Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti maxkamova nargiza ergashaliyevna moychechak o
Download 57.54 Kb.
|
5555ОКОН НАРГИЗА аноттация тўғирлангани копия — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH (magistrlik dissertasiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzuning dolzarbligi va zarurati.
KIRISH (magistrlik dissertasiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzuning dolzarbligi va zarurati. Dunyo mamlakatlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab insoniyat kasalliklariga qarshi ko‘plab kimyoviy yo‘llar bilan sintez qilingan sun’iy dori vositalari ishlab chiqildi va hozirgacha bunday dori vositalari inson salomatligini tiklash uchun foydalanilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konsititutsiyasining XII “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” bobining 55-moddasida “Yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umum milliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi xududida 4100 ta o‘simlik turlari mavjud bo‘lib, ulardan 3000 dan ortiq turlari yovvoyi o‘suvchi yuksak o‘simliklar tashkil qiladi. Shu o‘simlik 350 turi oziq-ovqat, 1700 turi yem-hashak, 600 turi dorivor, 650 turi efir moyli, 150 turi bo‘yoq, 270 turi manzarali, 400 turi oshlovchi, 100 turi saponin moddalar olishda foydalaniladi. Biroq o‘simlik dunyosining saqlab qolishda ma’suliyatsiz munosabatda bo‘lish va ulardan nooqilona foydalanish, ularni keskin kamayishiga hatto yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga 163 ta turdagi o‘simliklar kiritilgan bo‘lsa, 1999 yilga kelib esa “Qizil kitob” ga tushgan o‘simliklar soni 301 taga yetdi. Buning asosiy sababi yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni turli maqsadlarda xom ashyo sifatida tayyorlash yoki manzarali turlarini ommaviy to‘plashdir. O‘zbekistonda va butun dunyo bo‘yicha yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqat maqsadlarida foydalaniladigan o‘simliklarga talab juda katta. Respublikamizda 1992 yilgacha dorivor va ozuqabop yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash bilan bir necha davlat tashkilotlari, qo‘shma korxonalar va jismoniy shaxslar shug‘ullanib kelmoqda. Yig‘ib olish xajmlari, resurslarni rejasi va o‘simlik dunyosida ekologik tenglikni saqlash ko‘zda tutgan ilmiy asoslar bilan ta’minlanmagan. Dorivor va ozuqa xom ashyosini tayyorlash hajmini belgilash oqibatida qazilmiya, andiz, zirk, sariqchoy, chirmovgul, efedra kabi va boshqa o‘simliklar turlari zaxirasi keskin kamayib ketmoqda. O‘simlik resurslarini saqlab qolish maqsadida, ulardan foydalanishni boshqaruvchi qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Tadqiqot ishlari respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining №V «Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan. Download 57.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling