Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet40/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

3.Geografik o’rni.

O’zbekiston geografik o’rniga ko’ra juda qulay. Chunki uning hududi Turkistonning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklarga serob bo’lgan yerlarni o’z ichiga oladi. O’zbekistonning ko’p qisminining tekislikdan iborat bo’lishi hamda serunum vohalarning Chirchiq-Ohangaron,Farg`ona, Zarafshon,Qashqadaryo, Surxondaryo,Quyi Amudaryoning mavjudligi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan.

O’zbekiston O’rta Dengiz atrofidagi mamlakatlar bilan deyarli bir geografik kenglikda joylashgan. O’rta Dengiz atrofidagi mamlakatlar subtropikka xos landshaft bilan tavsiflanadi.

Lekin O’zbekiston iliq okean va dengizlardan uzoqda, materik ichkarisida joylashganligi tufayli tabiiy sharoiti jihatidan O’rta Dengiz atrofidagi davlatlardan butunlay farq qiladi.

Chunki O’zbekiston hududining shimoliy qismi ochiq bo’lib, qishda shimoldan va shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi bemalol ichki qismlarigacha yetib keladi.

Aksincha, janubda baland Tog`larning mavjudligi esaHind okeanidan esadigan nam va iliq havo massalarini O’zbekiston hududiga o’tishga to’siqlik qiladi. Oqibat natijada O’zbekistonda subtropikka xos bo’lmagan landshaft vujudga kelib, yoz bulutsiz, seroftob bo’lib, jazirama issiq, quruq, qish esa shu geografik kenglik uchun ancha sovuq bo’ladi.

O’zbekiston subtropik iqlim mintaqasida joylashsada, asosan cho’lga xos bo’lgan landshaft bilan tavsiflanadi.G`aqat atrofi Tog`lar bilan o’ralgan Surxon-Sherobod vodiysidagina quruq subtropik landshaft mavjud, xolos.

Mamlakatimiz yer usti tuzilishi jihatidan Tojikiston vaQirg`izistondan keskin farq qiladi. O’zbekiston hududining ko’p qismi (71%) dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tekisliklar va Tog` oldi tekisliklaridan iborat, bu esa dehqonchilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi.

Ma'lumki, O’zbekiston Yevroosiyo materigining deyarli qoq markazida va dunyo okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash regionlarga xos bo’lgan barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak, O’zbekistonning mavjud iqtisodiy-geografik o’rnining barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari ko’p jixatdan ana shu holatdan, shuningdek uni qo’shnichilik hususiyatlaridan kelib chiqadi (qanday davlatlar, iqtisodiy rayonlar, dunyo davlatlari mintaqaviy guruhlariga tutash-yaqinligi, ularning bir-birlariga iqtisodiy ta'sir etish imkoniyatlari).Davlatlarning iqtisodiy-geografik o’rniga atroflicha baho berish Markaziy Osiyo mamlakatlarining hozirgi mustaqil rivojlanishi pallasida alohida ahamiyat kasb etadi

Joylarning iqtisodiy-geografik o’rni xususiyatlariga muhim ichki va tashqi siyosiy muhitning o’zgarishi, yirik tabiiy boylik manbalarining topilishi va o’zlashtirilishi, muhim transport yo’llarining yoki irrigasiya inshootlarining qurilishi kabilar katta ta'sir ko’rsatadi.

O’zbekistonning iqtisodiy -geografik o’rni xususiyatlarini uch jixatdan qarash maqsadga muvofiqdir:

1. Mikrogeografik o’rni:

2. Mezogeografik o’rni:

3. Makrogeografik o’rni:

O’zbekiston hududining mikrogeografik o’rni uning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tutgan o’rnidir. O’zbekistonning mezogeografik o’rni uning birmuncha kengroq miqyosdagi mavqei bilan belgilanadi. Bunda MOD. dan tashqari Kavkazorti davlatlari, Turkiya, Eron, Afg`oniston, Pokiston vaHindistonga, shuningdek Eron, Turkiya orqali Yevropaga chiqish ufqlari ochilmoqda.

O’zbekistonning makrogeografik o’rni Mustaqil DavlatlarHamdo’stligi (MDH) bilan olib borilayotgan aloqalarda belgilanadi.

O’zbekiston ushbu makrodarajadagi aloqalarini MDH. ning aksariyat davlatlari bilan rivojlantirmoqda. O’zbekistonning hozirgi (2001 y) tashqi iqtisodiy aloqalarining 15,5 foizi Rossiyaga to’Іri kelayapti. Yevroosiyoning buyuk davlati RossiyaG`ederasiyasi bilan muntazam aloqada bo’lish O’zbekistonning manfaatlariga mos keladi.


Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling