Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institute meva sabzavodchilik fakulteti Agronomiya anorchilik yo’nalishi 121-guruh talabasi Xurramova Zarnigorning Biologiya va genetika fanidan tayyorlagan slaydi

Download 186.96 Kb.
bet16/18
Sana07.04.2023
Hajmi186.96 Kb.
#1340702
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xurramova Zarnigor

Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining qattiq quruq iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va boshqa navlari), oʻrik (Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak), sholi (Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi), joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun (Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), sabzi (Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va boshqalarning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan koʻpchilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan.

Modifikatsion o‘zgaruvchanlik. Organizmlardagi o‘zgaruvchanlik faqat irsiy omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘pgina hollarda organizm yashash muhiti omillari ta’sirida ham o‘zgaruvchanlik hosil bo‘ladi. Bir xil genotipga ega organizmlarda tashqi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik populyatsiyadagi ko‘pchilik organizmlarga xos ekanligi, muxit sharoitining o‘zgarishi kelgusi avlodlarga berilmasligi bilan tavsiflanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini tushunishga yordam beradi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling