Terminal holatlar va reanimatsiya asoslari


Oʻpka-yurak reanimatsiyasi texnikasi


Download 1.02 Mb.
bet5/7
Sana20.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1682699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xirurgiya

Oʻpka-yurak reanimatsiyasi texnikasi.

Quyidagi komponentlardan iborat:

«A – airway» - nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligini tiklash.

«B – breathing» - sunʼiy nafas (OʻSV).

«C – circulation» - sunʼiy qon aylanishi (yurak yopiq massaji).

Uchlik usulini qo’llashdan oldin yuqori nafas yoʻllari va ogʻiz boʻshligʻi koʻzdan kechiriladi va tozalanadi (qusuq massalarni olib tashlash, qon laxtalarini va singan tishlardan tozalash).

Uchlik metodi. Yuqori nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligini tiklash uchlik metodi «A – airway» bilan olib boriladi

Uchlik metodi. Yuqori nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligini tiklash uchlik metodi «A – airway» bilan olib boriladi

1. Bosh orqaga qayiriladi.

2. Pastki jagʻ pastga tortiladi.

3. Ogʻiz ochiladi.

Yuqori nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligini tiklash statsionar sharoitda maxsus instrumentlar orqali bajariladi (ogʻiz ochgich, til ushlagich, havo oʻtkazgich).

Oʻpkalar sunʼiy ventilyatsiyasi (O’SV). «B – breathing» bemorga “ogʻizdan ogʻizga” va “ogʻizdan burunga” ekspirator usullar orqali nafas beriladi (bevosita yoki nafas oʻtkazgich orqali).

Oʻpkalar sunʼiy ventilyatsiyasi (O’SV). «B – breathing» bemorga “ogʻizdan ogʻizga” va “ogʻizdan burunga” ekspirator usullar orqali nafas beriladi (bevosita yoki nafas oʻtkazgich orqali).

  • Reanimator bemor yon tomonida turadi.
  • Ogʻiz boʻshligi tozalangandan va uchlik usuli bajarilgandan keyin reanimator chuqur nafas olib bemor oʻpkalariga kuch bilan puflaydi va bunda bemorning burni yoki ogʻzi reanimator qoʻli bilan havo chiqib ketmasligi uchun bosiladi.
  • Sunʼiy nafasni havo oʻtkazgich orqali ham amalga oshiriladi.
  • Havo oʻtkazgich – egilgan rezina trubka (S xarfiga oʻxshash) boʻlib ogʻizni yopilishiga toʻsqinlik qiladi.

Havo oʻtkazgich ogʻiz boʻshlig’i tozalangandan keyin havo beriladigan teshigi pastga qaratilgan holda ogʻiz boʻshlig’iga kiritiladi va ogʻiz boʻshligʻiga aylantirilib til ustida havo oʻtkazgich teshigi tepaga chiqariladi (tilni orqaga ketishiga toʻsqinlik qiladi).


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling