Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


-rasm Dastlab suvi tashlangan blogli avtomatlashgan ajratuvchi (separatsion) qurilma (BAS-1-100)


Download 4.47 Mb.
bet27/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

1.36-rasm Dastlab suvi tashlangan blogli avtomatlashgan ajratuvchi (separatsion) qurilma (BAS-1-100): 1 – yig‗ish kollektori; 2, 14 va 14a –mos ravishda qaynoq suv, Neft va chikindi ( drenaj) suvi; 3 – sath o ‘lchagich; 4 – zaslonka( to ‘sqich); 5 – Sath chegarasi sezdirgichi; 6 – ajratish (separatsiya) bo ‘limi; 7 – kiya polkalar; 8 – to ‘siq; 9 – sath tinchlantirgich; 10 – Oqimni tarqatgich; 11 – perforatsiyalangan ( teshikli) quvur; 12 – To ‘gri ta‘sir etuvchi ikki fazali sath boshqargich; 13 – drenaj patrubkasi; 15, 16 – mos ravishda suv va neft chiqazish yo ‘laklari
1.37- rasmda ikki sig‗imli gidrotsiklon separatorning umumiy ko ‘rinishi keltirilgan. Bu rusumdagi separatorlar ishlab chiqarishda keng qo ‘llaniladi. Ularning ishlash tartibi quyidagicha:
Neftgaz aralashmasi dastlab gidrotsiklon kallagi 1ga kelib tushadi, uning kesimi kattalashtirilgan masshtabda shu rasmda ko ‘rsatilgan. Gidrotsiklon kallagida markazdan qochma kuchlar ta‘sirida gaz Neftdan ajraladi. Ular kallakning o ‘zidagi kabi yuqori sig‗im ikkida xam ajralgan holda harakatlanadi. Neft o ‘z oqimida to ‘kuvchi polka 14 bzylab purkagich 13 ga, patrubka 7 ga, keyinchalik to ‘kuvchi polka 6 va sath tinchlantirgich
4 ning chap tomoniga oqib tushadi. Keyin neft sathini tinchlantirgich yuqori qismidan keyingi sig‗imga oqib o ‘tadi va yig‗iladi, Neft belgilangan sathga etishi bilan sath boshqargich yordamida neft yo ‘lagidagi bajaruvchi mexanizim 5 ni ochadi va gaz yo ‘lagidagi to ‘sqich (zaslonka) 9 ni berkitadi.


1.37- rasm Ikki sig‗imli gidrotsiklon separatorning tarxi: 1 – gidrotsiklon kallagi; 2, 3 – yuqori va pastki sig‗imlar; 4 – sath tinchlantirgich; 5, 9 – neft va gaz yo ‘laklaridagi bajaruvchi mexanizm; 6, 14 – to ‘kuvchi polkalar; 7 – to ‘kuvchi patrubkalar; 8 – sath boshqargich;
10 – parda to ‘zilishidagi tomchi ushlab qoluvchi; 11 – vertikal va gorizontal tomchi ushlab qolgichlar; 12, 13 – burchaksimon purkagichlar; 15 – pastga oqib tushuvchi suyuqlik plenkasi
YUqori sig‗im 2 da gaz uchta 12, 11 va 10 hududdan o ‘tadi va u erda gaz tomchi suyuqligidan ajraladi va GQI zavodiga yunaltiruvchi quvurga tushadi. Gidrotsiklon separatorlari bilan barcha Sputnik-A va Sputnik-B lar jixozlangan bo ‘lib ulardan keyin neft va gaz yana yig‗ish kollektorlarida aralashma holatida NTQ birinchi bosqich separatoriga yunaltiriladi,
Gorizontal neftgaz separatorlari NGS neft konlarini jixozlashda keng qo ‘llaniladi, ularni qo ‘llashdan maqsad neft quduqlari mahsulotini birinchi va keyingi bosqichlarda, qaynoq ajratish, oxirgi bosqich vakuum yordamida gazdan ajratishda qo ‘llaniladi. Xozirgi paytda loyihaviy o ‘tkazuvchanlik qobiliyati 2000 dan 30000 t/sut. ga teng bo ‘lgan separatorlar normal qatori ishlab chiqazilmokda. Qurilma shifirida quyidagi belgilar qabul qilingan: NGS—gorizontal neftgaz separatori;
birinchi raqam – ishchi bosim, ikkinchi –separator diametri (mm).
NGS ajratuvchi qurilmasi (1.38-rasm.) gorizontal sig‗im 1 dan va mahsulot kirituvchi patrubka 2, neftni chiqazish patrubkasi 10, gazni chiqazish patrubkasi 7 lardan tarkib topgan. Sig‗imning ichida neft va gaz aralashmasining kirish patrubkasi qismiga tarqatuvchi moslama 3 va egilgan tarnov 4 va 5 lar ( deflektorlar) briktirilgan. Gazni chiqazish patrubkasi oldida gorizontal 8 va vertikal 6 simdan tukilgan tomchi suyuqlikni ushlab qoluvchilar o ‘rnatilgan. Bundan tashkari apparat ishini boshqarish, ogohlantiruvchi, sezdiruvchi , va boshqa uskunalarni o ‘rnatish uchun shtutser va muftalar bilan taminlangan.
Gazneft aralashmasi apparatga patrubka 2 orqali kiradi, o ‘z yunalishini 900 ga o ‘zgartiradi va tarqatuvchi moslama yordamida Neft tarkibidagi qoldiq gaz bilan birgalikda dastlab egilgan yuqori 4, keyin paSTQi 5 tarnovlarga tushadi. Neftdan ajralgan gaz esa dastlab vertikal 6, keyin gorizontal 8 tomchi suyuqlik ushlab qolgichlardan o ‘tadi. Bu tomchi suyuqlik ushlab qolgichlar gazni juda samarali (99 % va undan yuqori samarada) ajratishga sharoit yaratadi. Bu o ‘z navbatida keyingi bosqich ajratgichlaridan voz kechishga olib keladi. Separatorda ajralgan gaz patrubka 7, zadvijka va boshqaruvchi klapan orqali gaz yig‗ish tarmog‗iga tushadi. Ajratilgan Neft separatorning pastki suyuqlik yig‗ish bo ‘limida yig‗iladi, patrubka 10 orqali tayyorlashning keyingi bosqichlariga yo ‘naltiriladi yoki apparat oxirgi bosqich tayyorlashda qo ‘llanilayotgan bo ‘lsa rezervuarga yunaltiriladi. Neftni separatordan chiqazish patrubkasiga gaz voronka hosil qilib o ‘tib ketishini oldini olish maqsadida patrubka ustki qismiga disk (halqa) 9 o ‘rnatiladi.




Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling