Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


Download 4.47 Mb.
bet60/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

Propanni degidrirlanishi
Oldin degidrirlanish protsessi asosan izobutandan izobutilen olish uchun qo‘llanilgan. Sanoatda propanni degidrirlash orqali propilen olishda 1990-yildan beri qo‘llanilmoqda. Degidrirlash jarayonida umuman qo‘shimcha mahsulot chiqmaydi. Bu texnologiyada propanni reaktorga harakatlanuvchi yoki harakatlanmaydigan katalizator qatlamiga 510-700ºC da atmosfera bosimida beriladi. Bu yerda katalizator platina, aktivlangan
alyuminiy oksid ustiga qoplangan, 20% xromdan tashkil topgan. Reaktorning har qanday tuzilishida katalizator to‘xtamay regenizatsiyasi bo‘lib turishi lozim bu uni aktivligini saqlab qoladi. Reaktordan chiquvchi oqim borib ajratuvchi kolonnalarga boradi.
Qayta regearivatsiyalanmagan propan va ma‘lum miqdordagi vodorod protsesga qaytadi, berilayotgan yangi mahsulot bilan aralashadi. Mahsulotning 85% propilen, 4% vodorod va yengil hamda og‘ir gazlar tarkib topgan. Bu texnologiyani qo‘llash faqatgina propilenga yuqori talab bo‘lganda va etilen talabidan yuqori bo‘lsa o‘zini oqlaydi. Qo‘shimcha mahsulotlar chiqmasligi bu mahsulotni realizatsiya qilishni osonlashtiradi. Sanoatda propilenni degidrirlab ishlab chiqarishning asosiy maqsadi bu propilen va propan narxlarining farqidir.
Agar farq yetarli darajada bo‘lmasa, unda ishlab chiqarilayotgan propilen bozorda sotiluvchi narxdan qimmatlik qila boshlaydi. Ammo degidrirlash protsessi faqatgina arzon propan borligida ishlatiladi deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Asosan ko‘pgina degidrirlash zavodlari joylashgan joyi shundayki, u yerda propan arzonmas balki propilenga bo‘lgan talab yuqori joyda joylashishgan. Shu vaqtni o‘zida ishlab chiqarilayotgan propilen asosan neftni qayta ishlashdan olinmoqda. Lekin chiquvchi mahsulot hajmi bir xilda bo‘lsa ham qolgan usullarga qaraganda degidrirlash uchun qurilgan zavodlar nisbatan kam harajat talab qiladi
Olefinlar metatezisi
Polipropilenning mahsulot sifatida olishning yana bir usuli bu metatezisdir. Guruhlarni o‘rnini ikkita yangi birikma hosil qilib, ikkita moddaning kimyoviy reaksiyasidir. Bu xolda etilen va butenlar izomerlari aralashmalari propilen vabuten-1 hosil qilib ta‘sirlashadi. Bu texnologiyada asosan, buten izomerlari va etilenlar aralashmalari reaktorning pastki qismiga beriladi. Reaktorning yuqoriqismiga suzpenziya ko‘rinishidagi metatezis katalizatori va buten-2 dagi buten-1 izomerizatsiya katalizatori kiritiladi. Reaktor bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib turib, etilen va buten-2 ta‘sirlashib propilen hosil qiladi. Buten-2 ni sarflashda uning miqdori buten-1 izomerlanishi hisobiga doimiy to‘ldiriladi. Selektivligi 98% tashkil qiladi, propilen hosil bo‘lishida noxush salbiy mahsulotlar hosil bo‘lmaydi.
Ijtimoiy turmushda kauchukdan turli maqsadlarda foydalanish unga bo‘lagan ehtiyojni keskin oshirdi. Bozor talabiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik namoyon etuvchi yuqori ishlab chiqarish quvvatlari bu borada xomashyoning yangi manbalarini izlab topishi lozim edi.
Kauchuk deb nomlangan - tashqi kuch ta‘sirida õz shaklini õzgartirib- deformasiyalanib, ta‘sir kuchi tõxtatilganda, dastlabki holatiga qaytadigan elastik yuqori molekulyar birikmalar tabiiy va sintetik kauchuklarga bõlinadi. Uzoq yillar mobaynida faqat tabiiy kauchuk olingan. Tabiiy kauchuk geveya, gvayula, ko‘k- sag‘iz, tov-sağiz va boshqa kauchukli õsimliklarning sutsimon shirasidan ajratib olingan, Janubiy Amerikadagi hindular bu sutsimon shirani kaochou (―kao- daraxt‖,‖chou‖-ko‘z yoshi), ya‘ni daraxtning kõz yoshi deb ataganlar. Keyinchalik fransuz olimlari unga kauchuk deb nom berganlar.
Kauchukli õsimliklar, asosan, ekvator atrofidagi tropik zonalarda ya‘ni, Janubiy Amerika, Afrika, Malayziya arxipelagi, Braziliya, Shrilanka, Indoneziya, Hindiston va boshqa joylarda usadi. Kõpgina mamlmkatlarda kauchuk hozirgi paytlarda ham katta miqdorda , asosan , geveya daraxtidan olinmokda.
Sobiq ittifoqda tabiiy kauchuk kõk-sagiz va tov-sagiz õsimliklaridan olingan. Ammo bu õsimliklardan olinadigan kauchuk unga bõlgan talabni qondira olmas va tannarxi ham juda qimmatga tushar edi. Shuning uchun sovet olimlari dunyoda birinchi bõlib sintetik kauchuk olishning sanoat usulini topdilar va sobiq SSSR sintetik kauchukning vatani bõlib qoldi.
Sintetik kauchukni birinchi bõlib 1902 yilda rus olimi I.L.Kondakov sintez kilgan. U avvalo 2,3-dimetil –1,3-butadiyenni sintez qildi va uni polimerlab metil kauchuk oldi. 1906 yilda rus olimlari S.V.Lebedev va I.I.Ostromislenskiylar izoprendan kauchuksimon polimer oldilar. S.V.Lebedev dien uglevodorodlarning polimerlanishini õrganish sohasidagi ishlarni davom ettirib 1931 yilda natriybutadiyenli kauchukni sintez qildi. 1931 yilning fevralida Sank-Peterburgda qurilgan birinchi tajriba zavodida sintetik kauchukning birinchi namunasi (260kg) ishlab chiqarildi. 1932 yilda dunyoda birinchi bõlib Lebedev usuli bilan sanoat miqyosida sintetik kauchuk ishlab chiqaruvchi Yaroslav va Voronejda ikkita zavod ishga tushirildi. Amerikada sintetik kauchuk ishlab chiqarish 10 yildan keyin 1942 yilda yõlga qõyildi.



Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling