Terapiyada hamshiralik ishi
Download 26.42 Kb.
|
Asab kasalligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Migrenning turlari:
1. Ko‘z xilida ko‘z oldida har xil narsalar paydo bo‘ladi. Bunda ko‘z oldi tuman bilan qoplanib, bosh og‘riq xuruji bilan o‘tadi. Bu xuruj 6 soatgacha davom etadi. 2. Oddiy xili 85 %gacha uchraydi. Bu xuruj 1 soatdan 1—2 kungacha davom etadi. Bunda bemorning kayfiyati yomonligi, bezovtalik, ish qobiliyatining pasayishi, uyquchanlik, tez jahl chiqishi bilan birga bosh og‘riq ko‘proq ertalablari bo‘lib o‘tadi. 3. Assotsiyalashgan migrenda esa bosh og‘riq bilan birga ko‘proq miya belgilari kuzatiladi. Bunda III juft kbm nervining zararlanishi bilan birga gemiplegiya, ataksiya va nutq buzilishlari kuzatiladi. 4. Qorin shakli ko‘proq bolalarda bo‘lib, kindik atrofidagi og‘riq, qo‘l-oyoqlarda sovuq qotish, bezovtalik, bosh og‘riq qorindagi og‘riq bilan kechadi. Bunda bemorlarning ich ketishi kuzatiladi. 5. Vestibular xilida bosh og‘riq xuruji vistibular ataksiya, bosh aylanish, tura olmaslik, yura olmaslik belgilari bilan kechadi. Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]Migren xurujida og‘riq paydo bo‘lganda, bemorni qorong‘i xonaga tinch yotqizib qo‘yish, oyoqlariga issiq isitgichlar, ensa sohasiga xantal qo‘yish, issiq shirinchoy ichirish kerak. Xuruj paytida bemorning ahvolini yaxshilash maqsadida boshiga iliq, ba’zi hollarda sovuq kompresslar qo‘yiladi. Ba’zan boshni issiq suvga yuvish, ro‘mol bilan o‘rash, oyoqlarga issiq vannalar qabul qilish yaxshi yordam beradi. Og‘riq qoldiruvchi dorilardan aspirin, baralgin, sitramon, tinchlantiruvchi dorilar; qontomirlarini kengaytiruvchi dorilar papaverin, noshpa tavsiya etiladi. Xuruj vaqtida glukoza 40 % 20 ml tomir ichiga yuboriladi, strofantin, vitamin B6, qusishga qarshi torekan 1,0 ml teri ostiga, sirukal, etaperazin, triftazin, galoperidol buyuriladi. Ergotamin gidrotartrat 0,001 g til ostiga 20 daqiqadan keyin qaytalash, bir kunda 3 ta tabletkadan oshmasligi kerak, digidroergotamin 0,1 % 15—20 tomchidan ichishga, kofetamin 1 tabletkadan 3 mahal ichishga buyuriladi. Og‘ir xurujlarda furosemid, prednizolon; yallig‘lanishga qarshi ibuprofen,indometatsin, naproksen, nimesil 100 mg dan kuniga 2 mahal, dilseron ichishga beriladi. Xuruj orasida sinnarizin 0,025 g bir tabletkadan 3 mahal 3 oygacha, metisergit 1/4 yoki 1/2 tabletkadan ovqatdan keyin ichishga beriladi. Bundan tashqari, nikotin kislotasi, kavinton, sermion, 1 ta tabletkadan 3 mahal buyuriladi. Dam olish, ertalabki badantarbiya, toza havoda sayr qilish, ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Kechasi yotishdan oldin oyoqlarni iliq suvda vanna qilish kerak. Zararli odatlar—ichish va chekishni tashlash tavsiya etiladi. Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling