Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti maxkamova nargiza ergashaliyevna moychechak o


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 57.54 Kb.
bet3/16
Sana26.10.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1724853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5555ОКОН НАРГИЗА аноттация тўғирлангани копия — копия

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini tayyorlashda sohaga doir vakolatli organlarning vakolat va majburiyatlarini aniq belgilash, qonunni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Moychechak o’simliklarida ham zararli organizmlarni yuzlab turlari uchrashi aniqlangan. Bulardan zararli qo’ng’izlar, simqurtlar o‘simlik bitlari, o‘rgimchaksimonlar, oqqanotlar, nematodalar ashaddiy zararkunandalar hisoblanadi va o‘simliklarga zararning asosiy qismini shular keltiradi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va Botanika bogʻining efir moyli, dorivor va boʻyoqli oʻsimliklar ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda Oʻrta Osiyo hududida koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng havflisi sariq (gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori boʻlgan dorivor oʻsimliklar xom ashyolaridan tayyorlangan “Safro haydovchi Hojimatov yigʻmasi” ni yaratdilar va bu yigʻma ilmiy tibbiyotda qoʻllashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi (1997). Shuningdek, Toshkent davlat farmatsevtika institutida dorivor oʻsimliklarni ekib yetishtirish texnologiyasi oʻrganilmoqda. Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Xorazm Maʼmun akademiyasida dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan maxsus xoʻjaliklar bor. Yovvoyi dorivor oʻsimliklar xom ashyolari asosan “Oʻzfarmsanoat” respublika davlat-aksiyadorlik konserni, matlubot shirkatlari va Oʻzbekistan Qishloq va suv xoʻjalik vazirligining „Shifobaxsh“ ishlab chiqarish birlashmasi xoʻjaliklari tomonidan tayyorlanadi.
Respublikamiz florasi yovvoyi dorivor buta o’simliklarga boy hisoblanadi. Ular orasida istiqbolli shifobaxsh o’simliklar guruhida mevalari “Tabiiy vitaminlar konsentrati” deb nom olgan moychechak dorivor o’simligi alohida mavqeaga egadir. Respublikamizda Moychechak turkumining 17 turi tarqalgan.
Respublikamizda sug‘oriladigan yerlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo va Namangan viloyatlarida maxsus xo‘jaliklar tashkil qilingan. Dorivor o‘simliklarni madaniylashtirilgan plantatsiyalarini tashkil qilish va ekologik toza mahsulotlar yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish dolzorb masala bo‘lib qolmoqda.

Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling