Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
1.2-rasm. Vertikal – Silindrsimon rezervuarni rulonli usul bilan yigish. 1-rulon; 2-markaziy ustun; 3-taglik; 4-oplash shiti; 5-narvonsimon panjara
Belbogni payvandlashda ularning diametrini pastdan yuqoriga qarab kichiklashtirib teleskop yoki zina shakliga keltiriladi. Vertikal stilindrsimon rezervuarlarning o ‘lchamlari nisbatan tejamli balandligi, ya‘ni berilgan hajmga ko ‘ra minimal darajadagi metall sarfiga qarab aniqlanadi. Agar belboglardagi listlarning qalinligi bir xil deb karasak, rezervuar balandligi N quyidagi formula orqali aniqlanadi: H ; (1) bu erda: v- rezervuar ajmi; λ- korpus qalinligi; s- alohida belbogning qalinligi. Belbog qalinligi ar xil bo ‘lgan rezervuarlar balandligi: H ; (2)
bu erda:
rezervuardagi suyuqlikning solishtirma ogirligi. Rezervuarning hajmi va balandligini bilgan holda diametrini aniqlash mumkin. Belboglar sonini N ga, bo ‘lak listlarning kichikligiga va halkasimon payvand choklarning tipiga bogli ravishda aniqlaymiz. Rezervuar devoriga gidrostatik bosim ta‘siri yuqoridan pastga tomon uchburchak konuni bo ‘yicha tarkaladi. Devorning eng yuqorigi belbogga bosimning ta‘siri nisbatan kamrok, lekin list alinligi 4 mm. dan kam olish mumkin emas. Qolgan belboglarni listning qalinligini rezervuar suyuqlik gidrostatik bosimga bo ‘lgan qarshiligi va rezervuarning 0,002 mn/m2 ga teng bo ‘lgan ichki bosimi sharoitlaridan kelib chiqan holda quyidagi formula bilan topiladi: S h D С 2 доп ; (3) bu erda: - rezervuar suyuqlik bilan tuldirilganda suyuqlikning yuqorigi sirtidan o ‘rta qismigacha bo ‘lgan masofa; φ- vertikal choklarning mustahkamlik koeffitsienti; S- korroziyaga kushimcha. Rezervuarlarning ustini yopish zavodlarda olib boriladi. YOpish aloxida transportabel shitlar yordamida olib boriladi. SHit usti qalinligi 2,5 mm bo ‘lgan bo ‘yicha list bilan oplangan karkasdan iborat. SHitlarning chetki qismi rezervuar korpusiga maxkamlanadi. Boshlangich qismi esa rezervuar urtasida joylashtirilgan trubali yoki panjarali stoyka tayanchga maxkamlanadi. Juda katta rezervuarlarni yopishda maxsus fermalardan foydalaniladi. D diametrli rezervuarlar uchun fermalar p quyidagi formula orqali topiladi: п D 5 ; (4)
Rezervuarlarni isoblashda devorga tomning o ‘z ogirligidan tashari, qor va shamol ta‘siri ham o ‘rganiladi. Keyingi yillarda zavodlarda rezervurarlarni o ‘ramli usul bilan qurish yo ‘lga ko ‘yilgan. Bu esa montaj ishlarini industirlashtiradi va davomiyligini ta‘minlaydi, bundan tashkari yuqori sifatli payvandlashni ta‘minlaydi. Taglik va korpus tayyorlangandan keyin rulon ochiladi. Stilindrsimon rezervuarni rulon usuli bilan yigish 2-rasmda kursatilgan juda katta rezervuarlarda pastki poyaslar listlarining alinligidan kattaroq bo ‘ladi, shuning uchun korpusni rulonga aylantirish yordamchi qurilma orqali amalga oshiriladi. Rezervuarda ruxsat etilgan bosim vakuum qiymati oshmasligi uchun ular, bosim oshganda gazni chiqaradigan va aksincha vakuum hosil bo ‘lganda atmosferadan (maxsus gaz quvurlaridan) havo yoki gazni kiritadigan bosharuvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Amaliyotda rezervuardan foydalanishda bu qurilmalar umumiy holda «nafas oluvchilar» deb nomlanadi. Bu ibora rezervuarga neft mahsulotlarini quyishda gaz fazadagi neft mahsulotlar buglarining itarilishida «katta nafas olish» va rezervuarda temperatura oshishi bilan (quyosh nuri ta‘sirida) mahsulotlar buglanib chiqishi yoki aksincha, temperatura kamayishi bilan (kechqurun) havo gaz kirishidagi «kichik nafas olish» farlanadi. Neft mahsulotlarining atrofga «katta nafas olish» va «kichik nafas olish» oraliq yo ‘qotilishini oldini olish zarur. Bunga qarshi kurashishning foydali usullari quyidagilardan iborat: rezervuarlar o ‘rtasida gaz sathini saqlab turish boglami tashkil kilinadi; rezervuarlarning «nafas oluvchi» yoki «suzuvchi» tom bilan jihozlash; rezervuarlarning tomchi ko ‘rinishidagi yoki sharsimon shakllarini yaratish. Odatdagi sharoitlarda «suzuvchi» tomli rezervuarlardan foydalanishi nisbatan samarali hisoblanadi. - «Suzuvchi», ya‘ni harakatlanuvchi tomli rezervuarlar. Bu turdagi rezervuarlar vertikal, stilindr shaklida bo ‘lib, o ‘rnida doimo mahsulot ustida suzuvchi metall disk panton bo ‘ladi. U to ‘liq suyuqlik yuzasini egallaydi. Diskning suzuvchaligini uni 2 avatli devor bilan tayyorlash yoki engil metali ponton ishlatish ta‘minlaydi. Ko ‘pgina mamlaatlarda juda katta rezervuarlar uchun bir qavatli va to ‘li parametri bo ‘yicha ponton o ‘rnatilgan «suzuvchi» tom ishlatiladi. Ponton tomning 20-25% qismini tashkil qiladi. Tomning vakuum ta‘sirida buzilishini oldini olish uchun tomga vakuum klapanlari havoni kiritishni ta‘minlaydi. Agar rezervuar stastionar tom bilan jihozlanmagan bo ‘lsa, u holda suv «suzuvchi» tom orqali drenaj sistemasida shlanglar yoki bo ‘yicha trubalar orqali chiqariladi. Disk va rezervuar devori orasidagi masofa maxsus zichlashtiruvchi yordamida muhit zichlanadi. Zichlashtiruvchi mexanik (qattiq) va yumshoq (elastik) bo ‘ladi. Zichlashtiruvchining yaxshi ishlashi uchun rezervuar devori silliq bo ‘lishi kerak. Mexanik zatvorlar konstruksiya bo ‘yicha har xil va tayyorlanishda murakkab buladi, shuning uchun ularni yumshoq zatvorlarni ishlatish mumkin bo ‘lmagan paytda ishlatildi. YUmshoq zatvorlarni pererozin materiallardan, penopoliuretan va boshqa elastik va chidamli materiallardan tayyorlanadi. Labsimon suyuqlikli va havoli zatvorlar ishlatiladi. Labsimon zatvorlarda zichlashtiruvchi har doim rezervuar devoriga yopishib turuvchi labsimon materiallning zichlashtirishi hisobiga ta‘minlanadi. Suyuqlikli zatvorlarda suv bilan to ‘ldirilgan yumshoq kopcha suyuqlikning ogirligi hisobiga devorga siqiladi. havoli zatvorlarda zichlanish havo hisobiga amalga oshadi. Suyuqlikli va havoli zatvorlarning labsimon zatvorlarga nisbatan konstruksiyasi murakkab. Amaliyot shuni kursatdiki, rezervuarlarda «suzuvchi» tomni ishlatish neft va neft mahsulotlarining yo ‘olishini «kam nafas olish» da 80-85% ga kamaytiradi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling