Termiz-2022 Bank inqirozlari I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 1.01 Mb.
bet2/15
Sana07.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1172460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bank inqirozlari

Bank inqirozi4 - Balansning yomonlashish va qattiq ish sharoitlari ba’zi bir moliyaviy institutlarni balanslari salbiy bo’ladigan nochor holatga olib borishi mumkin. Depositor va kreditorlarga to’lash qobiliyati bo’lmaganligidan ba’zi bir banklar biznesdan chiqib ketadi. Agar omillar jiddiy bo’lsa, ular bir nechta banklar birdaniga tizimdan chiqib ketadigan bank vahimasiga olib kelishi mumkin. Salbiy manbayi assimmetrik ma’lumot hisoblanadi. Vahima holatida omonatchilar o’z omonatining xavfsizligidan qo’rqishadi va bank kredit portfelining sifatini bilgan holda o’z omonatlarini bank muvaffaqiyatsizlikka uchraguniga qadar qaytarib olishga harakat qiladilar.
Oxir oqibatda davlat va xususiy korxonalar to’lovga qobilyati bo’lmagan firmalarni sotib yuborishdi yoki yopib yuborishdi. Moliya bozorida noqaniqlik kamaydi, fond bozori qayta tiklandi va natijada balans yaxshilandi. Moliyaviy yemirilish kamayib, natijada moliyaviy inqiroz ham pasaydi. Yaxshi amal qilayotgan moliya bozorlari yana sahnaga chiqdi.
Misol uchun, AQSHning yirik moliyaviy muassasalari Citi Group, Bank of America, JP Morgan Chase, Wells Fargo va boshqalar inqiroz holatiga duch kelganida, bank tizimidagi likvidlilik muammolari, o‘z navbatida, xo‘jalik sub’ektlari va aholining bank tizimiga bulgan ishonchi pasayishiga hamda kredit risklarining ortishiga va iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab buldi.
Inqiroz banklarning kreditlash sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko‘chganda: bozorda taklifning talabdan oshishi kuzatildi va bu holat AQSH avtosanoatidagi yoppasiga ishdan bushatishning kuchayishi bilan yakunlandi. AQSHning inqirozga qarshi siyosati bozordagi talabni rag‘batlantirish, yirik biznesga yirik banklar va korporatsiyalarga yetarlicha ko‘mak berishga yo’naltirilgan.
Ishlab chiqarishning tushib ketishi bank kreditlarining qisqarishi, real ishlab chiqarish risklarining ortishi bilan birga kechdi. Ishlab chiqarishning pasayishi va risklarning ortishi, o‘z navbatida, investitsiyalarni, shuningdek, import tovarlariga bulgan talabning kamayishiga olib kelgan.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling