Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti maxkamova nargiza ergashaliyevna moychechak o


Download 57.54 Kb.
bet4/16
Sana26.10.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1724853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5555ОКОН НАРГИЗА аноттация тўғирлангани копия — копия

Tadqiqotning maqsadi. Moychechak o’simligining asosiy zararkunandalarining tarqalishi va zararini, tabiiy entomofaglarining tur tarkibi, zararkunandalar populyatsiyasi miqdorini kamaytirishdagi ahamiyati hamda himoya qilish tizimini ishlab chiqishdan iborat
Tadqiqotning vazifalari:
Moychechak o’simligi zararkunandalarining mintaqalarda tarqalgan zararkunandalarini umumiy va asosiy turlarini aniqlash;
o‘simlikni so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurash choralarini yaratish;
moychechak o’simligi asosiy zararkunandalari, trips, oq qanot, simqurtlar, o’rgimchakkana, shira, buzoqboshi qo’ng’zlarning biologik xususiyatlari, ularga qarshi kurash muddatlarini va samarali vositalar majmuini yaratish;
moychechak o’simligiga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi oltinko’z, trixogramma, brakon entomofaglariga asoslangan biousulni sinab o‘rganish;
asosiy zararkunandalarga qarshi zamonaviy mikrobiologik preparatlar sinab ko‘rib, ulardan samaralilarini tanlashdan iboratdir.
Tadqiqot ob’ekti sifatida moychechak o’simligiga zarar beradigan zararkunandalarining zararli majmui olingan
Tadqiqot predmeti sifatida Respublika hududlarida ekilayotgan dorivor xususiyatga ega bo’lgan moychechak o’simligi hisoblanadi.
Tadqiqot uslublari. Tadqiqot umumiy entomologiya hamda qishloq xo‘jalik entomologiyasida keng foydalanadigan barcha uslublar yordamida bajarilgan. Moychechak o’simligining zararkunandalarining biologik xususiyatlarini o‘rganishda V.O.Xomyakova, V.I.Voynyak, N.B.Bondarenko va boshqalar uslublaridan. Biologik vositalarni qo’llashda I. Bondarinko, (1983); Hasharotlarning rivojlanishini o’rganishda I.V Kojanchikov, (1961); hamda Sh.Xo’jayev (2018). Biologik obyektlarni o‘rganish va ulardan foydalanishda N.V.Bondarenko, X.R.Mirzaliyeva va Sh.T.Xo‘jayevlarning, agrotoksikologik tadqiqotlarda esa Sh.T.Xo‘jayev, F.M.Uspenskiy va boshqalarning uslubiy ko‘rsatmalaridan foydalanib, olingan natijalar B.A.Dospexov usuli bo‘yicha dispersion tahlil qilindi.

Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling