Agar quyonning oq yungli orqa tomonida uncha katta bo‘lmagan qismidagi yunglar ustar a bilan olinib, shu quyon harorat pastroq xonada boqilsa yungi qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo‘lib o‘sib chiqadi. Xuddi shunday xodisani xitoy navro‘zguli (Primula sinensis) da ham kuzatish mumkin. Bu o‘simlikning qizil gulli irqida odatdagi 150 -250 sharoitda qizil gul rivojlanadi. Aksincha 300 -350 haroratli muxitda o‘stirilsa uning gullari oq rangda bo‘ladi. Ana shunday oq gulli navro‘zgul urug‘lari normal sharoitga ekilsa, urug‘lardan rivojlangan o‘simliklarning guli qizil rangda bo‘ladi. Alpinistlarning 1mm3 qonida 4000 m balandlikda eritrotsitlar soni ikki martaga oshadi, vodiyga qaytganda esa ularda eritrotsitlar soni normal holatga keladi. Ba’zan kimyoviy, fizikaviy mutatsiyalar ta’sirida organizmning fenotipi keskin o‘zgaradi va badbashara organizm rivojlanadi. Shu singari modifikatsiyalar morfozlar deb ataladi. Foydalangan adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Grin A., Staut B., Teylor S., Biologiya. Per.s angliyskogo, M., 1991; Mavlonov O., Biologiya, T., 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |