Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
-maruza. Gazlardan sintetik suyuq yoqilg‘ilar ishlab chiqarish GTL texnologiyasining rivojlanish bosqichlari
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
14-maruza. Gazlardan sintetik suyuq yoqilg‘ilar ishlab chiqarish GTL texnologiyasining rivojlanish bosqichlari
Dunyo miqyosida motor yoqilg‗isiga va uning sifatiga bо‗lgan bо‗lgan talabningdoimiy oshishi hamda neft zahiralarining kamayib borayotganiuglevodorodli xomashyolarni qayta ishlash jarayonlarini loyihalovchilar tomonidan qayta ishlash sxemasini ixchamlashtirish va takomillashtirishning istiqbolli yо‗llarini topishni taqozo qilmoqda. Hozirgi davrda eng zamonaviy va istiqbolli texnologiyalardan biri bu – ―GTL‖ (Gas to Liquids-gazdan suyuqlikka) hisoblanadi. Metanni suyuq uglevodorodlarga aylantirish jarayonida manba sifatida metan gazi va qattiq yoqilg‗i (kо‗mir), tabiiiy gazdan va yо‗ldosh neft gazlaridan erkin holatda foydalanish mumkin. Fisher-Tropsh nomi bilan mashhur VIII guruh metallarini saqlagan katalizatorlar ishtirokida CO va H2 dan uglevodorodlarni sintezlash neft bo‘lmagan xom ashyo (ko‘mir, tabiiy gaz, biomassa) asosida sun‘iy suyuq yoqilg‘i va qimmatli kimyoviy birikmalar olish jarayonlaridan biridir. Neft bo‘lmagan xom ashyodan (ko‘mir yoki biomassani gidrogenlash, ko‘mirni yarim kosk yoki pirolizlash) uglevodorod arlashmalarini olishning boshqa usullari bo‘lsada Fisher- Tropsh jarayonining rivojlanishi uning muhim ekanligini tasdiqlaydi, bu esa katta xom-ashyo zahirasidan kelib chiqib aniqlanadi (yenergetik ekvivalentda yerda ko‘mir zahirasi neft zahirasidan bir necha baravar ko‘p). Bu jarayonning rivoji CO va H2 dan nafaqat suyuq yoqilg‘i balki neftkimyo sanoati mahsulotlari: etilen, propilen, butilen, -olefinlar, aromatik uglevodorodlar, kislorod saqlagan birikmalar olish mumkinligi bilan ham muhim. Zamonaviy neftkimyo sanoatida Fisher-Tropsh selektiv sintezini amalga oshirishga katta e‘tibor qaratilgan, xususan, tarmoqlanmagan alkanlar 𝐶11 − 𝐶18 sinteziga, izoalkanlar 𝐶5 − 𝐶10, chiziqli qattiq parafinlar, shundan kelib chiqib Fisher –Tropsh sintezining rivojlanishidagi asosiy masalalardan biri yuqori faollikka va barqarorlikka bundan tashqari ba‘zi mahsulotlarga nisbatan yuqori tanlovchanlikka ega katalizatorlar ishlab chiqishdir. Hozirgi kunda ―GTL‖ bo‘yicha ishlab chiqarish loyihalarning katta qismi Yaqin Sharq mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, ularga ajratilgan umumiy investitsiyalar 2 mlrd.ga yaqin: ikkinchi va uchinchi o‘rinda Lotin Amerikasi va Sharqiy Osiyo davlatlari turadi (1 mlrd.doll). Xalqaro energiya agentligi Energy International Agency istiqbolni belgilashiga muvofiq 2018-2020 yillarda Yaqin Sharq davlatlarida ―GTL‖ loyihasini vositalariga qо‗yilgan mablag‗ bо‗yicha sezilarli kо‗rsatgichda oldinga о‗tgan va bu kо‗rsatgich 8 mlrd.dollardan oshadi. Yaqin Sharq davlatlarining 2021-2030 yillardagi investitsiyasi 12 mlrd.doll yetkaziladi. Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining investitsiya mablag‗larini kiritishi7 mlrd.ga yetkaziladi. Qatar sintetik suyuqlik yoqilg‘isini bozorida yetakchilikni egallashga intilmoqda. Qatarda birinchi Oryx - ―GTL‖ 2006 yilda ishga tushdi. Hozir Qatarda sintetik suyuq yoqilg‘i (SSY) ishlab chiqarish 800 ming.barr/kunga yetadi. Malayziyaning Bintulu shahrida Sheel texnologiyasi asosida (Sheel (72%),Mitsubishi Diamond Gas Holdings (14%), Petronas (7%) va Sarawak (7%) konsorsium tarkibida) 1993-yilda ishga tushdi SSYsini ishlab chiqarish zavodi 1997 yilgacha ishlatilgan va avariya sababli ishlab chiqarish tо‗xtatilgan. Qurilma 2000 yil aprelda rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan, uning quvvati 12,5 dan 14,5 ming.barr/kunga oshirilgandan so‘ng, mahsulot tо‗liq eksportga yo‘naltirilgan. Sintetik yoqilg‗i ishlab chiqarish – GTL jarayonida sintetik neft va dizel yoqilg‗isi hamda nafta, surkov moylari, parafinlar ishlab chiqariladi. Sintetik yoqilg‗ilarni ishlab chiqarish turdosh usullardagiga nisbatan qimmat turadi. Shunga qaramasdan ba‘zi kompaniyalarda shu sohada tadqiqotlar olib borilgan. GTL bozorda Sasol, Royal Dutch/Sheel, Exxon Mobil, Conoco Phillips, BP, Chevron Texaco, EurOil Ltd. Sintetik suyuqlik yoqilg‗isini ishlab chiqarish dastlab Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) Sasol kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. JARda kо‗mir xom ashyosi asosida sintetik neft mahsuloti olish qurilmalari 1955-yilda Sasolburg shahrida, 1980-yilda Secunda shahrida ishga tushgan. 2004-yilda qurilma kо‗mirni qayta ishlashdan tabiiy gazga о‗tkazilgan. Shu maqsadda yirik gaz uzatiah tarmog‘i barpo etilgan. Hozirgi vaqtda Sasolburgda qurilma tо‗liq gazga о‗tkazilgan, Sekund shahridagi qurilma esa–3% hajmidagi gazga о‗tkazilgan. Hozirgi kunda ―GTL‖ bo‘yicha ishlab chiqarish loyihalarning katta qismi Yaqin Sharq mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, ularga ajratilgan umumiy investitsiyalar 2 mlrd.ga yaqin: ikkinchi va uchinchi о‗rinda Lotin Amerikasi va Sharqiy Osiyo davlatlari turadi (1 mlrd.doll). Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling