Terapiyada hamshiralik ishi


Download 26.42 Kb.
bet3/8
Sana22.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1647006
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asab kasalligi

Migren turlari
Migren Xalqaro klassifikatsiya boʻyicha quyidagicha tasniflanadi:

  • Oddiy migren (aurasiz migren) – lokalizatsiyalangan pulsatsiyalovchi ogʻriq. Eng koʻp tarqalgan migren turi boʻlib, bemorlarning katta qismi shifokorga murojaat qilmaydi va bu kasallikni odatiy bosh ogʻrigʻi deb qabul qiladilar (zoʻriqish tufayli kelib chiqadigan bosh ogʻriqlari).

  • Klassik migren (aurali migren) – bunda ogʻriq xuruj qilishi boshlanishidan avval ayrim belgilar yuzaga chiqadi. Aurada belgilar individual boʻladi va turli xil namoyon boʻladi, masalan koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlar (koʻz oldida toʻlqinlar, turli xil dogʻlar, koʻz oldida kuchli yorugʻlik), ovoz bilan bogʻliq oʻzgarishlar (quloqlarda shovqin), nerv tizimi bilan bogʻliq belgilar (bosh aylanishi), hid bilish va taʼm bilish bilan bogʻliq oʻzgarishlar. Kam holatlarda muvozanat saqlash buzilishi, koʻrinayotgan jismlarning shakli va oʻlchamini farqlay olmaslik, ulargacha boʻlgan masofani aniqlashdagi kamchiliklar (Alis sindromi). Baʼzida aura xavotirlanish hissi paydo boʻlishi bilan ham kechadi.

  • Migrenoz status – davomli ogʻriq hissi, uyqu va dam olishdan soʻng ham oʻtib ketmaydigan, baʼzida sutkalar davomida davom etuvchi patologik holat.

  • Asoratli migren – koʻpincha hushdan ketish, koʻngil aynishi, qayt qilish va epilepsiya (tutqanoq) bilan namoyon boʻluvchi migren turi. Kam hollarda migren xuruji bosh miyada qon tomirlar yorilishi (insult) bilan asoratlanishi ham mumkin (migrenoz insult).

  • Spetsifik migren – bu turdagi migren xurujlari kam uchraydigan retinal migren (koʻzning bir yoki har ikkisida ham dogʻ paydo boʻlishi), oftalmoplegik migren (koʻz nervida ogʻriq) va boshqa belgilar bilan namoyon boʻluvchi belgilar bilan kechadi.

Migren oqibatlari
Yuqorida qayd etib oʻtilganidek uzoq muddat davom etgan migren xurujlari migrenoz insult bilan asoratlanishi mumkin. Bosh miyadagi qon tomirlar spazmi natijasida qon tomir ichida qon oqimining toʻxtab qolishi va atereskleroz blyashkalar hosil boʻlishi bosh miyada ishemiya keltirib chiqaradi.
Odatda migren aytarli jiddiy asoratlarga olib kelmaydi, shunchaki inson hayot tarzidagi koʻpgina noqulayliklar tugʻilishiga sabab boʻladi, masalan uyquning buzilishi, hayot sifatining pasayishi va toʻliq dam olmaslik. Migrendan aziyat chekuvchi insonlarda statistika boʻyicha uch barobar koʻproq depressiya holatlariga tushish qayd etiladi. Shu kabi muammolarning oʻzi ham migren kasalligiga jiddiy eʼtibor qaratish kerak ekanligini bildiradi.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling