Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti turizm va mehmonxonani boshqarish kafedrasi xalqaro turizm: nazariya va amaliyot fanidan


Jahon tajribasi asosida O’zbekistonda turistik marshrutlarni ishlab chiqish


Download 102.82 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.82 Kb.
#1544711
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rajabov A Kurs ishi edit

2.2. Jahon tajribasi asosida O’zbekistonda turistik marshrutlarni ishlab chiqish
3Dunyoning davlatlarida joylashgan turistik ob’ektlaridagi jozibadorlik va betakrorlikni O‘zbekistondagi turizm resurslarida tahlil qilganimizda ko‘z o‘ngimizda juda katta va turli-tuman mavzuli turizm resurslari va bu resurslarning har birida o‘ziga xos va mos bo‘lgan jozibadorlik va betakrorlik borligini ko‘ramiz. Qisqa qilib aytganimizda To‘maris, Spitamen, Zahriddin Bobur, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Shaybo niyxon, Temur Malik, Inolchiq kabi jahonga mashhur sarkardalar, sohib qironlar bizning vatanimizning farzandlari va ularning faoliyati, hayoti, ular qurdirgan Niliy gumbazli maqabaralar, madrasalar va boshqa tarixiy obidalardagi jozibadorlik, betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor. Jahon sivilizatsiyasining madaniyati, tabobati, astronomiyasi, matema tikasi, geografiyasi, she’riyati, geologiyasining tamal toshini qo‘ygan, jahon shumul maktablarni, dunyodagi dastlabki akademiyalarini (Ma’mun akademiyasi, Ulug‘bek akademiyasi) tashkil qilgan Al-Beruniy, Ibn-Sino, Al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Al-Farg‘oniy, Abu-Nasr Farobiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Lutfiy kabi buyuk siymolar hayoti bilan bog‘liq tarixiy obidalardagi jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor. Islom olamining mukammal ta’limotini yaratgan, islom olamining buyuk daholari bo‘lgan Ahmad Yassaviy, imom Termiziy, at-Termiziy, Motrudiy, Bahoviddin Naqshband, imom al Buxoriy, Maxdumi A’zam, Qusam ibn Abbos, Buxorolik yetti pirlar, Buxorolik chor Bakrlar, hazrati Doniyor payg‘ambar, Dovud payg‘ambar, Xo‘ja Ahror Vali kabi aziz avliyolar va boshqa ko‘plab ulug‘ inson lar hayoti-faoliyati bilan bog‘liq tarixiy obidalar dagi o‘ziga xos va o‘ziga mos jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor. Tabiatimizda biologik xilma xil resurslar, to‘rt ekologik tabiiy geografik mintaqaning va yerning tabiati, endemik turlar, iqlim, to‘rt iqlimiy faslning ziynatidagi jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor. Turizmning rivojlantirishga bel bog‘lagan ekanmiz, turizm resurslarimizdagi jozibadorlik va betakrorlikni jahonga ko‘z–ko‘z qilish ning faqatgina uddasidan chiqishimiz lozim bo‘ladi. Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik va betakror lik. Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik va betakrorligi haqida gapirilganda qandaydir tortishuvlar, isbotlashuvlarga o‘rin qoldirmaslik zarur. Lekin tabiat go‘zalligi, uning betakrorligi haqida tortishuvlar, bu betakrorlikni ba’zi bir olimlar, o‘zlarining o‘rganish, ilmiy–tadqiqotlari mavzulari bo‘yicha tushunadi va tabiatdagi betakror likni oldingi o‘rinlarga chiqarishga harakat qilishadi. Biologik xilma-xillik deganda o‘simliklar olami va hayvonot dunyosining o‘zi emas, ular o‘sadigan va yashaydigan tabiiy muhit ham tushunilmog‘i kerak. O‘zbekistonda tabiatidagi biologik xilma -xillik, betakrorlik resurslari alohida mavzu da keltirildi. Turistning hohishi bo‘yicha turistik ob’ektda belgilanadigan jozibadorlik va betakrorlik. Jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan turistik ob’ektlarga turizmdagi oqim ham katta bo‘lishi o‘z–o‘zidan ma’lum. Masalan, Misrdagi piramidalar, Samarqanddagi Temuriylarning tarixiy, madaniy inshootlari, Hindistondagi Toj Mahal maqbarasi, Parijdagi Eyfel minora si, Xitoydagi «Buyuk Xitoy devori», Rossiyadagi «Kreml» majmuasi, Angliya dagi «Styuunxej» qoldiqlari va x.k. Shu bilan birga halqaro turizmda ham, ichki turizmda ham alohida guruh turistlarning o‘z qiziqish ob’ekti bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday turistlar yoki kasbiy faoliyati bo‘yicha yoki tabiatdagi biron-bir o‘simlikning o‘sish tarzi yoki bir hayvonning yashash tarzining tabiatiga qiziqishi, aynan o‘sha turni yaxshi ko‘rishi, unga ana shu turning harakatlari yoki o‘sishi, guli, bargi, yoki rangi kichikligi, mittililigi yoki ulkan, kuchliligi yoki yirtqichligi ma’qul bo‘ladi.Lekin turist yoqtirgan o‘simlik yoki hayvon turi o‘zi yashayotgan mamlakatda yo‘q bo‘lganligi uchun u shu tur o‘sadigan yoki yashaydigan boshqa mamlakat tabiatiga sayohatlar uyushtiradi. Masalan, cho‘lning go‘zal hayvonlari jayron va sayg‘oqlar Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida kamsonli bo‘lsada saqlanib qolgan. Ana shu jayron va sayg‘oqlarni ko‘rish, yashash tarzini o‘rganish va boshqa davlatlar tabiatida yoki hayvonot bog‘ida saqlash va ko‘pay tirishga qiziquvchilar, olimlar, tabiatshunoslar hozirda deyarli O‘zbekiston ga kelishadi (Buxoro viloyatidagi «Jayron» ekologik markazi). Bu yerda ularning faoliyati uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan.
So‘nggi yillardagi kuzatishlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, yurtimizga keluvchi turistlar ichida qoyatoshlarimizdagi qadimiy tasvirlar, rasmlarga qiziquvchilar, ko‘hna arxeologik qoldiqlarga qiziquvchilar soni ko‘payib bormoqda. Shuning uchun ham Respublikamiz hududlaridagi tog‘larda, dara larda qadimiy rasmlar, tasvirlar va yozuvlar tushirilgan qoyatoshlarni ro‘yxatga va davlat nazoratiga olishimiz kechiktirilmay bajariladigan ish hisoblanadi. Yana bir misol keltirganimizda yovvoyi qo‘ylar arharlarni ko‘rish uchun ham davlatimizga ko‘plab turistlar kelishadi. Chunki, «Nurota» tog‘–o‘rmon qo‘riqxonasining asosiy faoliyati Markaziy Osiyo uchun endemik hisoblangan «arharlarni» saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan.E’tibor qiling, «Yovvoyi Afrika» va «Xalqaro geografiya jamiyat»ining yovvoyi yirtqich hayvonlar (sher, yo‘lbars, qoplon, puma, leopard, pantera, giyena va hakozlar) hayoti haqidagi tabiatda olgan filmlarini hamma zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishadi. Shu bilan birga tomoshaning eng qiziq joyi yirtqich hayvonlarning ov qilishi va ovqatlanishi usullaridir. Ushbu filmlardagi betakrorlik aynan ana shu ov qilish ko‘rinishlarining berili shidir. Agar ushbu filmlarda yirtqich hayvonlarning ov qilish ko‘rinishi bo‘lmasa film juda zerikarli va bir marotaba (yovvoyi hayvon bo‘lganligi dan) ko‘rishga arziydi. Turizm marshrutlarini ishlab chiqishda shuning uchun ham insonni qiziqtiruvchi birorta ob’ekt (katta, kichik, mayda, ulkan, haroba va boshq.) e’tibordan chetda qolmaslik lozim bo‘ladi. Shu o‘rinda yana takror laymizki, bugungi kunda e’tibordan chetdagi ob’ekt ertaga qiziqarli bo‘lishi mumkin degan xulosa bilan turistik resurslarning barchasini ro‘yxatga olib, hozirdan turistik resurslar katologini tuzishga kirishimiz lozim bo‘ladi.
Turistik marshrutlarning bahosini belgilashda turizmda qabul qilingan ma’lum bir hisob usuli yoki tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Ilmiy adabiyotlardan ma’lumki, chet el turizmida turistik marshrutlarning bahosini belgilashda ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Lekin ulardagi usullar va tavsiyanomalarni bizning turizmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki, ulardagi xizmatlar bilan bizdagi xizmatlar o‘rtasida katta farqlar bor.Shuning uchun ham biz turistik marshrutlarning bahosini belgilashda albatda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni boshlashimiz kerak bo‘ladi. Maqsad shundan iboratki, turistlar ( ichki turistlar va xalqaro turistlar) turistik marshrutning baholarini surishtirishganda ularda hech qanday e’tirozlarga o‘rin qolmasligi kerak. Matbuotdagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, xalqaro turistlar ko‘pchiligi bizdagi xizmatlarning ancha qimmatliligidan hozirgacha shikoyat qilishmoqda (masalan, mehmonxona xizmatlari). Turistik marshrutning bahosini belgilashda yoki tanlashda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘tkaziladi va bizning tavsiyalarimizning chizma holidagisi quyidagilardan iborat bo‘ladi. Rossiya davlatida Turistik marshrutning bahosini belgilashda marketing tadqiqotlaridagi asosiy yo‘nalishlar juda ko‘p. Shulardan xalqaro turizmda eng ommaviylashgan, kutiladigan natijalar bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi. Turistik marshrutni tanlashda marketing tadqiqotlari yo‘nalish laridagi– «Bozorni tadqiq qilish» so‘rovida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, hozircha bizda turistik marshrutlarining bozori yo‘q. Marshrutlarning sotilishi va reklamasi haqida ham shunday xulosani keltirish mumkin. Turistik firmalar turistlar bilan qaysi marshrutlar bo‘yicha ishlashmoq da?– Bu holat ham noma’lum.Bunday vaziyatlarda marketingda tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlari ning quyidagilari turistik marshrutni baholashda kutiladigan natijalarni beradi:
1.Turistik marshrutning bahosini belgilashda bozorni tadqiq qilish bo‘yicha marketing tadqiqotlari.
2.Turistik marshrutning bahosini belgilashda iste’molchini tadqiq qilish bo‘yicha marketing tadqiqotlari.
3.Turistik marshrutning bahosini belgilashda baholarni tadqiq qilish bo‘yicha marketing tadqiqotlari.
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha turistik marshrutning bozordagi umumiy talabi, haridorlari, ularning soni tadqiqot natijasida aniqlanadi, marshrutning turistik resurslardan foydalanishdagi o‘rni belgilanishi natijasida kerakli marshrut turi tanlanadi. Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha marshrut haqida iste’molchilarning (turist larning) hohish istaklari, talablari, tanqidiy fikrlari hisobga olinadi. Bu axborotlar to‘planib tahlil qilinadi va iste’molchilar talabini qondira digan turistik marshrut ishlab chiqilib iste’molchiga taklif qilinadi. Uchinchi yo‘nalish bo‘yicha turistik marshrutlarning baholari tadqiq qili nadi. Bu tadqiqotlarni o‘tkazish juda muhim hisoblanadi. Chunki respublikamizda ishlab chiqarilayotgan turistik marshrutlarning baholari tadqiq qilinmagan.4
Hozirda O’zbekistonda muvaffaqiyat bilan ishlayotgan 2 ta marshrutning baholari quyidagicha:
1. «Tarixga sayohat» turistik marshrutda: bitta turist uchun -2057 AQSH dollari, ikkita turist uchun–1498 AQSH dollari, uchta turist uchun–1320 AQSH dollari, 3 ta turistning bir xonada joylashishi–615 AQSH dollari bahosida belgilangan.
2. «Tarix va zamonaviylik» turistik marshrutda: bitta turist uchun–3334 AQSH dollari, ikkita turist uchun – 1865 AQSH dollari, uchta turist uchun– 1652 AQSH dollari. 3 ta turistning bir xonada joylashishi–768 AQSH dolla ri bahosida belgilangan.
Ikkala turistik yo‘llanmaning narxi ham balandmi, pastmi tahlil qilish qiyin. Ovqatlar narxi, transport xizmati, dam olish va boshqa xizmatlar narxi alohida berilmagan va xizmat turlari aniq ko‘rsatilmagan, mahsulotlar narxi ham yo‘q. Bu holda turistik iste’molchiga turistik marshrutni qanday taklif qilish mumkin? Shuning uchun ham turistik marshrut tanlanganda marshrutning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholar bo‘lishi shart. Marshrutdagi baholarni qo‘yish mezonlari keltirilishi yanada marshrut baholarining ishonchli qo‘yilganligi ni ham bildiradi. To‘rtinchi yo‘nalishda turistik marshrutlarning ommaviylashgan reklama si ham sotish ham haridor ham hozircha yo‘q. Umuman olganda turistik marshrutlar ishlab chiqishning o‘zi qoniqarsiz holatda, marshrut yo‘q bo‘lgandan keyin uning bozori, reklamasi ham respublikamizda shakllangan emas (Turistik maarshrutlar deyarli og‘zaki tashkil qilinib og‘zaki o‘tkazilmoqda).

Download 102.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling