Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti turizm va mehmonxonani boshqarish kafedrasi xalqaro turizm: nazariya va amaliyot fanidan


Download 102.82 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.82 Kb.
#1544711
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rajabov A Kurs ishi edit

Xulosa va takliflar.
Men ushbu kurs ishim davomida turistik marshrutlar ularni ishlab chiqish usullari, tamoyillari bilan yaqindan tanishib chiqdim. Marshrut so’zi faqat turizm sohasida tegishli emas balki, insonlarning turizm bilan bog’liq bo’lmagan doimiy, muntazam ravishda ma’lum tomonga, aniqrog’i o’ziga ma’lum geografik manzilga harakatlanishini ham anglatadi. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul mavzuli usul hisoblanadi. Turistik resurslarning barchasi ma’lum bir tizimda (sistemada) turganligidan, aniqrog‘i nomlanishi bo‘yicha turlarga ajratilgan. Masalan: ekologik turizm, diniy-ziyoratgoh turizm, sport turizmi va hakozolar. Qayd qilingan nomlanishlardan ma’lum bo‘ladiki, ekologik turizm marshrutlari tabiat landshaftlari va uning biologik resurslari bilan bog‘liq. Majmuali turizm marshrutlarni ishlab chiqish ko‘pincha xalqaro turistlarning talab va istaklari asosida amalga oshiriladi. Majmuali turizm marshrutlar aksariyat hollarda uzoq masoflardagi turistik makonga–ob’ektga turistlar tashrif qilinganda ishlab chiqiladi. Kartografik (xaritali) usulda turistik marshrutlar asosan uzoq masofalarga mo‘ljallanganligi uchun harakatlanish marshrut o‘tadigan joylardan xaritadan foydalanib ishlab chiqiladi. Turistik marshrutni o‘tkazish davomida ham xaritadan foydalaniladi. Xarita bilan amalga oshiriladigan turistik marshrutlarda marshrutda dam olinadigan aholi joylari yoki shaharlarda dam olish yoki ovqatlantirish, tunash xizmatlarining darajalari oldindan belgilangan bo‘lishi kerak. Surxondaryo viloyati turistik salohiyati,uning turizmdagi o’rni,turistik obyektlarini o’rganib chiqdim. Surxondaryo viloyati hozirgi davr va qadim o'tmishni bog'lovchi tirik rishtadir.Hozirda 20 dan ziyod turistik tashkilot Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritib kelmoqda, bu esa Surxondaryo viloyatining turistik saloxiyati naqadar yuqori ekanligini qo'rsatib kelmoqda. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Surxondaryo viloyati turizmning arxeologik, tarixiy-madaniy, sarguzasht hamda ekologik turizm turlari bo’yicha marshrutlar yaratish bo’yicha mos.


Download 102.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling