Terminal holatlar va reanimatsiya asoslari


Download 1.02 Mb.
bet1/7
Sana20.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1682699
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xirurgiya

Terminal holatlar va reanimatsiya asoslari

Tayyorladi: 2-davolash 109a-gurux talabasi Rustamova Madina

Tekshirdi: Yakubov Davron

Terminal holatlar turlari, simptomatikasi va diagnostikasi.

Terminal holatlarning har xil turlari mavjud:

1. qarilik natijasida hayotning tugashi;

2. tuzalmas kasallik natijasida;

3. vaqtidan oldin koʻngilsiz holatlar natijasida, oʻtkir va surunkali kasalliklar natijasida.

Terminal xolatlar shartli ravishda quyidagicha etaplarga boʻlinadi:

1. preagonal holat;

2. terminal pauza;

3. agoniya;

4. klinik oʻlim;

5. biologik oʻlim.

Biologik oʻlimdan tashqari yuqorida keltirilgan etaplarni reanimatsion muolajalar orqali orqaga yaʼni hayotga qaytarish mumkin.

Preagonal holat

xushning yoʻqolishi, qon aylanishi va nafas harakatlarining toʻxtashi bilan kechadigan jarayon. Preagonal holatning qanday kechishi uni keltirib chiqaruvchi sabablariga bevosita bogʻliq:

1. elektroshokda mavjud boʻlmaydi;

2. ogʻir qon yoʻqotishlarda soatlab davom etadi;

3. tuzalmas kasalliklarda sutkalab davom etadi.

Preagonal holat cho’zilishi organizm zaxira kuchlarining kamayib, butunlay yoʻqolishiga olib keladi.

Terminal pauza

Preagonal holatlar nafasda terminal pauza bilan tugaydi va bunda kuzatiladi:

1. bradikardiya (asistoliyagacha);

2. AKB 0 gacha tushishi;

3. adinamiya;

4. arefleksiya.

Terminal pauza davomiyligi bir necha sekunddan 2-4 minutgacha boʻlishi mumkin.

Agoniya

– bu organizm hayot davomiyligining oxiri hisoblanadi. Bunda kuzatilishi mumkin:

1. xushning qisqa muddatli yaxshilanishi;

2. yurak va nafas xarakatlarining vaqtinchalik kuchayishi (patologik nafas);

3. AKB vaqtinchalik koʻtarilishi.

Agoniyada koʻp xollarda mushaklarning qisqa muddatli qisqarishlari va keyinchalik ularning boʻshashishi kuzatiladi.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling