Termiz-2022 Bank inqirozlari I. Kirish. II. Asosiy qism


B yo‘l: Kuchli fiskal dizbalans


Download 1.01 Mb.
bet8/15
Sana07.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1172460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Bank inqirozlari

B yo‘l: Kuchli fiskal dizbalans. Davlat xarajatlarini moliyalashtirishi rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyaviy inqiroz tomon yetaklashi mumkin. 2001-2002- yilda Argentinada sodir bo‘lgan moliyaviy inqiroz aynan shu turga xos bo‘lib, jumladan, 1998-yilda Rossiyada, 1999-yilda Ekuadorda, 2001-yilda Turkiyada yuzaga moliyaviy inqirozlar aynan shu turdagi inqirozning ba’zi elementlarini aks ettiradi.
Mashhur bank o‘g‘risi Villie Suttondan nima sababdan banklarning o‘marganligi so‘ralganda, u shunday javob bergan: “Chunki bu yerda pul bor”. Rivojlanayotgan davlatlarning hukumatlari aynan shunday qarashga egadirlar. Qachonki ular yirik fiskal dizbalansga yuz tutishsa va o‘zlarining qarzlarini qoplay olishmasa, xukumat banklarni dvalat qarzini sotib olishga aldashadi yoki majburlashadi. Xukumatningushbu qarzlarni qayta to‘lay olish qobiliyatiga ishonchini yo‘qotgan investorlar obligatsiyalarni sotib yuborishadi. Natijada obligatsiyalarning narxi tushib ketadi. Ushbu qarzlarni ushlab turgan banklar balansining aktiv qismida katta o‘ra hosil bo‘lishi natijasida aktivlarning sof qiymati tushib ketadi. Kapital xajmini kamayishi ushbu institutlarning kredit resurslarini pasayishiga olib kelishi oqibatida kreditlash hajmi tushadi. Ushbu holat yanada yomonroq bo‘lishi, ya’ni bank kapitalining pasayishi sarosimani keltirib chiqarishi natijasida ko‘plab banklar bir vaqtda bankrotlikka uchrashi mumkin. Kuchli fiskal dizbalansning bank tizimi kuchsizlanishiga olib kelishi natijasida tanlovning yomonlashishi va psixologik risk muammosiga olib keladi.
Ikkinchi bosqich. Valyuta inqirozi.
Banklar va boshqa moliya institutlarining moliyaviy ahvoli yomonlashsa, hukumatda ular faoliyatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha kam tanlov qoladi. Foiz stavkalarini ko‘tarish orqali o‘zlarining valyutasini himoya qilish kapitalni mamlakatga oqimini qo‘llab quvvatlashi lozim. Biroq xukumat foiz stavkalarni oshirsa, banklar resurslarga ega bo‘lishi uchun ko‘p to‘lashiga olib keladi. Xarajatlarni oshib ketishi banklarning foydasini kamaytirishi natijasida to‘lovga layoqatsizlikni keltirib chiqaradi. Demak, bank tizimining moliyaviy holati og‘irlashsa, xukumat va markaziy bank ikki o‘t o‘rtasida qolib ketadi. Agarda ular foiz stavkani keskin oshirishsa, allaqachon kuchsizlangan bank tizimini barbod qilishadi, o‘z navbatida, iqtisodiyotning ahvoli og‘irlashadi. Agarda foiz stavkalarni ko‘tarmaydigan bo‘lishsa, o‘z valyutasining qadrini belgilay olishmaydi.
Valyuta bozoridagi spekulyantlar mamlakatning moliya sektoridagi qiynchiliklarni his qilishadi va hukumatning foiz stavkalarni oshirish va valyutani himoya qilish katta xarajat talab qilishiga to‘g‘ri baho berishadi. Natijada xukumat valyutani himoya qilish siyosatini amalga oshira olmasligi bois valyuta qadrsizlanishga ruxsat beradi. Valyutaning qadri faqat pasayganligi bois spekulyantlar deyarli xatosiz kursda bitimlarni amalga oshiradi. Spekulyantlar qattiq raqobatga kirishishadi va valyutani qadri tushishini oldindan aniqlashib sotishadi. Bu holat ularga katta foyda keltiradi. Ammo mamlakat milliy valyutasi qadrini saqlab turish uchuno‘z zaxirasini ishlatishi shart. Natijada ushbu sotuvlar mamlakat xorijiy valyutadagi zaxirasini tezda emirilishiga olib keladi. Qachondir markaziy bank xorijiy valyuta zaxirasini ishlatib bo‘lsa, sikl tugaydi. Markaziy bankda resurslar mavjud bo‘lmaganligi boisvalyuta bozorida intervensiyani amalga oshira olmasligi oqibatida milliy valyutaning qadrini tushib ketishiga ruxsat berishi shart bo‘lib qoladi: bunday vaziyatda hukumat milliy valyutaning devalvatsiyasiga rozilik berishi shart.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling