Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti maxkamova nargiza ergashaliyevna moychechak o


Download 57.54 Kb.
bet5/16
Sana26.10.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1724853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5555ОКОН НАРГИЗА аноттация тўғирлангани копия — копия

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Respublikamiz sharoitida moychechak o’simligning asosiy zararkunandalarning tarqalishi, zarari, tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, so‘ruvchi turlarining rivojlanishning fenologiyasi va zararlanish darajalari aniqlangan;
moychechak o’simligining so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarning paydo bo‘lishini bashorat qilish va qarshi kurash tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish muddatlari aniqlangan;
moychechak o’simligining asosiy so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashning yuqori samara beruvchi biologik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan;
dorivor o’simlik uchun qulay, arzon va samarali, atrof-muhit va tabiiy entomofaglar uchun esa bezarar bo‘lgan kurash tizimi ishlab chiqilgan;
dorivor o’simliklarining so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalardan himoya qilish tizimi ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati. Dorivor o’simlik zararkunandalarining mintaqalarda tarqalgan zararkunandalarini umumiy va asosiy turlarini aniqlash; o‘simlikni sanchib-so‘radigan zararkunandalarga qarshi kurash choralarini yaratish; Moychechak zararkunandalarining asosiy zararkunandalari trips, oq qanot, simqurtlar, o’rgimchakkana, shira, buzoqboshi qo’ng’zlarning biologik xususiyatlari, ularga qarshi kurash muddatlarini va samarali vositalar majmuini yaratish; Moychechak zararkunandalarini oralab yurib himoya ishlovini o‘tkazishni ta’minlaydigan o‘simlik ekib-o‘stirish texnologiyasini yaratish; Moychechak zararkunandalariga zarar keltiruvchi kapalak hasharotlarga qarshi oltinko’z, trixogramma, brakon entomofaglariga asoslangan biousulni sinab o‘rganish; asosiy zararkunandalarga qarshi zamonaviy insektitsidlarni sinab ko‘rib, ulardan samaralilarini tanlash.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Disssertasiya mavzusi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan nashrlarda 2 ta maqola nashr etilgan.
Dissertasiya tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertatsiya ishi tarkibi kirish, to’rtta bob, xulosalar, ishlab chiqarishga tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertasiya hajmi 70 betni tashkil etadi.



Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling