Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet39/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

Tayanch so`zlar.

Geografik o`rni, tabiiy sharoit, tabiat, aholisi, aholisining kelib chiqishi, aholi soni, aholisi joylashishi. Xo`jaligi, xalq xo`jaligi tatmoqlari, sanoati, tog`-kon sanoati, undiruvchi, qayta ishlovchi.Qishloq xo`jaligi, paxtachilik, dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, qo`ychilik, qoramolchilik. Tashqi iqtisodiy aloqalar, ichki rayonlar, iqtisodiy rayonlari.


9-MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAYDONI, CHEGARALARI VA GEOGRAFIK O’RNIGA UMUMIY TA'RIF

REJA:

1. Maydoni

2. Chegaralari

3. Geografik o’rni



1.Maydoni.

O’zbekiston Turkistonning markaziy qismida joylashgan. Uning hududining asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida bo’lib, mo’'tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. O’zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli -sharqida, Orol dengizi qirІoІida bo’lib, 45­0 361 shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi esa Termiz shahri yonida, Amudaryo qirІoІida bo’lib, 370 111 shimoliy kenglikka to’Іri keladi.

Respublikamizning engg`arbiy nuqtasi Ustyurt platosida 560 001 sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa O’zbekiston bilanQirg`iziston chegarasida, Uzgan shahri yaqinida bo’lib, 730 101 sharqiy uzoqlikdadir.

O’zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan eng janubiy nuqtalari orasidagi masofa 930 km, engg`arbiy nuqtasi bilan eng sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1425 km.

O’zbekiston maydoni 448,9 ming kv. km. bo’lib, Norvegiya,G`inlyandiya, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. O’zbekiston Belgiya, Gollandiya va Daniya kabi davlatlarning yer maydonlarini qo’shib hisoblasak ham ulardan 4marta kattadir. Respublikamiz hududi Shveysariya davlati hududidan 10 marta ziyoddir.

O’zbekiston maydonining kattaligi jihatidan MOD. da uchinchi, MDH. da esa beshinchi o’rinda turadi.

MDH. ga a'zo bo’lgan Belorusiya maydonidan 239,8 ming. kv. km., Ozarbayjonnikidan esa 360,8 ming kv. km. ga ziyoddir.

2. Chegaralari. O’zbekiston Respublikasi shimol va shimoli-g`arbdaQozog`iston, sharq va shimoli-sharqda Qirg`iziston, sharq va janubi-sharqda Tojikiston,g`arb va janubi-Іarbda Turkmaniston, janubda esa Afg`oniston bilan chegaralanadi. Chegaralarning umumiy uzunligi 5300 km. dan ortiq.

Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jihatdan ancha qulayliklarga ega. An'anaviy yaxshi qo’shnichilik tufayli O’zbekiston-Afg`oniston chegarasi chegaralarning eng tinch qismlaridan bo’lib kelgan.

Bu chegara orqali o’z mustaqilligiga erishgan O’zbekiston Afg`oniston bilan va u orqali unga yaqin bo’lganHind okeani xavzasi mamlakatlari, birinchi navbatda Pokiston vaHindiston bilan har taraflama keng o’zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari tobora kengaymoqda.

O’zbekistonning ishlab chiqarish ixtisosi o’xshash bo’lib, bitta yirik iqtisodiy mintaqaga birlashgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan tutashligi ayniqsa muhim ahamiyatga egadir.

Keng ishlab chiqarish kooperasiyasini yo’lga qo’yish, xilma-xil va boy tabiiy resurslardan (ayniqsa, mamlakatlarning tutashgan qo’shni hududlarida) birgalikda foydalanish orqali mamlakatlararo hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish va boshqalar bunday chegaradoshlikning muhim ijobiy yakunlaridandir.

O’zbekiston chegaralarining muhim hususiyatlaridan biri ularning aksariyat qismi tekisliklardan o’tishidir.

Hatto uning bilan ulkan Tog`lar o’lkalari-Qirg`iziston va Tojikiston respublikalari o’rtasidagi chegaralar ham asosan qulay Tog` oraliІi vodiylari yoki u qadar baland bo’lmagan Tog` tizmalari orqali o’tgan. Ularni bog`lab turadigan transport yo’llari shu sababli iqtisodiy jihatdan qadimdan yaxshi o’zlashtirilgan hududlar orqali tashkil etilgan. Umumiy bu holat, tabiiyki qo’shni davlatlar bilan xilma-xil iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda yanada qo’shimcha qulayliklar tuІdiradi.


Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling