Terapiyada hamshiralik ishi


Download 26.42 Kb.
bet5/8
Sana22.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1647006
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asab kasalligi

Nomedikomentoz davolash
Migren kasalligi qadimdan maʼlum boʻlsada, bu patologiyadan toʻliq qutulish yoʻli hali hanuz topilgani yoʻq. Shunday boʻlsa ham migrenda kuzatiladigan ogʻriq hissini kamaytirish va qoʻshimcha belgilar rivojlanmasligining oldini olishning bir qancha usullari topilgan. Ayniqsa, qadimiy Xitoy tibbiyoti bu borada yetakchi ustunlikka ega.
Migren bilan kurashishda qadimgi Xitoy tibbiyoti asosan fizioterapevtik muolajalarga yoʻnaltirilgan. Bunda ogʻriq hissini bartaraf etish va belgilarni kamaytirishga erishish mumkin. Davo muolajalari sekin-astalik bilan olib boriladi, yaʼni muolajalar davomiyligi, kuchi va dozasi kamdan boshlanadi va koʻpaytirilib boriladi, albatta bunda davoning samaradorligi baholanib boriladi.
Kasallik belgilari xuruj qilgan vaqtda davo muolajalari ogʻriqni yengillashtirishga, agar kasallik xuruj qilmayotgan boʻlsa, boʻyin sohasi mushaklarini boʻshashtirish va qon tomirlar spazmini bartaraf etishga qaratiladi.
Anʼanaviy tibbiyotda migren bilan kurashishning quyidagi usullari bor:

Akupressiya yoki nuqtali massaj. Bu usulda barmoq yordamida yoki maxsus oyna bilan inson organizmidagi biologik faol nuqtalar bosiladi.

Igna bilan davolash. Biofaol nuqtalarga steril maxsus ignalar sanchish yoʻli bilan kasallikni bartaraf etish usuli. Ignalar juda ingichka boʻlganligi sababli muolaja vaqtida ogʻriq sezilmaydi.

Gidroterapiya. Qadimiy Xitoy tibbiyotida bu usul eng mashxur boʻlgan, yaʼni bunda 4 unsurdan foydalaniladi: suv, olov (muolaja tabiiy issiq buloqlarda, loylarda oʻtkaziladi), havo (oltingugurtli vannalar) va tuproq (loyli joylar).
Migren xurujini bartaraf etish usullari
Agar migren xurujidan qutulishning imkoni boʻlmasa, unda xuruj vaqtida kuzatiladigan ogʻriq hissini kamaytirish mumkin. Bunda xurujning davomiyligi va kuchiga asoslanish lozim.
Kuchli boʻlmagan ogʻriq, bir sutkagacha davom etsa – nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar va analgetiklar (ibuprofen, asetil salitsil kislota) dan foydalanish mumkin. Ayniqsa, preparatlarning rektal shamchalar shakli yaxshi samara beradi. Parasetamol, metamizol natriy, naproksen, drotoverin gidroxlorid, fenobarbital, kofein saqlovchi preparatlardan foydalansa ham boʻladi.
Bir necha sutka davom etuvchi migren xuruji – bunday vaziyatda triptan guruhi preparatlaridan foydalanish mumkin – zolmitritin, eletriptin, sumatriptan. Bu vositalar qon tomirlarni toraytiradi va bosh miyada serotoninga boʻlgan sezuvchanlikni kamaytirdi.
Bemor xurujni yengillatish yoki to‘xtatish uchun uning belgilari paydo bo‘lishi bilan shakarli kofe, achchiq choy ichib, issiq o‘ralib yotishi, hamda yotoqxonada yorug‘likni kamaytirish, shovqinsizlikni ta’minlashi lozim.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling