Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti maxkamova nargiza ergashaliyevna moychechak o


Download 57.54 Kb.
bet6/16
Sana26.10.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1724853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5555ОКОН НАРГИЗА аноттация тўғирлангани копия — копия

DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI

Kirish Dunyo mamlakatlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab insoniyat kasalliklariga qarshi ko‘plab kimyoviy yo‘llar bilan sintez qilingan sun’iy dori vositalari ishlab chiqildi va hozirgacha bunday dori vositalari inson salomatligini tiklash uchun foydalanilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konsititutsiyasining XII “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” bobining 55-moddasida “Yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umum milliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi xududida 4100 ta o‘simlik turlari mavjud bo‘lib, ulardan 3000 dan ortiq turlari yovvoyi o‘suvchi yuksak o‘simliklar tashkil qiladi. Shu o‘simlik 350 turi oziq-ovqat, 1700 turi yem-hashak, 600 turi dorivor, 650 turi efir moyli, 150 turi bo‘yoq, 270 turi manzarali, 400 turi oshlovchi, 100 turi saponin moddalar olishda foydalaniladi. Biroq o‘simlik dunyosining saqlab qolishda ma’suliyatsiz munosabatda bo‘lish va ulardan nooqilona foydalanish, ularni keskin kamayishiga hatto yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.
Dissertasiyaning «Moychechak o‘simligining zararkunandalarini o‘rganish (adabiyotlar tahlili)» deb nomlangan birinchi bobida Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot FAO ma’lumotiga qaraganda jahonda zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlar sababli har yili hosilning 30-35 foizi nobud bo‘lmoqda.
Jahonda zararli organizmlar ta’sirida 300 mlrd. AQSh dollari miqdorida hosil yo‘qotilib, o‘simlikshunoslikda yetishtirilayotgan yalpi mahsulotning 40% nobud bo‘lmoqda (Oerke, 1998). Rossiyada bu ko‘rsatkich 12-15 mlrd.dollarni tashkil etadi (Zaxarenko, 1997). usimlik turlarining bio-ekologik xususiyatlarini urganish, ularni tarkalishi, tabiiy populyatsiyasi va kupayishi, resurslari va keyinchalik ularni madaniy xolda ekin maydonlarini barpo etishda asos bulib xizmat kiladi. Biologik resurslardan jadal foydalanish usimlik tabiiy zaxiralarining chegaralanib kolishiga va tabiiy bioxilma-xillikni kamayishigasabab bo’lmoqda. Hozirgi kunda 700 tadan ortiq dorivor o’simlik turlari aniqlangan. Ularning 120 ta turdan ortik dorivor o’simliklardan dori vositalari ishlab chiqariladi. So’nggi yillarda mahalliy floramizda endem, areli torayib borayotgan, xalq xo’jaligida foydalanish koeffsenti (ozik-ovkat, farmasevtika, lak buyok,tukimachilik va b.k.) yukori bulgan usimliklar turlari muxofazaga muxtoj bulib kolmokda yoki Uzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan bulib, ularning soni 301 taga yetdi. Shu bois, dorivor usimliklarni muhofazasi uchun, ularning biologiyasi va ekologiyasini atroflicha o’rganish, ularni madaniylashtirish va maxsus plantatsiyalarini barpo etishda asos bulib xizmat qiladi. Dorivor o’simliklar turlarining bioekologik xususiyatlari va muhofaza qilish usullarini o’rganish va madariylashtirish usullarni o’rgatishni o’z ichiga oladi.
Dissertasiyaning «Tadqiqotlarni o‘tkazish sharoitlari va uslublari» deb nomlangan ikkinchi bobida Surxondaryoda yog‘ingarchilik notekis taqsimlangan bo‘lib, janubda yog‘in miqdori yiliga 133-230 mm ni tashkil etsa, tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilgach, yog‘in miqdori 500-600 mm ni tashkil etadi. Yog‘ingarchilik asosan qish va bahor fasllarida bo‘lib, yozda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Viloyatning tog‘ oldi zonalarida 1 yilda 200-300 mm gacha yog‘ingarchilik sodir bo‘ladi. Toqqa ko‘tarilgan sari ularning miqdori ko‘payadi. Surxondaryoda g‘arbiy, janubiy-g‘arbiy va qishda shimoliy-sharqiy shamollar ko‘p esadi. Viloyatning janubiy iqlimiga janubiy-g‘arbdan esuvchi chang-to‘zonli quruq "Afg‘on" shamoli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Surxondaryo o‘lkasining tuprog‘i yer sathiga, iqlimga, yer osti suvlariga bog‘liq holda turlichadir. Okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarda och bo‘z tuproq tarqalgan. Bunday joylarda yer osti suvlariga bog‘liq holda sho‘rlangan tuproq, taqir bo‘z tuproq, allyuvial-o‘tloq, o‘tloq, botqoq tuproqlar ham uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryolarining kayirlarida allyuvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, yer osti suvi yer betiga yaqin bo‘lgan janubiy-g‘arbiy qismida sho‘rlangan va taqir bo‘z tuproqlar, viloyat-ning janubiy qismidagi qum massivlarida esa qumli va qumloq tuproqlar uchraydi.
Dissertasiyaning «Dorivor moychechak o‘simligidagi uchraydigan zararkunandalar tur tarkibi va ularning tarqalishini manitoring qilish » deb nomlangan uchinchi bobida Moychechak o’simligida ham zararli organizmlarni yuzlab turlari uchrashi aniqlangan. Bulardan tunlamlar, o‘simlik bitlari, o‘rgimchaksimonlar, oqqanotlar, nematodalar ashaddiy zararkunandalar hisoblanadi va o‘simliklarga zararning asosiy qismini shular keltiradi. Bunda g‘o‘za tunlami bilan zararlangan poliz ekinlar hosili 50-60%, oqqanot yoki o‘rgimchakkana bilan zararlanganda esa umumiy hosil 15-20% kamayib ketishi ta’kidlangan (Nuritdinov, Bakiev, Yermoxin, 1986).
Ayrim yillarda, moychechak osimligini o‘rgimchakkana bilan qattiq zararlanishi oqibatida hosilning 60-80% yo‘qotilishiga olib kelgan (Mamatov, 1993; Sulaymonov, 1999; Sulaymonov, Aripov, Ortikov, Tojieva, Kimsanboev, 2003).
Dissertasiyaning «Moychechak o’simligiga zarar beradigan zararkunandalariga qarshi kurash choralari » deb nomlangan to’rtinchi bobida Agrotexnik tadbirlari har qaysi mintaqaning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab ishlab chiqilgan barcha agrotexnik tadbirlar o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishga yordam bera olishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Agrotexnik tadbirlar o‘simlikning zararli organizmlariga bevosita havf-xatar tug‘diradigan miqdorda zarakunanda paydo bo‘lishi oldini oladi, xolos. Shuningdek, bunda o‘simliklarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratiladi, bu esa o‘simliklarning zararli organizmlarga chidamliligini va himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshiradi. Agrotexnik usul qo‘llanilganda boshqa tadbirlar bilan bevosita birga qo‘llaniladi, shundagina uning ta’sirchanligi ortadi. Bu usulning afzalligi shundaki, agrotexnik tadbirlari barcha ekinlardan yuqori hosil olish uchun qo‘llaniladi, undan esa o‘simliklarni himoya qilish jarayonida foydalaniladi. Demak, bunda o‘simliklarni himoya qilish uchun alohida xarajat qilinmaydi, shu bilan birga samaradorlik xam yuqori bo‘lmaydi.



Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling