Qoʻshimcha belgilar: qorachiq kengayishi va uning yorug’likka reaksiyasining yoʻqolishi, qon aylanishi toʻxtashidan keyin 30-40 sekunddan keyin kuzatiladi. Biologik oʻlim -bu qaytmas jarayon boʻlib, xech qanday chora tadbirlar yordam bermaydi. Bu holat klinik oʻlim holatidan keyin yuzacha chiqadi va butun organizm tiriklik faoliyatining toʻxtashi bilan kechadi. Biologik oʻlim belgilari: 1. Xushning boʻlmasligi. 2. Yurak urishining boʻlmasligi. 3. Nafas harakatlarining boʻlmasligi. 4. Koʻz shox pardasining qurishi. Qorachiqning kengayishi va tashqi taʼsirotlarga reaksiyasi boʻlmasligi. 5. Organizm ostki qismlarida oʻlim dogʻlari paydo boʻlishi (oʻlimdan 2 soatdan keyin). 6. Organizning qotishi (mushak toʻqimasining qotishi) oʻlimdan keyin 6 soatdan keyin yuzaga chiqadi. O’lim dog’lari Reanimatsion chora-tadbirlar oʻtkazilishiga koʻrsatmalar. Reanimatsion chora-tadbirlarning oʻtkazilishi va toʻxtatilishi qonun bilan belgilangan. Bunday tadbirlar toʻsatdan oʻlim holatining hamma koʻrinishlarida koʻrsatiladi va shu bilan birga qarshi koʻrsatmalar ham mavjud. Qarshi koʻrsatmalar: 1. hayotga noloyiq jarohatlar (boshning tanadan uzilishi, koʻkrak qafasi butunlay ezilishi); 2. biologik oʻlimning yaqqol belgilari. Reanimatsion chora-tadbirlarga qarshi koʻrsatma boʻlgan holatlar: 1. Agar oʻlim toʻliq intensiv davo natijasida va hozirgi kundagi tibbiyotda oʻz yechimini topmagan kasalliklar natijasida roʻy bergan hollarda; 2. Agar bemorda surunkali kasalliklar terminal bosqichi va koʻrsatiladigan reanimatsion choralar foydasizligi kasallik tarixida batafsil bayon qilingan hollarda (bularga ogʻir onkologik kasalliklar va ogʻir hayotga noloyiq jarohatlar kiradi);
Do'stlaringiz bilan baham: |