Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti agrologistika va biznes fakulteti veterinariya meditsinasi
Kasalliklar paytida qo’yidagi o’zgarishlar kuzatilishi mumkin
Download 79.42 Kb.
|
SABIJON
Kasalliklar paytida qo’yidagi o’zgarishlar kuzatilishi mumkin:
1. Teri elastikligining kamayishi - teridagi suyuqliklar miqdori kamayganda kuzatiladi. Buning natijasida teri quruq qattiq elastikligi kamaygan bo’lib, ostidagi hujayralarga zich yopishib turadi, tortganda zo’rg’a tortiladi va sekinlik bilan, 10-30 sekund davomida o’z holatiga qaytadi (kuchli va davomli ich ketishda, poliuriyada, qon oqishda). Hayvonning ahvoli yaxshilansa, terining elastikligi ham tiklanadi. Hayvonning oziqlantirish sharoiti yomon bo’lsa, teri elastikligining pasayishi doimiy bo’ladi, teri osti yog’ hujayralari atrofiyaga uchraydi. Bunda teri burmasi juda qiyinlik bilan hosil qilinadi va shiqirlagan tovush eshitiladi. 2. Teri elastikligining umuman bo’lmasligi - terining surunkali yallig’lanishida, skleroz va giperkeratoz kasalliklarida uchraydi. Bunda teri osti kletchatkasi va elastik tolalar atrofiyaga uchrab, teri osti biriktiruvchi to’qimalar o’sadi, teri burishib qoladi, terining ustki qavatini qobiqlar qoplaydi. Bu o’zgarishlar qayta tuzalmaydi. Teri qichimasi - teridagi nerv reseptorlari yoki sezuvchi nerv yo’llarining qitiqlanishi natijasida hosil bo’ladi. Teri qichimasida hayvon o’sha joyini qashalaydi, har xil narsalarga surkaladi, tishlaydi yoki yalaydi. Quloq terilarida kichima bo’lsa, hayvon boshini chayqaydi. Tananing ko’p joyida qichima bo’lsa, sanchiq, paytida kuzatiladigan bezovtalanish kuzatiladi. Itlarning anus teshigi atrofida qichish bo’lsa, itlar yerga o’tirib, anusni yerga ishqalaydi. Parrandalarning tirnoqlarida qichima bo’lsa, oyoqlarini tez-tez ko’tarib, bosib turadi yoki o’sha joyini tumshug’i bilan cho’qiydi. Teri qichigan joyning juni so’lak bilan namlangan, hurpaygan yoki tushgan bo’ladi. Qo’ylarda esa o’sha joydagi jun tutam - tutam bo’lib, osilib turadi. Kuchli qichima paytida terining butunligi buziladi, qon oqish kuzatiladi yoki terining yallig’lanishi rivojlanadi, ayrim paytlarda o’sha joydagi to’qimalar o’lgan bo’ladi. Teri qichimasi ko’pincha teri kasalliklarida, nerv kasalliklarida, modda almashinishi buzilganda, terida ektoparazitlar bo’lganda kuzatiladi. Kanalar natijasida teri qichimasi bo’lsa, bu qichima issiq binolarda, yoz paytlarida, kechasi hayvon harakat qilganda kuchayadi. Bu kanalar harakatining aktivlashganligi bilan bog’liq. Tabiiy teshiklar atrofidagi qichima shilliq pardalarning gelmintlar tomonidan qitiqlanishi natijasida yoki shilliq pardalarning yallig’lanishi natijasida hosil bo’ladi. Junlar orasida ko’p miqdorda iflosliklar to’planib qolganda ham terida qichima paydo bo’ladi. Jigar, buyrak ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida va diabetda ham qichima kuzatilishi mumkin. Qo’ylar rastionida kobalt va mis elementlari yetishmaganda dumg’o’za va oyoqlarida qichima kuzatiladi. Download 79.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling