li bilan davo qilishni mutlaqo zarur deb hisoblanadi. O‘tkir xoletsistitning yengil formalariga konservativ yo‘l bilan davo qilish kerak bo‘ladi, operatsiya zarur-zarurmasligi to‘g‘risidagi masala esa o‘tkir protsess bosilib qolganidan keyin hal qilinadi.
Surunkali xoletsistitga ambulatoriya sharoitlarida davo qilib boriladi. Protsess qo‘zib qolgan mahalda bemorlar kasalxonaga yotqiziladi, remissiya fazasida esa davo sanatoriyada qilinadi. Davo parhez, bakteriyalarga qarshi vositalar (antibiotiklar, sulfanilamidlar), o‘t haydovchi dorilar, spazmolitiklar, shifobaxsh fizkultura, fizioterapiya buyurishdan iborat bo‘ladi, zarur bo‘lganda operatsiya qilinadi. Parhez bilan davolashga alohida e’tibor beriladi. Yog‘li, qovurilgan, dudlangan va sho‘r taomlarni cheklab qo‘yib, kamkamdan, bot-bot ovqat yeb turish buyuriladi, alkogolli ichimliklar batamom istisno qilinadi. 5- yoki 5a-parhez stoli buyuriladi.
Mikroblarga qarshi vositalar kasallik qo‘zib turgan davridagina o‘rinli bo‘ladi, bunda mikrofloraning antibiotiklarga sezgirligi hisobga olinadi. O‘t haydaydigan preparatlar (xolenzim, alloxol, xologon, dexolin, sikvalon, makkajo‘xori popugi, bo‘znoch, na’matak) keng qo‘llaniladi. O‘n ikki barmoq ichakka takror-takror zond solib, keyin zond orqali antibiotiklar, mineral suv yuborib turish, shuningdek zondsiz terapevtik tyubaj qilish katta foyda beradi.
Fizioterapiya muolajalari spazmolitik, sedativ ta’sir ko‘rsatadi, o‘t chiqib turishini yaxshilaydi. Qaynoq priparkalar, parafin, torf, shifobaxsh balchiq applikatsiyalari qo‘llaniladi. Diatermiya, induktotermiya, UVCh va SVCh toklari, amplipuls, ultratovush ko‘p buyuriladi. Surunkali xoletsistiti tez-tez qo‘zib turmaydigan kasallarga balneologik kurortlarda suvini ichib davolanish ma’qul keladi .
Surunkali xoletsistit profilaktikasi o‘tkir xoletsistitga o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis davo qilish, infeksiya o‘choqlari, almashinuv kamchiliklarini bartaraf etishdan iborat. To‘g‘ri rejim bilan ovqatlanish, gijja va protozoy invaziyalari, o‘tkir ichak kasalliklarining oldini olishga katta ahamiyat beriladi.



Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling