Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Iqtisodiy geografik rayonlashtirish
Download 421.5 Kb.
|
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Iqtisodiy geografik rayonlashtirish
Qozog`iston respublikasida 5 ta iqtisodiy rayon ajratiladi: Markaziy, Sharqiy, G'arbiy va Shimoliy iqtisodiy rayonlar. 1. JanubiyQozog`iston (Olmaota, Jambul,Qizilo’rda, Toldiqo’rІon va Chimkent viloyatlari) respublika hududining 26.2%ini, aholining esa 37.9% istiqomat qiladi. Mamlakatdagi aholi eng zich yashaydigan hudud hisoblanadi (1 km.kv.ga 10 kishi) Aholisining 42%i shaharlarda yashaydi. Bu iqtisodiy rayonda alohida ajralib turadigan tarmoqlari yo’k Rivojlangan tarmoqlari rangli metallar va fosforit qazib olish, mashinasozlik, paxta va qand lavlagi yetishtirish, sholi, boІdorchilik, uzumchilik va boshqalardir. Bu rayonda Olmaota sanoat uzeli, Chimkent va Qoratov—Jambul TICHK lari rivojlangan. 2. Markaziy Qozog`iston. (Jezkazgan va Qarag`anda viloyatlari) respublika hududining 15,9% i aholisining esa 11,4%i to’Іri keladi. Aholisining 82% i shaharlarda yashaydi. Mamlakatning eng urbanizasiyalashgan qismi hisoblanadi Bu rayon nafaqat Qozog`istonda balki MDHdagi eng yirik ko’mir va temir rudasi havzasi hisoblanadi. Bu yerda rangli metallurgiya, mashinasozlik va ximiya sanoati xam yaxshi rivojlangan. JezqazІan—Balxash TICHKsi sanoat mahsulotining 1\5 qismini beradi. 3. Shimoliy Qozog`iston (Ko’kchatov, Kustanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog`iston, Ostona viloyatlari). Respublika hududining 20.9% i, aholisining 27.2 %i to’Іri keladi. Aholi zichligi 1 km.kv.ga 8 kishini tashkil etadi va 49%i shaharlarda istiqomat qiladi. Milliy tarkibida ruslar ko’pchilikni tashkil etadi. Iqtisodiy rayon elektroenergetika, qora va rangli metallar qazib olish va boyitish, don yetishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan. Bu rayonda Pavlodar —Ekibastuz TICHKsi rivojlangan. 4. Sharqiy Qozog`iston. (Sharqiy Qozog`iston—Semipalatinsk oblasti). Rayon respublika hududining 10.2%, aholisining esa 10.8%i to’Іri keladi. 1 km.kv.ra 7 kishi, aholisining 57% shaharlarda yashaydi. Ixtisoslashgan tarmoqlari rangli metallurgiya, gidroelektronika, don yetishtirish hamda rekreasion resurslaridir (Oltoy Tog` yonbaІri, ko’plab daryo va ko’l bo’ylari). Semipalatinsk—asosiy agrosanoat kompleksi markazi hisoblanadi. Bu yerda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari qayta ishlanadi. 5. G`arbiy Qozog`iston (Aktyubinsk, g`arbiy Qozog`iston, Mang`ishloq va Atirau viloyatlari). Respublika hududining 26%i, aholisining 12.7%ini tashkil etadi. Jami aholining 58%i shaharlarda yashaydi. Mamlakatning asosiy neft ggaz mintaqasi hisoblanadi. Bundan tashqari ximiya sanoati, xrom va nikel qazib chiqarish, chorvachilik, baliqchilik yaxshi rivojlangan. Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling