Terminal holatlar va reanimatsiya asoslari


Agoniya – organizmning oʻlim bilan kurashishini yakuni xisoblanib, tashqaridan yordam berilmagan xollarda oʻlim bilan tugaydi


Download 1.02 Mb.
bet2/7
Sana20.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1682699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xirurgiya

Agoniya – organizmning oʻlim bilan kurashishini yakuni xisoblanib, tashqaridan yordam berilmagan xollarda oʻlim bilan tugaydi.

Klinik o’lim

-agoniya holatidan keyingi bosqich hisoblanadi va hayot-oʻlim oʻrtasidagi oʻtuvchi, hayotiy funksiyalarning qaytuvchi davridir. Bu qon aylanishining toʻxtashi bilan boshlanadigan bosqichidir. Klinik oʻlim davrining davomiyligi bosh miya hujayralarining gipoksiyaga chidamliligiga bogʻliq boʻlib, koʻp xollarda 4-7 minutni tashkil qiladi. Klinik oʻlim davomiyligi quyidagilarga bogʻliq:

1. organizmni yoshi va holatiga;

2. keltirib chiqaruvchi sababning turi va sharoitga;

3. organizm qoʻzgʻalish faollashuvining darajasiga va boshqalar.

Agoniya holatining davomiyligi klinik oʻlim bosqichining qisqarishiga olib keladi. Bu davr quyidagi hollarda qisqaradi:

1. modda almashinuvi kuchayganda;

2. isitmali holatlarda;

3. uzoq muddat kechuvchi kasalliklarda.

Klinik oʻlimni choʻzilishiga olib keladigan sabablar:

Klinik oʻlimni choʻzilishiga olib keladigan sabablar:

1. chuqur gipotermiya;

2. yuqori oksigenatsiya sharoitida qon aylanishining toʻsatdan toʻxtashi;

3. gipoksiyaga organizmning moslashuvi.

Chuqur gipotermiyada (-20oC) klinik oʻlim davri 45 minutgacha choʻzilishi mumkin. Shuning uchun baʼzi hollarda odam sovuq suvda bir soat choʻkkanda ham reanimatsion chora-tadbirlar yaxshi yordam berishi mumkin. Agar klinik oʻlimda koʻrsatiladigan tadbirlar naf bermasa biologik oʻlim kuzatiladi.

Klinik oʻlim belgilari:

1. Yurak faoliyatining toʻxtashi – qon aylanishini toʻsatdan toʻxtashining asosiy belgilaridan biri.

2. Xushning bo’lmasligi – qon aylanishi toʻxtashi bilan 10 sek ichida yuzaga chiqadi.

3. Qaltirash - xush yoʻqotilganda yuzaga chiqadi. Koʻp xollarda qaltirashni atrofdagilar payqashadi.

4. Nafas harakatining to’xtashi – qon aylanishi toʻxtashidan keyin 20-30 sekunddan keyin kuzatiladi.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling